Office

    Microsoft® Office Language Interface Pack 2013 – o'zbekcha

    Tilni o'zgartiring:
    Microsoft Office Language Interface Pack 2013 – o'zbekcha Microsoft Office 2013 ning ko'pgina ilovalari uchun tarjima qilingan “Foydalanuvchi interfeysi”ni ta'minlab beradi.
    • Note:There are multiple files available for this download.Once you click on the "Download" button, you will be prompted to select the files you need.
      Versiya:

      2013

      Fayl nomi:

      languageinterfacepack-x86-uz-latn-uz.exe

      languageinterfacepack-x64-uz-latn-uz.exe

      Chop etilgan sanasi:

      15.03.2013

      Fayl hajmi:

      14.0 MB

      14.1 MB

        Microsoft Office Language Interface Pack 2013 – o'zbekcha Microsoft Office 2013 ning quyidagi ilovalari uchun tarjima qilingan “Foydalanuvchi interfeysi”ni ta'minlab beradi:

      • Microsoft Excel® 2013

      • Microsoft Lync® 2013

      • Microsoft OneNote® 2013

      • Microsoft Outlook® 2013

      • Microsoft PowerPoint® 2013

      • Microsoft Word® 2013


      • Microsoft Office Language Interface Pack 2013 – o'zbekchani ishlatish bilan foydalanuvchilar Office ilovalarining qo'llab-quvvatlanadigan dastlabki o'rnatma til versiyalari yordamida ishlashi hamda o'sha ilovalarning buyruq va opsiyalarini o'zbekchada ko'rishi mumkin.

        Microsoft Office Language Interface Pack 2013 ni o'rnatish vaqtida foydalanuvchilarga foydalanuvchi interfeysi tilini o'zgartirish imkonini beradigan fayllarning nusxasi ko'zlangan joydagi qattiq diskka ko'chiriladi. O'rnatilgandan so'ng Microsoft Office Language Interface Pack 2013 – o'zbekchaning imkoniyatlari va tegishli opsiyalari Office 2013 ilovalari va Microsoft Office 2013 ning til sozlamalari ichida mavjud bo'ladi.
    • Qo'llab quvvatlangan operatsion tizimlari:

      Windows 7; Windows 8

          Microsoft Windows 7 - 32 yoki 64 bitli OT
          Microsoft Windows 8 - 32 yoki 64 bitli OT
          Qayd: Tilingiz uchun optimal ko'makni kafolatlash uchun operatsion tizimning ens so'nggi versiyasi o'rnatilishini ta'minlang.

        Dasturiy ta'minot Office 2013 ning tarkibida Microsoft Excel, Microsoft Lync, Microsoft OneNote, Microsoft Outlook, Microsoft PowerPoint yoki Microsoft Word bor bo'lgan istalgan versiyasi yoki avtonom dasturi Microsoft Office Language Interface Pack 2013 ni qo'llab-quvvatlaydi – o'zbekcha. Qayd: Microsoft Office mahsulotlari uchun Microsoft Office-ning eng so'nggi xizmat to'plamlari o'rnatilishini ta'minlang. Bu hol foydalanuvchi mahsulotdan juda yaxshi foydalanishini kafolatlaydi.

        LIP tilidagi Lync foydalanish uchun, asosiy tilga mo'ljallangan mavjud eng so'ngi Lync yangilashi o'rnatilganligiga ishonch hosil qiling.

        Kompyuter and protsessor SSE2 yoki undan yuqori qo'llab-quvvatlashga ega 1 GHz-lik protsessor; 2 GB yoki undan yuqori RAM

        Diskdagi bo'sh joy O'rnatilgan Office 2013 ilovalari foydalanayotgan qattiq disk xotirasiga qo'shimcha ravishda
      • 3 GB-lik mavjud qattiq disk xotirasi.

      • Barcha boshqa tizim talablari Microsoft Office Language Interface Pack 2013 yordamida foydalanilayotgan Office 2013 ilovalariniki bilan bir xil – o'zbekcha.


      • Windows Language Interface Pack Operatsion tizim va dasturiy ta'minot ilovalarini til bilan optimal darajada qo'llab-quvvatlash uchun eng so'nggi Windows 7 yoki Windows 8 Language Interface Pack-ni o'rnatish tavsiya etiladi.

        Monitordagi nuqtalar zichligi va DPI sozlamalari Ko'pgina shriftlar 1366 x 768 nuqtalar zichligini optimal tarzda o'qish uchun yaratilgan. Agar tilingizdagi shriftlarni o'qishga qiynalsangiz, kerak bo'lgan hollarda ushbu nuqtalar zichligini oshirishingiz yoki kamaytirishingiz mumkin. Eslab qoling: sizga Office 2013 ilovalaridan Windows-ning sukut bo'yicha DPI sozlamasi – 96 DPI-da foydalanish tavsiya qilinadi. 120 DPI sozlamasidan Office-ning dialog o'lchamlarini kattalashtirish yo'li bilan foydalanish Office foydalanuvchilarining Office ilovalarini ishlatishini yomonlashtirishi mumkin.

