Joylangan sana:
Kuchga kirish sanasi: 2018-yil, 1-may
Microsoft xizmatlaridan foydalanish shartnomasi
MaxfiyligingizMaxfiyligingiz1_YourPrivacy
Xulosa

1. Maxfiyligingiz. Sizning maxfiyligingiz biz uchun muhim. Microsoft maxfiylik bayonnomasini ("Maxfiylik bayonnomasi") o‘qing, chunki u siz va qurilmalaringiz ("Ma’lumotlarni") hamda ma’lumotlaringizdan qanday foydalanayotganingiz haqidagi axborotni yig‘ish amaliyotimizni tushuntirib beradi. Maxfiylik bayonnomasi shuningdek, boshqalar bilan bo‘lgan muloqotlaringizni; Xizmatlar orqali Microsoft kompaniyasiga yuborgan nashrlaringiz yoki fikrlaringizni; siz Xizmatlar orqali yuklaydigan, saqlaydigan yoki baham ko‘radigan fayllar, fotosuratlar, hujjatlar, audio, raqamli ishlar, translatsiyalar va videolardan ("Kontentingiz") Microsoft qay tarzda foydalanishini tavsiflab beradi. Ruxsat asosida ishlov berishda va qonunda belgilangan doirada, Xizmatlardan foydalanish yoki ushbu shartlarga rozi bo‘lish orqali siz Maxfiylik bayonnomasida tavsiflanganidek Kontentingiz va ma’lumotlaringizning Microsoft tomonidan to‘planishi, foydalanilishi va oshkor etilishiga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Ayrim hollarda, Maxfiylik bayonnomasida ko‘rsatilganidek, sizga alohida eslatma ko‘rsatamiz va roziligingizni so‘raymiz.

To'liq matn
TarkibingizTarkibingiz2_yourContent
Xulosa

2. Tarkibingiz. Ko'pgina xizmatlarimiz sizga kontentingizni saqlash yoki almashish hamda boshqalardan materiallarni qabul qilish imkonini beradi. Biz tarkiblaringizga egalikni da’vo qilmaymiz. Tarkibingiz faqat sizning tarkibingiz bo'lib qoladi va uning uchun siz mas'ul bo'lasiz.

  • a. Kontentingizni boshqalar bilan almashganingizda, siz ularning umumjahon doirada kontentingizdam foydalanish, saqlash, yozish, qayta chiqarish, translatsiya qilish, ko‘chirish, ulashish va aks ettirish (va HealthVault xizmatida yo‘q qilish) badalsiz imkoniga ega bo‘lishlarini tushungan hisoblanasiz. Agarda boshqalarni ana shu imkoniyatlarga ega bo'lishini xohlamasangiz, tarkibingizni almashish uchun Xizmatlardan foydalanmang. Ushbu Shartlar amal qilish davomida siz xizmatlarda yuklayotgan yoki almashayotgan kontentlarga barcha kerakli huquqlaringiz borligini (va bo‘lishligiga) tasdiqlaysiz va ushbu paragrafdagi aytilayotgan tarkibdan foydalanish har qanday huquqni buzmasligiga kafolat berasiz. Microsoft tarkibingizga egalik qilmaydi, boshqarmaydi, tasdiqlamaydi, uning uchun to'lamaydi, qo'llamaydi yoki aks yo'l bilan uning uchun hech qanday majburiyatni olmaydi va xizmatlardan foydalanib yuklagan, saqlagan yoki almashgan tarkibingiz uchun javobgar bo'lmaydi.
  • b. Xizmatlarni sizga taqdim qilish doirasida, sizni va xizmatlarimizni himoya qilish uchun va Microsoft mahsulotlari hamda xizmatlarini yaxshilash uchun siz Microsoft-ga dunyo bo'ylab va bepul Tarkibingizdan foydalanish huquqini bergan hisoblanasiz, xususan, Xizmatlar orqali nusxasini olish, ushlab qolish, uzatish, qayta shakllantirish, aks ettirish va tarqatish. Agar siz tarkibingizni cheklovsiz Xizmatning onlayn sohalarida nashr qilsangiz, u Xizmatni promotsiya qiluvchi namoyishlarda yoki materiallarda paydo bo'lishi mumkin. Ayrim xizmatlar reklama bilan qo'llab-quvvatlanadi. Microsoft'ning reklamani qay tarzda shaxsga mo'ljallab yuborish bo'yicha boshqaruvlari haqida Microsoft hisob qaydnomasini boshqarish veb-saytining Xavfsizlik va maxfiylik sahifasida ko'rish mumkin. Biz sizga maqsadli reklama qilishimiz uchun elektron pochta, chat, video qo'ng'iroqlarda aytgan narsangiz yoki ovozli pochta, hujjatlar, rasmlar yoki boshqa shaxsiy fayllardan foydalanmaymiz. Reklamaga oid siyosatlarimiz Maxfiylik bayonnomasida batafsil keltirilgan.
To'liq matn
O‘zini tutish qoidalariO‘zini tutish qoidalari3_codeOfConduct
Xulosa

3. O‘zini tutish qoidalari.

  • a. Ushbu shartlarga rozligingizni berish orqali siz Xizmatlardan foydalanayotganingizda mazkur qoidalarga amal qilishingizga roziligingizni bergan hisoblanasiz:
    • i. Hech qanday noqonuniy harakat qilmayman.
    • ii. Bolalarni ekspluatatsiya qilish, ularga zarar yetkazish yoki tahdid qilish harakatlarini amalga oshirmayman.
    • iii. Spam yubormayman. Spam istalmagan yoki ixtiyoriy bo'lmagan elektron xabarlar, postinglar, kontakt so'rovlari, SMS (matnli xabarlar) yoki lahzali xabarlardir.
    • iv. Nojo‘ya kontent yoki materiallarni aks ettirmayman yoki ularni (masalan, yalang‘och tasvirlar, zoofiliya, pornografiya, haqoratomuz murojaat, yovuzlik yoki jinoyat ishlari kadrlari) almashish uchun xizmatlardan yoki mahalliy qonun-qoidalarga zid bo‘lgan materiallardan foydalanmayman.
    • v. Firibgarlik, yolg‘on yoki adashtiruvchi (masalan, yolg‘on yo‘l bilan kimningdir nomidan pul so‘rash, ijro sonini sun’iy oshirish, baholarga, reytinglarga yoki fikrlarga ta’sir o‘tkazish ) faoliyatlarga qo‘shilmayman, g‘iybat yoki bo‘hton tarqatmayman.
    • vi. Har qanday kirish cheklovlarni yoki xizmatlar mavjudligini aylanib o'tmang.
    • vii. Sizga, Xizmatlarga yoki boshqalarga xavf tug'diruvchi harakatlarni amalga oshirmang (masalan, viruslarni yuborish, shilqimlik qilish, terroristik tarkiblarni nashr qilish, so'kinish yoki boshqalarga nisbatan zo'ravonlik kabilar).
    • viii. Boshqalarning huquqlarini poymol qilmang (masalan mualliflik huquqiga ega musiqalarni yoki materiallarini almashmaslik, Bing xaritalarini yoki rasmlarni qayta sotish yoki boshqachasiga tarqatish).
    • ix. Boshqalarning maxfiyligini oshkor qiluvchi yoki ma'lumotlar himoyasini buzuvchi amallarni sodir etmang.
    • x. Ushbu qoidalarni buzishda boshqalarga yordam bermang.
  • b. Majburiy kuchga egalik. Agar ushbu Shartlarni buzsangiz, o‘z ixtiyorimizga ko‘ra sizga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatishimiz yoki Microsoft hisobingizni yopib qo‘yishimiz mumkin. Shuningdek, biz xizmatlarga yoki xizmatlardan bo‘lgan muloqotlarni (elektron pochta, fayl ulashish yoki lahzali xabar kabilar) ushbu shartlarni qo‘llagan holda bloklab qo‘yishimiz mumkin, yoki tarkibingizni olib tashlashimiz yoki nashr qilishga ruxsat bermasligimiz mumkin. Ushbu shartlari aniqlangan busilishini tekshirish asnosida, Microsoft muammoni hal qilish uchun Kontentingizni ko'rib chiqish huquqini saqlab qoladi va siz bunday ko'rib chiqishga ruxsat bergan hisoblanasiz. Biroq biz butun Xizmatlarni kuzata olmaymiz va unga harakat ham qilmaymiz.
  • c. Xbox xizmatlariga ilova. Mazkur O'zini tutish qoidalari Microsoft tomonidan taqdim qilingan Xbox Live, Windows Live va Microsoft Studios uchun o'yinlar, ilovalar, xizmatlar va tarkiblarga nisbatan qanday amal qilishi bo'yicha ko'proq ma'lumot olish uchun shu yerga bosing. Xbox xizmatlari orqali (13(a)(i) bo‘limda keltirilgan) axloq qoidalari buzilsa, Xbox xizmatlariga qatnashish bekor qilinishi yoki taqiqlab qo‘yilishi, kontent litsenziyalari olib qo‘yilishi, Xbox Gold obunasi va hisob bilan biriktirilgan Microsoft hisobidagi qoldiqlardan ham mahrum bo‘lish mumkin.
To'liq matn
Xizmatlardan foydalanish va qo'llab-quvvatlashXizmatlardan foydalanish va qo'llab-quvvatlash4_usingTheServicesSupport
Xulosa

