
Windows 7 Til interfeysi paketi
Qisqacha ta'rif
Windows 7 Til interfeysi paketi (TIP) Windows 7 ning eng keng tarqalgan qisman mahalliylashtirilgan foydalanuvchilar interfeysi bilan ta'minlaydi
Ushbu sahifada
Qisqacha tafsilotlar
| Versiya: | 1.0 |
| Chop etilgan sanasi: | 10/09 2010 |
| Til: | O'zbek tili (Lotin) |
| Yuklab olish hajmi: | 2.5 MB - 6.6 MB* |
| *Yuklash hajmi tanlagan yuklash tarkiblariga bog'liqdir. |
|
| Tilni o'zgartiring: | |
Keng ko'rinish
Windows Til interfeysi paketi (TIP) Windows ning eng keng tarqalgan qisman tarjima qilingan versiyasi bilan ta'minlaydi. TIPni o'rnatgandan so'ng, ustalar, dialog oynalar, menyular va Yordam va Madad mavzulardagi matn TIP tilida aks ettiriladi. Tarjima qilinmagan matn Windows 7 bazaviy tilida bo'ladi. Misol uchun, Windows 7ning ispancha versiyasini sotib olgan va Katalancha TIP o'rnatgan bo'lsangiz, ba'zi matnlar ispanchada qoladi. Bir bazaviy tilda bir nechta TIP o'rnatishingiz mumkin. Windows TIPlari barcha Windows 7 versiyalarida o'rnatilishi mumkin.
Sahifaning ustki qismi
Tizim talablari
- Qo'llab quvvatlangan operatsion tizimlari: Windows 7
- Microsoft Windows 7
- Windows 7 ning talab qilingan asosiy tilini o'rnatish: Inglizcha, Ruscha
- Yuklash uchun 4.63 Mb bo'sh joy
- O'rnatish uchun 15 Mb bo'sh joy
Sahifaning ustki qismi
Ko'rsatmalar
DIQQAT: Agar kompyuteringizda BitLocker shifrlash yoqilgan bo'lsa, TIPni o'rnatishdan avval uni to'xtatib turing. Control Panelni oching,
System and Securityni tanlang va undan so'ng BitLocker Drive Encryptionni cherting. Suspend Protectionning ustiga bosing.
Windows 7 TIPning 32-bitli va 64-bitli versiyalari uchun alohida yuklashlar mavjudligi sababli, yuklashni boshlashdan avval, kompyuteringizda Windows 7 ning qaysi versiyasi o'rnatilganligini aniqlang:
Start
tugmasiga bosing, undan so'ng "Computer" ustiga sichqonchaning o'ng tugmasini bosing va
Properties
ni tanlang. Bu kompyuteringiz haqidagi bazaviy ma'lumotlarni chiqaradi.
Tizim turi uchun "System" bo'limiga qarang. Bu kompyuteringizda Windows 7 OTning 32-bitli yoki 64-bitli versiyasi o'rnatilganligini ko'rsatadi
32-bitli versiyani o'rnatish uchun, Siz quyidagilardan birini bajarishingiz mumkin:
- Yuklamoq tugmasini bosing, undan so'ng TIPni o'rnatish uchun Openni bosing
yoki
- Yuklamoq tugmasini cherting
- Fayldan kompyuteringizga nusxa olish uchun, Saveni bosing,
- TIPni o'rnatish uchun yuklangan faylga o'ting va uni ikki marta cherting
64-bitli versiyani o'rnatish uchun esa, yuqoridagi 2-variantdan foydalaning.
Sahifaning ustki qismi
Ushbu yuklashdagi fayllar
Ushbu bo'limdagi bog'lash manzillari bu yuklashdagi mavjud bo'lgan alohida fayllarga mos keladi. Sizga ko'proq mos keladigan fayllarni yuklab oling.
Sahifaning ustki qismi
Sahifaning ustki qismi
Sahifaning ustki qismi