        Mintaqa va til opsiyalari Bundan tashqari, shu narsa tavsiya etiladiki, barcha Mintaqa va til opsiyalari quyidagi Boshqarish panelida Microsoft Office Language Interface Pack 2013 tiliga sozlangan – o'zbekcha.

      • Ushbu yuklamani o'rnatish uchun
        1. yuklab oling LanguageInterfacePack.exe faylini Yuklash tugmasini (yuqorida) chertish va faylni qattiq diskka saqlab olish bilan.
        2. Ikki marta cherting LanguageInterfacePack.exe dastur faylini qattiq diskingizda O'rnatish dasturini ishga tushirish uchun.
        3. O'rnatish uchun ekrandagi yo'riqnomalarga amal qiling.
        4. Microsoft Office 2013 Language Interface Pack uchun bir marta o'rnatilgan Readme faylini quyidagi manzildan topish mumkin: C:\Program Files\Common Files\microsoft shared\OFFICE15\1091\LIPread.htm.
        5. Office 2010 Language Interface Pack bor Office 2010 yoki undan oldingi versiyani Office 2013 Language Interface Pack bor Office 2013 ga yangilash qo'llab-quvvatlanmaydi.Agar asosiy o'rnatilgan Office 2010 ni Office 2013 Language Interface Pack bor Office 2013 ga yangilamoqchi bo'lsangiz,
          • Office 2010 Language Interface Pack o'rnatmasini olib tashlashingiz kerak bo'ladi.
          • Office 2013 sozlashini ishga tushiring va yangilash opsiyasini tanlang.
          • Office 2013 ni o'rnatish tugagandan so'ng Office 2013 Language Interface Pack-ni o'rnating va sozlang.



        Office mahsulotini faollashtirish:
        Agar “Microsoft Office-ni faollashtirish ustasi” dialog oynasidagi “O'rnatish kodi”ni to'liq o'qishda muammoga duch kelgan bo'lsangiz hamda Microsoft Office Language Interface Pack 2013 dan foydalanayotganda o'rnatish kodi ekranda to'liq ko'rinmasa, ustani bekor qiling va Microsoft Office mahsulotini faollashtirish uchun asosiy til mahsulotiga o'ting.

        Foydalanish yo'riqnomasi:
        Foydalanuvchi interfeysini Microsoft Office Language Interface Pack 2013 dagi til – o'zbekchaga o'tkazish uchun quyidagi qadamlarga amal qiling:

        1. Ishga tusiring Microsoft Office 2013 Language Preferences-ni quyidagi Boshlash\Barcha dasturlar\Microsoft Office\Microsoft Office vositalari menyusidan.
        2. Quyidagi ostida "Ekran va ma'lumotlar tilini tanlash", quyidagi ostida "Ekran tili" kerakli tilni tanlang va cherting "Sukut bo'yicha o'rnatish" tugmasini.
        3. Quyidagi ostida "Tahrir qilish tilini tanlash", kerakli tilni tanlang va bosing "Sukut bo'yicha o'rnatish" tugmasini.
        4. Cherting Ha tugmasini.


        Belgilangan til sozlamalari Office ilovalari keyingi safar ishga tushirilganda kuchga kiradi.
        Qayd: Ma'lumotlarni Microsoft Office Language Interface Pack 2013 dagi til – o'zbekchaga o'tkazib bo'lmaydi. Ma'lumotlar har doim dastlabki o'rnatma tilida qoladi.
        Har doim ekran ma'lumotlarini ochiladigan ro'yxatdagi asosiy tilga sozlang.

        Ushbu yuklamani olib tashlash uchun
      • barcha Microsoft Office dasturlaridan chiqing.
      • Ikki marta cherting "Dasturlar va xususiyatlar" tasvirchasini Windows-ning Boshqarish panelida.
      • Ushbu "O'rnatmani olib tashlash yoki Dasturni o'zgartirish" opsiyasini cherting Microsoft Office Language Interface Pack 2013 – o'zbekchani ushbu "Ayni paytda o'rnatilayotgan dasturlar" ramkasida, so'ngra tanlang "Ornatmani olib tashlash" opsiyasini.
      • Ekrandagi yo'riqnomaga amal qiling.

    Mashhur yuklashlar

    Loading your results, please wait...

    Bepul ShK yangilashlari

    • Xavfsizlik fragmentlari
    • Dasturiy ta'minot yangilashlari
    • Xizmat paketlari
    • Apparat drayverlari