4. Xizmatlardan foydalanish va qo'llab-quvvatlash.

  • a. Microsoft hisobi. Siz ko'pgina xizmatlarga kira olishingiz uchun Microsoft hisob qaydnomasiga ega bo'lishingiz zarurdir. Microsoft hisob qaydnomasi sizga Microsoft hamda Microsoft-ning ayrim hamkorlari tarafidan taqdim qilingan mahsulotlar, veb-saytlar va xizmatlarga kirish imkonini beradi.
    • i. Hisob qaydnomasini yaratish. Siz onlayn ro‘yxatdan o‘tish orqali Microsoft hisobini yaratishingiz mumkin. Microsoft hisobini yaratayotganingizda siz noto‘g‘ri, noaniq yoki chalg‘ituvchi ma’lumot bermaslikka rozi bo‘lasiz. Ayrim hollarda internet xizmat provayderi kabi uchinchi tomon siz uchun Microsoft hisob qaydnomasini tayinlagan bo'lishi mumkin. Agar siz Microsoft hisob qaydnomasini uchinchi tomondan olgan bo'lsangiz, uchinchi tomon hisob qaydnomangiz ustidan Microsoft hisob qaydnomangizga kirish yoki yo'q qilish kabi imkoniyatga ega bo'lishi mumkin. Iltimos, sizga taqdim qilgan uchinchi tomonning har qanday qo'shimcha shartlarini ko'rib chiqing, chunki Microsoft ushbu qo'shimcha shartlarga nisbatan hech qanday javobgarlikka ega emas. Agar siz Microsoft hisob qaydnomasini biznes yoki ish beruvchi kabi tashkilot nomidan yaratsangiz, siz ana shu tashkilotning mazkur Shartlar bilan bog'lanishiga qonuniy huquqqa ega hisoblanasiz. Siz Microsoft hisobingiz ma’lumotlarini boshqa foydalanuvchi yoki tashkilotga o‘tkazib bera olmaysiz. Hisob qaydnomangizni himoya qilish uchun hisob qaydnomangiz ma'lumotlarini va parolni sir saqlang. Microsoft hisobingiz doirasida amalga oshirilgan har qanday faoliyat uchun o‘zingiz javobgarsiz.
    • ii. Hisob qaydnomasidan foydalanish. Siz Microsoft hisob qaydnomangizni faol holatda bo'lishi uchun undan foydalanib turishingiz kerak. Bu degani siz Microsoft hisob qaydnomangizni faol holatda bo'lishi uchun kamida besh yilda bir marta tizimga kirib turishingiz kerak, pullik xizmatda boshqacha ko'rsatilgan bo'lsa bundan mustasno. Agar siz ushbu muddat ichida tizimga krimasangiz biz Microsoft hisob qaydnomangiz faolsiz deb hisoblan uni siz uchun yopib tashlaymiz. Microsoft hisob qaydnomasining yopilish oqibatlarini ko'rish uchun iltimos, 4(a)(iv)(2)-bo'limga qarang. Siz hech bo'lmaganda bir yilda bir marta Outlook.com kiruvchi xabarlar qutingizga va OneDrive (alohida) xizmatingizga kirib turishingiz kerak, aks holda biz Outlook.com kiruvchi xabarlar qutingizni va OneDrive xizmatingizni siz uchun yopib qo'yamiz. O‘yinchi yorlig‘ingiz Microsoft hisobingiz bilan bog‘liq bo‘lishi uchun siz Xbox xizmatlariga hech bo‘lmaganda besh yilda bir marta kirishingiz kerak bo‘ladi. Agar biz dalil bilan Microsoft hisobingiz uchinchi tarafdan noqonuniy foydalanilayotganligini sezsak (masalan hisobni o‘g‘irlash orqali), Microsoft hisobingizga egalikni talab qilguningizga qadar hisobingizni to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Obro'zilantirish xarakteriga ko'ra tarkibingizning ba'zilariga yoki hammasiga kirishni cheklab qo'yishimiz mumkin. Agar siz Microsoft hisob qaydnomangizga kirishda qiynalayotgan bo'lsangiz ushbu veb-saytga tashrif buyuring: https://go.microsoft.com/fwlink/?LinkId=238656.
    • iii. Bolalar va hisob qaydnomalar. Xizmatlardan foydalanishingiz orqali siz yashash joyingizda «balog'at» yoshiga yetgan hisoblanasiz yoki «qonuniy huquqqa ega» ota-onangiz yoki vasiyingiz bor ekanligi va ushbu shartlar bilan bog'lanishni bildiradi. Agar siz yashash joyingizda balog‘atga yetgan yoki yetmaganligingizni yoki huquqiy mas’uliyatga egaligingizni bilmasangiz, yoki ushbu bo‘limni tushunmasangiz, Microsoft hisobini yaratishdan oldin ota-onangiz yoki vasiyingizdan yordam va rozilik so‘rang. Agar siz Microsoft yoki Skype hisobini yaratuvchi voyaga yetmagan shaxsning ota-onasi yoki vasiyi bo‘lsangiz, siz va voyaga yetmagan shaxs bu Shartlarni qabul qilasiz va rioya qilishgan rozilik bildirasiz hamda Microsoft hisobidan yoki Xizmatlardan foydalanish uchun javobgar bolasiz, jumladan, hisob hozir yoki keyinroq ochilgan holda ham, xaridlar uchun ham javobgar bo‘lasiz.
    • iv. Hisob qaydnomangizni yopish.
      • 1. Siz istalgan paytda va istalgan sabab bilan muayyan Xizmatlarni bekor qilishingiz yoki Microsoft hisobingizni yopib tashlashingiz mumkin. Microsoft hisob qaydnomangizni yopib tashlash uchun iltimos, ushbu saytga tashrif buyuring https://go.microsoft.com/fwlink/p/?linkid=618278. Bizdan Microsoft hisob qaydnomangizni yopib tashlashni so'raganingizda, uni mabodo fikringiz o'zgarib qolish ehtiyotidan uni 60 kun davomida to'xtatib turamiz. 60 kundan so'ng Microsoft hisob qaydnomangiz yopib tashlanadi. Microsoft hisobingiz yopilganidan so‘ng nima bo'lishini 4(a)(iv)(2)-bo‘limdan o‘qing. 60 kunlik muddat ichida tizimga qaytadan kirsangiz, Microsoft hisob qaydnomangiz qaytadan faollashtiriladi.
      • 2. Agar Microsoft hisobingiz yopib tashlansa (siz yoki biz tomondan), quyidagi ba’zi narsalar sodir bo‘ladi. Birinchidan, sizning Microsoft hisobingizdan Xizmatlarga kirish huquqingiz darhol to‘xtatiladi. Ikkinchidan, biz Microsoft hisobingiz bilan bog‘langan Ma’lumotlar yoki Kontentingizni o‘chirib tashlaymiz yoki ularni Microsoft hisobingizdan uzib qo‘yamiz (qonunda saqlab qolish, qaytarish yoki siz belgilagan uchinchi tomonlarga o‘tkazish bo‘yicha talab etilgan hollar bundan mustasno). Siz tez-tez zahiralash tarifga ega bo'lishingiz kerak, chunki Microsoft hisob qaydnomangiz yopilgandan so'ng tarkibingiz yoki ma'lumotlaringizni tiklay olmaydi. Uchinchidan, sotib olgan mahsulotlaringizga kira olmasligingiz mumkin.
  • b. Ish yoki o'qish hisob qaydnomasi. Siz muayyan Microsoft xizmatiga ish yoki o'qish hisob qaydnomangiz bilan kirishingiz mumkin. Agar siz shuni amalga oshirsangiz, elektron pochtangiz manziliga bog'langan domen egasi hisobingizni nazorat qilishi, ma’lumotlaringizga, jumladan, muloqotlaringiz ma’lumotlari va fayllaringizga kirishi va ularga ishlov berishiga, shu bilan birga, agar hisob yoki Ma’lumotlar xavf tug‘diradigan bo‘lsa, Microsoft kompaniyasi domen egasiga bildirishi mumkinligiga o‘z roziligingizni bergan hisoblanasiz. Shuningdek, Microsoft xizmatlaridan foydalanishingiz Microsoft'ning siz yoki tashkilotingiz bilan tuzilgan shartnomalar asosida boshqarilishiga hamda ushbu Shartlar qo‘llanmasligi mumkinligiga rozilik bildirasiz. Agar sizda Microsoft hisobi avvaldan mavjud bo‘lsa va ushbu Shartlar doirasidagi Xizmatlarga kirishda ish yoki o‘qish joyidagi elektron pochtadan foydalansangiz, shu xizmatlarga kirishda davom etish uchun Microsoft hisobingiz bilan bog‘langan elektron pochta manzilingizni yangilash talab etilishi mumkin.
  • b. Qo‘shimcha qurilma/Tarif rejalari. Ko'pgina xizmatlardan foydalanish uchun sizda internet ulanishi va/yoki ma'lumot/uyali rejaga ega bo'lishingiz kerak. Shuningdek, sizda quloq garniturasi, kamera yoki mikrofon kabi qo'shimcha qurilma bo'lishi kerak. Siz xizmatlardan foydalanish uchun barcha ulanishlar, rejalar va qurilmalar taqdim qilinishi uchun javobgar hisoblanasiz, hamda ulanishlar, rejalar va qurilma uchun olinadigan to‘lovlarni o‘zingiz to‘lashingiz kerak bo‘ladi. Ushbu to'lovlar bu xizmatlar uchun bizga to'lanadigan to'lovlarga qo'shimcha bo'lib ularni biz qoplab bermaymiz. Sizga bunday haqlardan qaysi biri qo'llanilishini aniqlash uchun provayderingizga murojaat qiling.
  • d. Xizmat xabarnomalari. Siz foydalanayotgan Xizmat haqida yangilik bo‘lsa, sizga xabarnoma yuboramiz. Agar Microsoft hisobingiz bilan bog‘langan e-pochta manzili yoki telefon raqamini taqdim qilgan bo‘lsangiz, sizga elektron pochta yoki SMS (matnli xabar) orqali Xizmat xabarnomalarini, jumladan mobil telefon raqamingizni tasdiqlash uchun matnli xabar yuborishimiz mumkin. Xizmat xabarnomalarini boshqa usulda ham yuborishimiz mumkin (masalan, xizmat ichki xabarlari orqali). SMS xabari orqali xabarnomalar olganingizda ma'lumot yoki xabar uzatish haqi olinishi mumkin.
  • e. Ko‘mak xizmati. Ba’zi Xizmatlar bo‘yicha mijozlarni qo‘llab-quvvatlash ma’lumotlari support.microsoft.com havolada keltirilgan. Muayyan xizmatlar, agar boshqacha talablar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, mijozlarga xizmat ko‘rsatishning alohida yoki qo‘shimcha shartlarini taklif qilishi mumkin va ular bilan www.microsoft.com/support-service-agreement havolada tanishish mumkin. Mazkur mijozlarga xizmat ko‘rsatish Xizmatlarning funksiyalarini ko‘zdan kechirish yoki beta versiyalarini ko‘rishga imkon bermasligi mumkin. Xizmatlar uchinchi tomonlar orqali taqdim qilingan dasturiy ta'minot yoki xizmatlar bilan mos kelmasligi mumkin, shu bois siz ushbu mos kelishlik yoki kelmaslikni bilish bo'yicha o'zingiz javobgar hisoblanasiz.
  • f. Xizmatlaringizning tugashi. Agar xizmatlaringiz bekor qilinsa yoki tugatilsa (siz yoki biz tomondan), dastlab Xizmatlardan foydalanish huquqingiz darhol to‘xtatiladi va Xizmatlarga bog‘liq dasturiy ta’minotimiz litsenziyasi tugaydi. Ikkinchidan, biz Xizmatlaringiz bilan bog‘langan Ma’lumotlar yoki Kontentingizni o‘chirib tashlaymiz yoki ularni Microsoft hisobingizdan uzib qo‘yamiz (qonunda saqlab qolish, qaytarish yoki siz belgilagan uchinchi tomonlarga o‘tkazish bo‘yicha talab etilgan hollar bundan mustasno). Oqibatda siz Xizmatlarga (yoki o‘sha Xizmatlarda saqlangan Kontentingizga) boshqa kira olmasligingiz mumkin. Sizda muntazam zaxiralash rejasi bo‘lishi kerak. Uchinchidan, sotib olgan mahsulotlaringizga kira olmasligingiz mumkin. Agar siz Microsoft hisobingizni bekor qilgan bo‘lsangiz va Xizmatlarga kira oladigan boshqa hisobingiz bo‘lmasa, Xizmatlar darhol bekor qilinishi mumkin .
To'liq matn
Uchinchi tomon ilovalari va xizmatlaridan foydalanishUchinchi tomon ilovalari va xizmatlaridan foydalanish5_usingThird-PartyAppsAndServices
Xulosa

5. Uchinchi tomon ilovalari va xizmatlaridan foydalanish. Xizmatlar sizga mustaqil uchinchi tomonning (Microsoft kompaniyasiga tegishli bo‘lmagan kompaniya yoki shaxslar) mahsulotlari, xizmatlari, vebsaytlari, havola, kontent, material, o‘yin, mahorat, integratsiya, botlari yoki ilovalarini olish yoki ularga kirish ruxsatini berishi mumkin ("Uchinchi tomon ilovalari va xizmatlari"). Ko'pgina xizmatlarimiz shuningdek, sizga uchinchi tomon ilovalari va xizmatlarini topish, so‘rov yuborish yoki foydalanishga yordam beradi yoki Kontent yoki Ma’lumotlaringizni almashish imkonini beradi va siz xizmatlarimizda uchinchi tomon ilovalari va xizmatlariga yo'naltirilayotganligingizni tushunasiz. Uchinchi tomon ilovalari va xizmatlari shuningdek, sizga kontentingizni yoki ma'lumotlaringizni uchinchi tomon ilovalari va xizmatlarining noshiri, provaderi yoki operatorida saqlash ruxsatini berishi mumkin. Uchinchi tomon ilovalari va xizmatlari sizga maxfiylik siyosatini taqdim qilishi mumkin yoki sizdan uchinchi tomon ilova yoki xizmatini o‘rnatish yoki foydalanishdan oldin qo‘shimcha shartlarni qabul qilishni talab qilishi mumkin. Office Do'koni, Xbox do'koni yoki Windows do'koni orqali olingan ilovalar uchun qo'shimcha shartlarni ko'rish 13(b)-bo'limiga qarang. Siz uchinchi tomonning ilova yoki xizmatlarini sotib olish, foydalanish, so‘rash yoki Microsoft hisobingizni ularga ulashdan oldin har qanday qo‘shimcha shartlarni yoki maxfiylik siyosatlarini ko‘rib chiqishingiz kerak. Har qanday qo'shimcha shartlar ushbu shartlarni o'zgartira olmaydi. Microsoft har qanday uchinchi tomonning ilovalari va xizmatlarining bir qismi sifatida hech qanday intellektual mulkka ruxsatnoma bermaydi. Siz uchinchi tomon ilovalari va xizmatlaridan foydalanish bo'yicha qaltislik va javobgarliklarni o'z zimmangizga olishga roziligingizni bergan hisoblanasiz va Microsoft ularning foydalanishidan kelib chiqqan muammolaringiz uchun javobgar bo'lmaydi. Uchinchi tomon ilovalari va xizmatlari sizga yoki boshqalarga taqdim qilgan ma’lumot yoki xizmatlar uchun Microsoft javobgar emas.

To'liq matn
Xizmat odmiligiXizmat odmiligi6_serviceAvailability
Xulosa

6. Xizmat odmiligi.

  • a. Xizmatlar, uchinchi tomon ilova va xizmatlari yoki xizmatlar orqali taqdim qilingan materiallar yoki mahsulotlar vaqti-vaqti bilan ishlamasligi mumkin, cheklangan holatda taqdim qilingan bo'lishi mumkin yoki mintaqangiz yoki qurilmangizga qarab farq qilishi mumkin. Agar siz Microsoft hisob qaydnomangiz bilan bog'langan manzilni o'zgartirsangiz, avvalgi olingan yoki to'langan mintaqadagi ilova yoki materialni qaytadan olishingiz kerak bo'lishi mumkin. Siz noqonuniy yoki foydalanilishi litsenziyalanmagan mamlakatda materiallarga yoki xizmatga kirmaslikka, yoki shunday material yoki xizmatlarga kirish uchun yoki foydalanish uchun joylashuvingizni boshqa qilib ko'rsatmaslikka roziligingizni bergan hisoblanasiz.
  • b. Biz doimo Xizmatlaning uzluksiz ishlashini ta’minlashga harakat qilamiz; biroq barcha onlayn xizmatlar vaqti-vaqti bilan uzulishlar va izdan chiqishga duch kelishi mumkin, va shu bois Microsoft shunday uzilib qolishlar va uning natijasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan zararlar uchun mas’ul emas. Ishlamay qolish natijasida siz saqlagan tarkibingiz yoki ma'lumotingizni tiklay olmaysiz. Sizga Kontentingiz va Xizmatingizda saqlangan yoxud Uchinchi tomon ilova va xizmatlaridan foydalangan holda saqlangan ma’lumotlarni muntazam tarzda zaxiralab turishingizni tavsiya qilamiz.
To'liq matn
Ushbu xizmatlarga yoki dasturiy ta'minotga va Shartlarga yangilanishlar va o'zgartirishlar kiritishUshbu xizmatlarga yoki dasturiy ta'minotga va Shartlarga yangilanishlar va o'zgartirishlar kiritish7_updatesToTheServicesOrSoftwareAndChangesToTheseTerms
Xulosa

7. Ushbu xizmatlarga yoki dasturiy ta'minotga va Shartlarga yangilanishlar va o'zgartirishlar kiritish.

  • a. Biz ushbu shartlarga istagan paytda o'zgartirish kiritishimiz mumkin, va bunday qilganimizda sizga xabar beramiz. Xizmatlardan o'zgartirish kiritilgan sanasidan so'ng foydalanish yangi shartlarga rozi ekanligingizni bildiradi. Agar siz yangi shartlarga rozi bo‘lmasangiz, Xizmatlardan foydalanishni to‘xtatishingiz, Microsoft hisobingizni yopib tashlashingiz shart va, agar siz ota-ona yoki vasiy bo'lsangiz voyaga yetmagan farzandingizga Microsoft hisobini yopishga yordam berishingiz kerak.
  • b. Ba'zi hollarda xizmatlaringiz ishlab turishi uchun dasturiy ta'minot yangilanishlari kerak bo'ladi. Biz dasturiy ta'minotingizning versiyasini avtomatik tarzda tekshirishimiz va dasturiy ta'minot yangilanishlari yoki sozlama o'zgarishlarini yuklashimiz mumkin. Shuningdek, siz xizmatlardan foydalanishda davom etishingiz uchun ham dasturiy ta'minotni yangilashingiz kerak bo'ladi. Shunday yangilanishlarga, agar yangilanish paytida alohida shartlar kelmasa, mazkur shartlar amal qiladi. Microsoft yangilanishlarni taqdim qilish majburiyatini olmaydi va litsenziyasini xarid qilgan yoki olgan dasturiy ta’minotingiz, ilovalar, kontent yoki boshqa mahsulotlarning versiyasini qo‘llab-quvvatlashimizga kafolat bermaydi. Bunday yangilanishlar uchinchi tomonlardan taqdim qilingan dasturiy ta'minot va xizmatlarga mos kelmasligi mumkin. Siz dasturiy ta'minotning kelgusi yangilanishlarni istagan paytda dasturiy ta'minotni olib tashlab bekor qilishingiz mumkin.
  • c. Shu bilan birga, shunday vaqtlar bo'ladiki, biz xizmatni olib tashlashimiz yoki xususiyat va funksionalligini to'xtatib qo'yishimiz, xizmatlarni taqdim qilishni to'xtatib qo'yishimi yoki uchinchi tomon ilova va xizmatlariga kirishni to'xtatib qo'yishimiz kerak bo'lishi mumkin. Amaldagi qonun talab etgan shartlardan istisno bo'lgan holda, avval sotib olingan har qanday material, raqamli mahsulotlar (13(k) bo'limida ko'rsatilgan) yoki ilovalarni qayta yuklab berish yoki almashtirib berish majburiyatini olmaymiz. Biz xizmatlarni yoki ularning xususiyatlarini sinov yoki beta versiyalarda chiqarishimiz mumkin, ular to‘g‘ri ishlamasligi yoki oxirgi versiyasi kabi bo‘lmasligi mumkin.
  • d. Ayrim musiqa, o‘yinlar, kinolar, kitoblar va boshqa narsalar kabi raqamli huquqlar boshqaruvi (DRM) bilan himoyalangan materiallardan foydalana olishingiz uchun DRM dasturiy ta’minoti onlayn huquqlar serveriga avtomatik tarzda ulanib, DRM yangilanishlarini yuklab, o‘rnatishi mumkin.
To'liq matn
Dasturiy ta'minot litsenziyasiDasturiy ta'minot litsenziyasi8_softwareLicense
Xulosa

8. Dasturiy ta'minot litsenziyasi. Biz sizni ta’minlaydigan har qanday dasturiy ta’minot uchun, agar u Microsoft kompaniyasining alohida litsenziya kelishuvi bilan tartibga solinmaydigan bo‘lsa (masalan siz Windows dasturining bir qismi bo‘lgan va unga kiritilgan Microsoft ilovasidan foydalanayotgan bo‘lsangiz, Windows operatsion tizimi uchun Microsoft dasturiy ta’minot litsenziyasi shartlari bu dasturiy ta’minotni tartibga soladi), Xizmatlarning bir qismi sifatida, ushbu Shartlar amal qiladi. Office do‘koni, Xbox do‘koni yoki Windows do‘koni orqali sotib olingan ilovalar uchun qo'shimcha shartlarni 13(b)-bo‘limdan topishingiz mumkin.

  • a. Agar siz ushbu shartlarga javob bersangiz biz sizga faqat bitta qurilmada o'rnatiladigan va bir vaqtning o'zida faqat bitta odam ishlata oladigan dunyo bo'ylab xizmatlardan foydalanish huquqini beramiz. Ayrim qurilmalarda, xizmatdan shaxsiy, notijorat maqsadda foydalanishingiz uchun bunday dasturiy ta’minot oldindan o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Xizmatlarning bir qismi bo'lgan dasturiy ta'minot yoki veb-sayt uchinchi tomonlarning kodlarini o'z ichiga olishi mumkin. Ushbu dasturiy ta'minot yoki veb-sayt bog’langan yoki shundan dastaklanadigan har qanday uchinchi tomon yozuvlari yoki qoidalar, shu qoidalarga ega uchinchi tomondan sizga litsenziya taqdim qilinadi, Microsoft tomonidan emas. Agar uchinchi tomonlarning har qanday xabarnomalari bo'lsa, ular faqat sizga ma'lumot uchun taqdim qilingandir.
  • b. Dasturiy ta'minotga litsenziya beriladi, sotilmaydi, va Microsoft o'zi tomonidan litsenziya shartlari ostida unga ega bo'ladimi, mahrum bo'lganmi yoki boshqachasiga ochiq taqdim qilinmagan dasturiy ta'minotga barcha huquqlarini saqlab qoladi. Ushbu litszenziya sizga shu narsalarni bajarishga hech qanday huquq brmaydi va ushbu harakatlarni bajarish taqiqlanadi:
    • i. Dasturiy ta'minot yoki xizmatlarga tegishli har qanday texnologik himoya choralarni buzmaslik yoki aylanib o'tmaslik;
    • ii. Xizmatlarga qo'shilgan yoki kirish mumkin bo'lgan har qanday dasturiy ta'minot yoki boshqa narsalarini, agar mualliflik huquqi bilan ruxsat bermasa, bo'laklarga ajratish, dekompilyatsiya qilish, shifrlarini buzish, noqonuniy kirish, emulyatsiya qilish, ishlatish yoki ochib tashlash;
    • iii. dasturiy ta'minot yoki xizmatlarning turli bo'laklarini boshqa qurilmalarda foydalanish uchun ajratish;
    • iv. Microsoft ochiq-oydin ruxsati bo'lmasa dasturiy ta'minot yoki xizmatlarni nashr qilishingiz, nusxasini ko'chirishingiz, ijaraga berish, olish, eksport qilish, import qilsh, tarqatish yoki qarzga berish;
    • v. Xizmatlarga kirish yoki foydalanish uchun dasturiy ta'minotni, har qanday dasturiy ta'minot litsenziyalarini yoki huquqlarni uzatish;
    • vi. boshqalarning foydalanishi bilan to'qnash kelishi mumkin bo'lgan har qanday ruxsat etilmagan yo'l bilan xizmatlardan foydalanish, ma'lumotlarga, hisob qaydnomaga yoki tarmoqqa kirish;
    • vii. ruxsat etilmagan uchinchi tomon ilovlalariga har qanday Microsoft-ning ruxsat etilgan qurilmalairga (masalan, Xbox One, Xbox 360, Microsoft Surface va hkz.) kirish yoki o'zgartirish ruxsatini berish.
To'liq matn
To'lov shartlariTo'lov shartlari9_paymentTerms
Xulosa

9. To'lov shartlari. Agar siz xizmatni xarid qilsangiz, ushbu to'lov xaridingizga nisbatan qo'llaniladi va siz shartlarga roziligingizni bergan hisoblanasiz.

  • a. Haqlar. Agar Xizmatlarning bir qismi bilan bog’langan to’lov haqi bo’lsa, siz ana shu to’lovni belgilangan valyutada amalga oshirish roziligini bildirgan bo’lasiz. Xizmatlar uchun to'lovlar, agar boshqacha shart ko'rsatilmagan bo'lsa, barcha qo'llaniladigan soliqlar va valyuta ayirboshlash xarajatlarsiz ko'rsatilgan bo'ladi. Skype pullik mahsulotlarining barcha narxlari, agar boshqacha shart nazarda tutilmagan bo'lsa, tegishli soliqlarni o'z ichiga olgan hisoblanadi. Bunday soliqlar yoki to'lovlarni amalga oshirishga faqat o'zingiz mas'ul hisoblanasiz. Skype billing ma’lumotlaridagi yashash joyidan kelib chiqib, soliqlarni hisoblaydi. Bu manzilning to‘g‘ri va aniqligiga siz javobgarsiz. Skype mahsulotlaridan tashqari, soliqlar Microsoft hisobingiz ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdagi joylashuvingizga asoslanib hisoblanadi, mahalliy qonunlar boshqacha hisoblash talablariga ega bo‘lsa bundan mustasno. Agar siz tomondan o'z vaqtida va to'laligicha to'lov olinmaydigan bo'lsa biz xizmatlarni to'xtatib qo'yishimiz yoki bekor qilishimiz mumkin. To’lov amalga oshirmaganlik uchun xizmatlarni to’xtatib qo’yish yoki bekor qilish, xizmatga kirish va qayd hisobi hamda tarkibingizning foydalanish to’xtatilishi mumkin. Joylashuvingizni niqoblaydigan korporativ yoki boshqa shaxsiy tarmoq orqali internetga ulansangiz, haqiqiy joylashuvingizda aks etgan to‘lovlardan boshqa to‘lovlarga sabab bo‘lishi mumkin. Yashash mamlakatingizga qarab ayrim tranzaksiyalar chet el valyuta ayirboshlashi yoki boshqa mamlakatda to'lanishi talab etilishi mumkin. Ana shu xizmatlardan foydalanish uchun debet yoki kredit kartangizdan foydalanganingizda, bankingiz sizdan qo'shimcha haq olishi mumkin. Batafsil ma'lumot olish uchun bankingizga murojaat qiling.
  • b. Billing qayd hisobingiz. Xizmat uchun to’lovlarni amalga oshirish uchun sizdan to’lov usulini taqdim qilish va shu bilan birga Xizmatga ro’yxatdan o’tish so’raladi. Siz billing ma’lumoti va to‘lov usulingizga Microsoft hisobini boshqarish veb-saytida kirishingiz va o‘zgartirishingiz mumkin, Skype uchun esa https://skype.com/go/myaccount manzilida hisobingizga kirishingiz mumkin. Bunga qo'shimcha ravishda, siz o'zingizning bankingiz yoki tegishli to'lov tarmog'ingiz tomonidan tanlangan to'lov usuliga nisbatan yangilangan hisob qaydnoma ma'lumotlaridan Microsoft foydalana olishiga o'z ruxsatingizni berishga rozi ekanligingizni izhor qilasiz. Sizga to'liq tranzaksiyani amalga oshirib berishimizni va tranzaksiyalaringiz bilan bog'liq masala bo'yicha bog'lanishimiz uhun siz hisob qaydnomangizni va boshqa ma'lumotlaringizni, jumladan, elektron pochta manzilingizni hamda to'lov usuli tafsilotlaringizni tezlik bilan yangilashga o'z roziligingizni berasiz. Billing qayd hisobingizga oldin qo'yilgan hisobga billing qayd hisobingizga kiritilgan o'zgartirishlar uni tegishli ravishda o'zgartirmagunimizcha ta'sir qilmadyi.
  • c. Billing. Microsoft’ga to‘lov usulini taqdim qilish orqali, siz (i) to‘lov usulidan foydalanish ruxsatiga ega ekanligingizni va siz taqdim qilayotgan har qanday to‘lov ma’lumoti haqiqiy va to‘g‘ri ekanligini tasdiqlaysiz; (ii) to‘lov usulingizdan foydalangan holda Microsoft’ga xizmat yok mavjud kontent uchun haq olish ruxsatini berasiz; va (iii) ro‘yxatdan o‘tishni tanlagan yoki mazkur shartlar kuchga ega bo‘lgan davr ichida xizmatlarning haq olinadigan xususiyatlari uchun Microsoft’ga sizdan haq olish ruxsatini berasiz. Biz sizga to’lov sorovini (a) oldindan; (b) xarid qilish paytida; (c) xarid qilingandan so’ng qisqa muddat ichida; yoki (d) obuna Xizmatlari uchun qaytarilib turadigan asosda qo’yamiz. Shuningdek, biz siz ruxsat bergan qiymat uchun haq olamiz va qaytariluvchi obuna Xizmatlari uchun qiymatda o’zgarish bo’lsa sizni oldindan xabardor qilamiz. Biz sizga bir vaqtning o'zida avval amalga oshirilmagan to'lovlar uchun bittadan ko'p bo'lgan hisoblash davrlariga hisob qo'yishimiz mumkin.
  • d. Qaytariluvchi to'lovlar. Xizmatlarni obuna asosida xarid qilsangiz (masalan, oylik, har 3 oylik yoki yillik), siz qaytariluvchi to‘lovga ruxsat bergan hisoblanasiz va to‘lov siz rozi bo‘lgan usulda Microsoft’ga obunani o‘zingiz yoki Microsoft bekor qilgunga qadar to‘lashga roziligingizni bildirasiz. Qaytariluvchi to‘lovlarga ruxsat berish orqali siz Microsoft’ga tegishli hisoblaringizda ushbu to‘lovlarni (Avtomatik kliring uyi yoki shu kabi to‘lovlar) yo elektron debit, yoki draft sifatida undirib olishga ruxsat bergan hisoblanasiz, yoki tegishli hisobingizga to‘lov talabini qo‘yishga (kredit karta yoki shunga o‘xshash to‘lovlar bo‘lsa) (birgalikda, "elektron to‘lovlar" deb yuritiladi) ruxsat bergan hisoblanasiz. Obuna to‘lovlari, odatda, amal qiluvchi obuna davridan oldin undirib olinadi. Agar biron bir to‘lov to‘lanmasdan qaytarilsa yoki kredit karta va o‘xshash tranzaksiya rad qilinsa, Microsoft yoki uning xizmat provayderlari shunday elektron to‘lovlarining har qanday qaytarib olingan to‘lov uchun haq olishlar huquqini saqlab qoladi.
  • e. Avtomatik yangilash. Amaldagi qonunchilikda ruxsat etilgan bo‘lsa, siz Xizmatlarni muayyan muddat oxirida avtomatik yangilashni tanlashingiz mumkin. Har qanday Xizmat yangilanishi bo‘yicha yangi muddatdan oldin sizga elektron pochta yoki boshqa vosita orqali eslatma yuboramiz va 9(k)-bo‘limga muvofiq narxlarda o‘zgarish yuz bersa, sizni xabardor qilamiz. Xizmatlarni avtomatik yangilash opsiyasini tanlaganligingiz haqida sizga eslatma berganimizdan so'ng, joriy xizmat muddati tugashi bilan Xizmatlaringizni avtomatik tarzda yangilaymiz va sizdan joriy tarifda xizmat haqini undirib olamiz, agar quyida keltirilgandek xizmatlarni bekor qilishni tanlagan bo'lsangiz, bundan mustasno. Shuningdek, sizga xizmatlar yangilanishi uchun, yangilash sanasida bo'ladimi yoki keyinroqmi, tanlangan to'lov usulingizga hisob qo'yishimizni eslatib o'tmoqchimiz. Shu bilan birga biz xizmatlarni qanday qilib bekor qila olishingiz bo'yicha ko'rsatmalarni taqdim qilamiz. Sizga yangilanish uchun to’lov qo’yilishning oldini olish uchun yangilanish sanasidan oldin xizmatlarni bekor qilishingiz kerak.
  • f. Onlayn bayonnomasi va xatolar. Microsoft sizga onlayn billing bayonnomasini Microsoft hisob qaydnomasini boshqarish veb-saytida taqdim qiladi, ana shu yerda siz bayonnomangizni ko'rishingiz va chop qilishingiz mumkin. Skype uchun www.skype.com saytida hisobingizga kirib, onlayn bayonnomamizni ko‘rishingiz mumkin. Ana shu biz taqdim qiladigan yagona billing bayonnomasidir. Agar biz sizga hisob qo'yishda xatoga yo'l qo'yadigan bo'lsak, siz xato hisobingizda birinchi bor ko'ringandan so'ng 90 kun ichida bizga xabar berishingiz shart. Biz zudlik bilan qo'yilgan hisobni tekshirib chiqamiz. Agar siz bizga ana shu vaqt davomida aytmasangiz, siz har qanday xato natijasida paydo bo’lgan majburiyat va shikoyatlardan bizni ozod qilgan bo’lasiz va biz xatoni to’g’irlash va to’lovni qaytarib berish majburiaytiga ega bo’lmaymiz, qonun doirasida boshqa shart ko'rsatilgan bo'lsa, bundan mustasno. Microsoft biiling xatosini aniqlasa, biz ana shu xatoni 90 kun ichida to’g’irlaymiz. Ushbu siyosat har qanday amaldagi majburiy huquqlarga ta'sir qilmaydi.
  • g. To'lovlarni qaytarib berish siyosati. Agar qnun bilan boshqasi nazarda tutilmagan bo’lsa yoki maxsus Xizmat taklifi bo’lmasa, barcha xaridlar qat’iy va qaytarib berilmaydi. Agar Microsoft sizda noto'g'ri to'lov olgan deb hisoblasangiz, siz shu to'lov bo'yicha bizga 90 kun ichida murojaat qilishingiz shart. Muddati 90 kundan o'tgan har qanday to'lovlar qaytarib berilmaydi, qonunga muvofiq ayrim talablar bundan mustasno. Biz to'lovlarni qaytarib berish yoki kreditlar bo'yich huquqlarni o'zimizda saqlab qolamiz. Agar biz to'lovni qaytarib berish yoki kreditni chiqarib bersak, bu kelgusida ham shuni qoplab berish ekanligini anglatmaydi. Ushbu to'lovni qaytarib berish siyosati har qanday amaldagi majburiy huquqlarga ta'sir qilmaydi. To'lovlarni qaytarish bo'yicha ko'proq ma'lumot olish uchun bizning ma'lumot bo'limimizga tashrif buyuring. Agar siz Tayvanda istiqomat qilsangiz, shuni yodda tutingki, Tayvan iste'molchilar huquqini himoya qilish qonuniga va tegishli qonunosti hujjatlariga muvofiq nomoddiy va/yoki onlayn xizmat shaklida taqdim qilingan raqamli tarkiblarga tegishli barcha xaridlar, agar ular onlayn tarzda taqdim qilingan bo'lsa, yakuniy va qaytarib berilmaydigan hisoblanadi. Siz har qanday "sovish muddati" yoki to'lovni qaytarib olish imkoniga ega bo'lmaysiz.
  • h. Xizmatlarni bekor qilish. Siz xizmatni, sabab bilanmi yoki sababisz, istalgan paytda bekor qilishingiz mumkin. Agar sizda to'lovni qaytarib olish huquqingiz bo'lsa, xizmatni bekor qilib pulni qaytarib olish talabini berish uchun Microsoft hisob qaydnomasini boshqarish veb-saytiga tashrif buyuring. Skype uchun iltimos, shu yerda keltirilgan ma'lumotdan foydalangan holda bekor qilish shaklini to'ldiring. Siz Xizmatlar tavsifiga qaytib murojaat qilishingiz zarur, chunki (i) bekor qilish paytida to‘lovingiz qoplanmasligi mumkin; (ii) bekor qilish to‘lovlarini to‘lashingiz mumkin; (iii) bekor qilish sanasidan oldin Xizmatlar uchun qo‘yilgan to‘lov billinglari uchun to‘lovlarni amalga oshirishingiz kerak bo‘ladi; va (iv) Xizmatlarni bekor qilganingizda hisobingizga kira olmasligingiz va undan foydalana olmasligingiz mumkin; yoki, agar siz Tayvanda istiqomat qilsangiz, (v) xizmat uchun to‘lagan pulning ishlatilmay qolgan qismini bekor qilish paytigacha hisoblanganini qaytarib olishingiz mumkin. Biz yuqoridagi 4-bo‘limda keltirilgandek ma’lumotlaringizga ishlov beramiz. Agar siz uni bekor qilsangiz, joriy Xizmat muddatingiz tugagandan so‘ng yoki siz bekor qilgan muddatda biz hisobingizga davriy asosda to‘lov shartini qo‘ysak, Xizmatlarga kirish yakuniga yetadi.
  • i. Sinov muddati takliflari. Agar siz har qanday sinov muddatli xizmatlardan foydalanayotgan bo'lsangiz, sinov muddati nihoyasiga yetishi bilan sizdan yangi haq undirilishining oldini olish uchun sinov xizmatlaringizni o'chirib tashlashingiz shart, agar sizga boshqacha xabar bersak, bu shartdan mustasnodir. Agar siz sinov muddati tugagandan so’ng sinov Xizmat(lar)ni bekor qilmasangiz, sizdan xizmatlar uchun haq olishimiz mumkin.
  • j. Rag'batlantiruvchi takliflar. Vaqti-vaqti bilan Microsoft bepul sinov versiyasini bepul xizmat qilib taklif qilishi mumkun. Agar taklif shartlarini suiiste’mol qilayotganingizni aniqlasa, Microsoft bunday xizmatlar uchun (odatiy tarifda) haq olish huquqiga ega.
  • k. Narx-navolarning o'zgarishi. Biz xizmatlar narxini istalgan paytda o‘zgartirishimiz mumkin, agar sizda qaytariluvchi xarid bo‘lsa, sizni narx o‘zgarishidan 15 kun oldin elektron pochta yoki boshqa vosita orqali xabardor qilamiz. Agar siz o'zgargan narxga rozi bo'lmasangiz, siz o'zgargan narx kuchga kirgunga qadar xizmatlarni bekor qilishingiz va undan foydalanishni to'xtatishingiz shart. Agar Xizmatingiz taklifi uchun tayinlangan muddat va narx bo’lsa, ana shu narx ana shu belgilangan muddat uchun kuchda qoladi.
  • l. Sizga to'lanadigan to'lovlar. Agar biz sizga to'lov qarz bo'lsak, siz bizga ana shu to'lovni to'lab berishimiz uchun o'z vaqtida va to'g'ri malumot taqdim qilishga rozi ekanligingizni bildirasiz. Mazkur to'lov natijasida vujudga keladigan har qanday soliq va to'lovlarni qoplash sizning majburiyatingiz hisoblanadi. Shuningdek, siz har qanday to'lovga bo'lgan huquqingizga nisbatan qo'yiladigan shartlarimizni bajarishingiz shart. Agar sizga xatolik bilan to'lov amalga oshirilgan bo'lsa, biz uni qaytarib olishimiz yoki sizdan qaytarib berishingizni talab qilishimiz mumkin. Ana shu narsalarni amalga oshirishdagi harakatlarimizda bizga ko'makchi bo'lishingizga o'z roziligingizni bildirasiz. Shuningdek, sizdan oldin to'langan har qanday ortiqcha to'lovlar uchun sizni xabardor qilmasdan ana shu to'lovdan chegirib qolishimiz mumkin.
  • m. Sovg'a kartalari. To’lovlarni qoplash va sovg’a kartalari (Skype sovg'a kartalari) Microsoft sovg'a kartalarining talab va shartlari bilan boshqariladi. Skype sovg'a kartalari haqidagi ma'lumotlarni Skype-ning Yordam sahifasida olish mumkin.
  • n. Bank hisobi orqali to‘lash usuli. Bank hisobidan to‘lov usuli sifatida foydalanish uchun Microsoft hisobingizda ro‘yxatdan o‘tkazing. Muvofiq bank hisoblariga quyidagilar kiradi: bevosita debet bilan ishlay oladigan moliyaviy muassasa (masalan, avtomatik kliring palatasi ("ACH") bilan ishlaydigan, AQSHda joylashgan moliyaviy muassasa, Yagona Yevropa to‘lov tizimi ("SEPA") yoki Niderlandiyadagi "iDEAL" bilan ishlaydigan Yevropa moliyaviy muassasasi). Microsoft hisobingizga to‘lov usuli sifatida bank hisobini qo‘shayotganda siz rozi bo‘lgan shartlar (masalan, SEPA uchun "vakolat") ham amal qiladi. Siz ro‘yxatdan o‘tkazgan bank hisobi sizning nomingizdaligini yoki sizda uni ro‘yxatdan o‘tkazish va to‘lov usuli sifatida foydalanishga ruxsat borligini tasdiqlaysiz va kafolat berasiz. Bank hisobingizni to‘lov usuli sifatida qayd qilish yoki tanlash orqali siz Microsoft-ga (yoki uning agentiga) amalga oshirilgan xarid yoki obuna haqining (obuna xizmatining shartlariga muvofiq tarzda) to‘liq miqdori uchun bank hisobingizdan bir yoki bir nechta debet undirishga (va zarur hollarda, xatolarni tuzatish, mablag‘ni qaytarish yoki boshqa maqsadlarda mablag‘ o‘tkazishga) ruxsat berasiz. Bank hisobingiz ochilgan moliyaviy muassasaga shunday debet va kreditlarni amalga oshirish ruxsatini berasiz. Microsoft hisobingizdan bank hisobi ma’lumotlarini olib tashlamaguningizga qadar bu ruxsatnoma amalda bo‘lishini tushunasiz. Xatolik tufayli to‘lov undirilgan deb hisoblasangiz, darhol yuqoridagi 4(e) bo‘limda ko‘rsatilgan qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling. Mamlakatingizdagi qonunlar ham bank hisobingizdan yolg‘on, xato yoki ruxsatsiz tranzaksiyalar uchun javobgarligingizni cheklashi mumkin. Bank hisobini to‘lov usuli sifatida qayd qilish yoki tanlash orqali siz ushbu Shartlarni o‘qib chiqqaningiz, tushunganingiz va ularga rozi ekaningizni bildirasiz.
To'liq matn
Shartnoma tuzilayotgan tashkilot, qonun va kelishmovchiliklarni hal etishShartnoma tuzilayotgan tashkilot, qonun va kelishmovchiliklarni hal etish10_11_contractingEntityChoiceOfLaw
Xulosa

10. Shartnoma tuzilayotgan tashkilot, qonun va kelishmovchiliklarni hal etish. Siz shartnoma tuzgan Skype brendi ostidagi barcha bepul va pulli iste’molchi hizmatlari uchun va barcha ma’lumotlar uchun mazkur Shartlardagi "Microsoft" nomi Skype Communications S.à.r.l (manzili: 23 – 29 Rives de Clausen, L-2165 Luxembourg) kompaniyasini bildiradi. 29 Rives de Clausen, L-2165 Luxembourg. Bepul yoki pullik iste'molchi Skype brendli Xizmatlarga nisbatan Lyuksemburg qonunlari Shartlarni talqin qiladi va qonun tamoyillari ixtilof qilishidan qat’i nazar uning buzgani bo’yicha shikoyatlarga amal qiladi. Siz yashaydigan viloyat yoki mamlakat qonunlari boshqa barcha da'volar (jumladan, iste'molchilarning huquqini himoya qilish qonunlari, adolatsiz raqobat va g'ayriqonuniy ishlar qonunlari) boshqaradi. Agar siz Skype hisob qaydnomasini yaratish yoki Skype mahsulotidan foydalanish orqali ushbu shartlarni qabul qilsangiz, siz va biz ushbu shartlar yoki iste'molchilarning Skype brendli xizmatlariga nisbatan yuzaga keladigan kelishmovchiliklarni Lyuksemburg sudlari yurisdiksiyasiga shartsiz rozi ekanligimizga roziligingizni bergan hisoblanasiz. Boshqa barcha xizmatlar bo'yicha agar siz Microsoft hisob qaydnomasini yaratish yoki boshqa har qanday xizmatdan foydalanish orqali ushbu shartlarga rozi bo'lsangiz, boshqaruvchi qonun va kelishmovchiliklarni hal etish manzillari quyida keltirilgan:

  • a. Kanada. Agar siz (yoki siz kompaniya bo'lsangiz, va bosh ofisingiz) Kanadada joylashgan bo'lsangiz, siz One Microsoft Way, Redmond, WA 98052, U.S.A. manzilida joylashgan Microsoft Corporation bilan shartnoma tuzgan bo'lasiz. Siz istiqomat qilayotgan viloyatingiz (yoki siz kompaniya bo'lsangiz, va bosh ofisingiz) qonunlari mazkur Shartlarni talqin qilish, uni buzishda shikoyat qilish, va boshqa barcha da'volarni ochishni (jumladan, iste'molchi huquqini himoya qilish, adolatsiz raqobat, va g'ayriqonuniy harakat uchun da'volar) qonun tamoyillariga zid keladimi yo'qmi, boshqaradi. Siz va biz mazkur Shartlar yoki Xizmatlar yuzasidan kelib chiqadigan tortishuvlarni Ontariodagi sudlarga hal qilish yurisdiksiyasini berishga kelishgan hisoblanamiz.
  • b. AQSh va Kanadadan tashqari Shimoliy yoki Kanubiy Amerika. Agar siz (yoki siz kompaniya bo'lsangiz, va bosh ofisingiz) Qo'shma Shtatlardan va Kanadadan tashqari Shimoliy yoki Janubiy Amerikada joylashgan bo'lsangiz siz One Microsoft Way, Redmond, WA 98052, U.S.A. manzilida joylashgan Microsoft Corporation bilan shartnoma tuzgan bo'lasiz. Vashington shtati qonunlari mazkur shartlarni talqin qilish, uni buzishda shikoyat qilish, va boshqa barcha da'volarni ochishni (jumladan, iste'molchi huquqini himoya qilish, adolatsiz raqobat, va g'ayriqonuniy harakat uchun da'volar) qonun normalari tanloviga zid keladimi yo'qmi, boshqaradi. Boshqa barcha da'volar (shu jumladan iste'molchilar huquqlarini himoya qilish shtat qonunlari asosidagi da'volar, insofsiz raqobatchilik haqidagi qonunlar va inson qonunbuzarliklari) xizmatlarimizni taqdim qiluvchi siz yashaydigan mamlakat qonunlari tomonidan tartibga solinadi.
  • c. Yaqin Sharq yoki Afrika. Agar siz (yoki siz kompaniya bo'lsangiz, yuridik manzilingiz) Yaqin Sharq yoki Afrikada joylashgan bo'lsangiz va xizmatlarning bepul qismlaridan foydalansangiz (Bing va MSN kabilar), siz One Microsoft Way, Redmond, WA 98052, U.S.A. manzilida joylashgan Microsoft Corporation bilan shartnoma tuzgan bo'lasiz. Agar siz Xizmatlarning bir qismi uchun to'lasangiz One Microsoft Place, South County Business Park, Leopardstown, Dublin 18, Irlandiya manzilida joylashgan Microsoft Ireland Operations Limited kompaniyasi bilan shartnoma tuzgan bo'lasiz. Bepul va pullik Xizmatlarga nisbatan Irlandiya qonunlari ushbu shartlarni talqin qiladi va qonun tamoyillari ixtilof qilishidan qat’i nazar uning buzgani bo’yicha shikoyatlarga amal qiladi. Boshqa barcha da'volar (shu jumladan iste'molchilar huquqlarini himoya qilish shtat qonunlari asosidagi da'volar, insofsiz raqobatchilik haqidagi qonunlar va inson qonunbuzarliklari) xizmatlarimizni taqdim qiluvchi siz yashaydigan mamlakat qonunlari tomonidan tartibga solinadi. Siz va biz mazkur shartlar yoki Xizmatlar yuzasidan kelib chiqadigan tortishuvlarni Irlandiya sudlarga hal qilish yurisdiksiyasini berishga kelishgan hisoblanamiz.
  • d. Agar quyida mamlakatingiz alohida keltirib o’tilmagan bo’lsa Osiyo va Janubiy tinch okeani mintaqasi. Agar siz Osiyoda yashasangiz (yoki, agar kompaniya bo‘lsa va sizning asosiy faoliyat joyingiz Osiyoda bo‘lsa) (Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi yoki Tayvan) yoki Tinch Okeanining janubiy qismida istiqomat qilsangiz hamda Xizmatlarning bepul qismidan foydalanayotgan bo‘lsangiz (jumladan, Bing va MSN), siz Microsoft korporatsiyasi (manzili: One Microsoft Way, Redmond, WA 98052, U.S.A) bilan shartnoma tuzasiz. Agar siz Xizmatlarning pullilaridan foydalanayotgan bo‘lsangiz yoki Singapur yo Gong Kongda bepul Outlook.com xizmatidan foydalanayotgan bo‘lsangiz, siz AQSh Nevada shtatining qonun hujjatlari asosida tashkil qilingan, Singapur hamda Gonk Kongda filiallariga ega bo‘lgan Microsoft Regional Sales korporatsiyasi (asosiy faoliyat manzili: 438B Alexandra Road, #04-09/12, Block B, Alexandra Technopark, Singapore, 119968) bilan shartnoma qilasiz. Shuningdek, agar siz Avstraliyada yashasangiz (yoki, agar kompaniya bo‘lsa va sizning asosiy faoliyat joyingiz Avstraliyada bo‘lsa), siz Microsoft Pty Ltd. (manzili: 1 Epping Road, North Ryde, NSW 2113, Australia) bilan va agar siz Yangi Zelandiyada yashasangiz (yoki, agar kompaniya bo‘lsa va sizning asosiy faoliyat joyingiz Yangi Zelandiyada bo‘lsa) siz Microsoft New Zealand Limited (manzili:Level 5, 22 Viaduct Harbour Avenue, PO Box 8070 Symonds Street, Auckland, 1150 New Zealand) bilan shartnoma tuzasiz. Bepul yoki pulli Xizmatlar uchun mazkur Shartlar va ularning buzilishi yuzasidan da’volar, qonunlar ixtilofidan qat’i nazar, Vashington shtati qonunlari bilan tartibga solinadi. Boshqa barcha da'volar (shu jumladan iste'molchilar huquqlarini himoya qilish shtat qonunlari asosidagi da'volar, insofsiz raqobatchilik haqidagi qonunlar va inson qonunbuzarliklari) xizmatlarimizni taqdim qiluvchi siz yashaydigan mamlakat qonunlari tomonidan tartibga solinadi. Mazkur Shartlar yoki Xizmatlar (Skype-dan tashqari) bilan bog’liq har qanday tortishuvlar, jumladan ularning mavjudligi, haqiqiyligi yoki bekor bo’lishi, Singapur xalqaro arbitraj markazidagi (SIAC) Singapur arbitrajida hal etiladi va uning qoidalari mazkur jumlaga kiritilgan hisoblanadi. Arbitraj SIAC Prezidenti tomonidan tayinlangan bitta arbitrdan tashkil topadi. Arbitraj ingliz tilida olib boriladi. Arbitrning qarori qat'iy, majburiy va e'tirozga o'rin qoldirmaydigan bo'lib har qanday mamlakat yoki mintaqadagi sudda asos bo'lib xizmat qiladi.
  • e. Yaponiya. Agar siz (yoki siz kompaniya bo'lsangiz, yuridik manzilingiz) Yaponiyada joylashgan bo'lsangiz va xizmatlarning bepul qismlaridan foydalansangiz (Bing va MSN kabilar), siz One Microsoft Way, Redmond, WA 98052, U.S.A. manzilida joylashgan Microsoft Corporation bilan shartnoma tuzgan bo'lasiz. Agar siz Xizmatlarning pullik qismidan foydalansangiz siz Shinagawa Grand Central Tower, 2-16-3 Konan Minato-ku, Tokyo 108-0075 manzilida joylashgan Microsoft Japan Co., Ltd (MSKK) bilan shartnoma tuzga hisoblanasiz. Bepul va pullik Xizmatlarga nisbatan Yaponiya qonunlari ushbu shartlarni va Xizmatlar bilan bog'liq yuzaga kelgan masalalarni boshqaradi. Siz va biz mazkur Shartlar yoki Xizmatlar yuzasidan kelib chiqadigan tortishuvlarni Tokio tuman sudlarga asl hal qilish yurisdiksiyasini berishga kelishgan hisoblanamiz.
  • f. Koreya Respublikasi. Agar siz (yoki siz kompaniya bo'lsangiz, yuridik manzilingiz) Koreya Respublikasida joylashgan bo'lsangiz va xizmatlarning bepul qismlaridan foydalansangiz (Bing va MSN kabilar), siz One Microsoft Way, Redmond, WA 98052, U.S.A. manzilida joylashgan Microsoft Corporation bilan shartnoma tuzgan bo'lasiz. Agar siz Xizmatlarning bir qismi uchun to'lasangiz 11th Floor, Tower A, K-Twin Tower, Jongro 1 gil 50, Jongro-gu, Seoul, Koreya Respublikasi, 110-150 manzilida joylashgan Microsoft Korea, Inc. kompaniyasi bilan shartnoma tuzgan bo'lasiz. Bepul va pullik Xizmatlarga nisbatan Koreya Respublikasi qonunlari ushbu shartlarni va Xizmatlar bilan bog'liq yuzaga kelgan masalalarni boshqaradi. Siz va biz mazkur Shartlar yoki Xizmatlar yuzasidan kelib chiqadigan tortishuvlarni Seul Markaziy tuman sudlarga asl hal qilish yurisdiksiyasini berishga kelishgan hisoblanamiz.
  • g. Tayvan. Agar siz (yoki siz kompaniya bo'lsangiz, yuridik manzilingiz) Tayvanda joylashgan bo'lsangiz va xizmatlarning bepul qismlaridan foydalansangiz (Bing va MSN kabilar), siz One Microsoft Way, Redmond, WA 98052, U.S.A. manzilida joylashgan Microsoft korporatsiyasi bilan shartnoma tuzgan bo'lasiz. Agar Xizmatlarning bir qismi uchun pul to‘lasangiz 18F, No. 68, Sec. 5, Zhongxiao E. Rd., Xinyi District, Taipei 11065, Taiwan manzilida joylashgan Microsoft Taiwan Corp. bilan shartnoma tuzgan hisoblanasiz. Bepul va pullik Xizmatlarga nisbatan Tayvan qonunlari ushbu shartlarni va Xizmatlar bilan bog'liq yuzaga kelgan masalalarni boshqaradi. Microsoft Taiwan Corp. Bo’yicha batafsil ma’lumot olish uchun, iltimos, R.O.C. Iqtisodiy ishlar vazirligi tomonidan taqdim qilingan veb-saytga qarang. Siz va biz mazkur Shartlar yoki Xizmatlar yuzasidan kelib chiqadigan tortishuvlarni Taypey tuman sudlarga birinchi instansiya sudi sifatida asl hal qilish yurisdiksiyasini Tayvan qonunlari maksimal ruxsat berilgan darajada tayinlashga kelishgan hisoblanamiz.

Mahalliy iste'molchilik qonunlaringiz ushbu shartlardan tashqari boshqa joylarda kelishmovchiliklarni hal qilish uchun mahalliy qonunlarni boshqarish yoki huquq berish uchun talab etishi mumkin. Agar shunday bo'lsa, forum ko'rsatmalarining 10-bo'limi mahalliy qonunlaringiz iloji boricha amal qiladi.

To'liq matn
KafolatlarKafolatlar12_Warranties
Xulosa

11. Kafolatlar.

  • a. MICROSOFT, HAMDA BIZNING FILIALLARIMIZ, VOSITACHILARIMIZ, DISTRIBYUTORLARIMIZ VA SAVDOGARLARIMIZ XIZMATLARDAN FOYDALANISHINGIZGA NISBATAN HECH QANDAY KAFOLAT VA SHAROITLAR, OCHIQ BO'LADIMI YOKI NAZARDA TUTILGANMI, BERMAYDI. XIZMATLARDAN FOYDALANISHINGIZ O'ZINGIZNING MAS'ULIYATINGIZ EKANLIGINI VA BIZ TAQDIM QILAYOTGAN XIZMATLAR «BORICHA» BARCHA «XATOLARI» VA «QANDAY MAVJUD BO'LSA SHUNDAYLIGICHA» TAQDIM QILINGANLIGINI TUSHUNASIZ. MICROSOFT BU XIZMATLARNING TO‘G‘RILIGI VA O‘Z VAQTIDALIGIGA KAFOLAT BERMAYDI. MAHALLIY QONUNINGIZ DOIRASIDA MUAYYAN HUQUQLARGA EGA BO'LISHINGIZ MUMKIN. AGAR ULAR QO'LLANILGUDEK BO'LSA MAZKUR SHARTLARDA NAZARDA TUTILGAN HECH QAYSI SHART ULARGA TA'SIR ETOLMAYDI. KOMPYUTER VA TELEKOMMUNIKATSION TIZIMLAR BEXATO EMASLIGINI VA BA'ZIDA ISHLAMAY QOLISHLIK KABI XATOLAR EMASLIGI YUZ BERISHINI TAN OLASIZ. BIZ XIZMATLARNI UZLIKSIZ BO'LISHIGA, O'Z VAQTIDA YETKAZIB BERILISHIGA, XAVFSIZLILIGIGA, XATOSIZ EKANLIGIGA YOKI TARKIBINGIZNING YO'QOTILISHI YUZ BERMASLIGIGA KAFOLAT BERMAYMIZ, XUDDI SHUNINGDEK, KOMPYUTER TARMOQLARIDAN HAR QANDAY UZATISHLARGA KAFOLAT BERMAYMIZ.
  • b. MAHALLIY QONUNCHILIGINGIZ RUXSAT BERGAN DOIRADA KO'ZDA TUTILGAN HAR QANDAY KAFOLATLARNI, JUMLADAN MAHSULOTDORLIGI, QONIQARLI SIFATLILIGI, MUAYYAN MAQSADGA MUVOFIQLILIGI SIFATLILIGI VA QONUNNI BUZMASLILIGINI QABUL QILMAYMIZ.
  • c. Avstraliyada yashaydigan iste'molchilar uchun: Mahsulotlarimiz Avstraliya iste'molchilar qonunlari ostida chiqarib tashlanmaydigan kafolatlar bilan keladi. Siz oldindan har qanday kutilishi mumkin bo’lgan yo’qotish yoki zarar natijasida yuzaga kelgan xato almashtirib olish yoki qoplab olish huquqiga egasiz. Shuningdek, siz tegishli sifatda bo’lmasa mahsulotlarni tuzatish yoki almashtirib olish huquqiga ega bo’lasiz va xato qiymati umumiy xatolarga krimaydi.Agar dasturiy ta’minot holatida, mahsulotni tuzatish amaliyoti qo'llanmasa, u boshqasi bilan almashtiriladi.
  • d. Yangi Zelandiyada istiqomat qiladigan iste'molchilar uchun sizda Yangi Zelandiya iste'molchilar kafolati dalolatnomasiga muvofiq majburiy huquqilaringizga ega bo'lishingiz mumkin va bu shartlardagi hech narsa ana shu huquqlarga ta'sir ko'rsata olmaydi.
To'liq matn
Javobgarliklarni cheklashJavobgarliklarni cheklash13_limitationOfLiability
Xulosa

12. Javobgarliklarni cheklash.

  • a. Agar sizda zararlaringizni qoplash uchun biron bir asos bo‘lsa (jumladan, shartlarni buzganlik tufayli), amaldagi qonun ruxsat etgan doirada Microsoft’dan yoki uning bo‘limlaridan, chakana sotuvchilaridan, tarqatuvchilaridan, uchinchi tomon ilovalari va xizmat provayderlaridan, savdogarlaridan zarar yoki qoidani buzish yuz bergan oy davomida bevosita zararlaringiz uchun alohida qoplanishiga (yoki agar Xizmatlar bepul bo‘lsa 10 AQSH dollarigacha) o‘z roziligingizni bergan hisoblanasiz.
  • b. Amaldagi qonun ruxsat bergan doirada siz quyidagilar uchun zararlarni qoplay olmaysiz: xizmatlardan foydalanish natijasida kelib chiqqan (i) har qanday yo'qotishlar yoki zararlar; (ii) joriy yoki kutilgan daromadlarni yo'qotish (ham bevosita, ham bilvosita); (iii) joriy yoki kutilgan foydalarni yo'qotish (ham bevosita, ham bilvosita); (iv) kontrakt yoki biznes yo'qotishlar yoki boshqa zararlar; (v) maxsus, bilvosita, tasodifiy yoki jarimaga sabab bo'luvchi yo'qotishlar yoki zararlar; va (vi) amaldagi qonun ruxsat etgan doirada yuqoridagi 12(a)-bo'limda keltirilgan bevosita yo'qotishlar va zararlar. Bunday chekolvlar va istisnolar agar bu qoplash maqsadli qoplashni to’liq o’z ichiga olmagan bo’lsa yoki agar ana shu yo’qotishlar yuzaga kelishini bilgan bo’lsak yoki bilishimiz shart bo’lgan bo’lsa qo’llaniladi. Qonun doirasida maksimal darajada ruxsat etilgan holda ushbu cheklovlar va istisnolar har narsaga yoki ushbu shartlar, xizmatlar yoki xizmatlarga tegishli dasturiy ta'minotlarga nisbatan qo'llaniladi.
  • c. Microsoft kompaniyasi Microsoft-ning boshqaruvida bo'lmagan holatlar uchun (ishchilar chiqishi, xudoning omillari, urush, terrorchilik harakatlari, zararli dasturlarning hujumi, tasodiflar, yoki hukumat buyruqlari kabilar) ushbu shartlarni bajara olmasligi yoki bajarishda kechikishi uchun javobgar bo'lmaydi. Microsoft ushbu ta'sirlarni qo'lidan kelgancha kamaytirishni va salbiy ta'sirlarga uchramagn xizmat qismlarini ko'rsatishda davom ettirishga harakat qiladi.
To'liq matn
Xizmat bilan bog'liq shartlarXizmat bilan bog'liq shartlar14_service-SpecificTerms
Xulosa

13. Xizmat bilan bog'liq shartlar. 13-bo'limdan oldin va keyin kelgan shartlar barcha Xizmatlarga umumiy tarzda qo'llaniladi. Ushbu bo'lim umumiy shartlarga qo'shimcha ravishda xizmatlarga xos bo'lgan shartlarni o'zichiga oladi. Umumiy shartlar bilan ziddiyat mavjud bo‘lsa, xizmatga oid ushbu shartlar amal qiladi.

To'liq matn
Xbox Live va Microsoft Studios o'yinlari va IlovalarXbox Live va Microsoft Studios o'yinlari va Ilovalar14a_XboxLive
Xulosa
  • a. Xbox Live va Microsoft Studios o'yinlari va Ilovalar.
    • i. Shaxsiy notijorat maqsadida foydalanish. Microsoft tomonidan taqdim qilingan Xbox Live, Windows Live uchun o'yinlar, Microsoft Studios o'yinlari ilovalari, xizmatlar va kontentlar (birgalikda «Xbox xizmatlari» deb nomlanadi) faqatgina shaxisy va notijorat maqsadida foydalanish uchundir.
    • ii. Xbox xizmatlari. Xbox Live hisobiga kirganingizda va/yoki Xbox xizmatlaridan bahramand bo‘lganingizda, Microsoft kompaniyasi va tashqi o‘yin ishlab chiquvchilar o‘z o‘yinlarini ishlatishi va Xbox xizmatlarini ko‘rsatishi maqsadida siz o‘ynagan o‘yin, faoliyatingiz va o‘yinlar hamda Xbox xizmatlaridan foydalanishingizni kuzatib boradi va ular tegishli tashqi o‘yin ishlab chiquvchilarga ulashiladi. Agar siz Microsoft Xbox xizmatlar hisob qaydnomangizni Microsoft'ga tegishli bo'lmagan xizmatlar bilan (masalan, Microsoft'ga tegishli bo'lmagan o'yin noshirlari, uchinchi tomon ilovalari va xizmatlari) bog'lashni tanlasangiz, quyidagilarga o'z roziligingizni bergan hisoblanasiz: (a) Microsoft hisob qaydnomasi haqidagi ayrim cheklangan ma'lumotlarni (jumladan, biroq shu bilan cheklanmagan holda, o'yinchi yorlig'ini, o'yin ochkolarini, o'yin jurnalini va do'stlar ro'yxatini) Microsoft maxfiylik bayonnomasiga muvofiq ana shu Microsoft'ga tegishli bo'lmagan tomonlar bilan baham ko'rishi mumkin va (b) agar Xbox maxfiylik sozlamalaringizda ruxsat etilgan bo'lsa, Microsoft'ga tegishli bo'lmagan tomonning hisob qaydnomasi bilan tizimga kirgan paytingizda ana shu Microsoft'ga tegishli bo'lmagan tomoni o'yin ichidagi muloqot tarkiblariga kira olishi mumkin. Shuningdek, agar Xbox maxfiylik sozlamalaringizda ruxsat berilgan bo‘lsa, Microsoft muloqotlardagi ismingizni, geymer tegingiz, geymer suratingiz, shioringizni, avataringizni, o‘yin kliplarini va o‘yinlaringizni siz ruxsat bergan odamlarga ulashishi mumkin.
    • iii. Tarkibingiz. Xbox xizmatlar hamjamiyatini tuzishning bir qismi sifatida siz Microsoft’ga va uning filiallariga hamda litsenziatlariga quyidagilar uchun erkin va xalqaro huquqlarini berasiz: Xbox xizmatlarida nashr qilgan tarkibingiz yoki ismingiz, o‘yinchi yorlig‘ingiz, shioringiz yoki avataringizdan foydalanish, o‘zgartirish, ko‘paytirish, tarqatish, translatsiya qilish, ulashish va aks ettirish huquqlari.
    • iv. O'yin boshqaruvchilari. Ba’zi o’yinlar o’yin boshqaruvchilari va xostlardan foydalanishi mumkin. O’yin boshqauvchilari va xostlar Microsoft-ning vakolatli vakillari emas. Ularning qarashlari aniq Microsoft-ning qarashlarini aks ettirmaydi.
    • v. Xbox-da bolalar. Agar siz voyaga yetmagan bo'lib Xbox Live xizmatidan foydalansangiz, ota-onangiz yoki vasiyingiz hisob qaydnomangizning ko'p joylarini boshqara olishi va Xbox Live xizmatidan foydalanishingiz haqidagi hisobotlarni olishlari mumkin.
    • vi. O'yin valyutasi yoki virtual mahsulotlar. Xizmatlar ishlatiladigan virtual, o’yin valyutalarga ega bo’lishi mumkin (oltin, tangalar yoki ochkolar kabilar) bo'lib joriy pul instrumentlari yordamida agar siz yashayotgan mamlakat qonuniga ko’ra balog’atga yetgan bo’lsangiz Microsoft kompaniyasidan sotib olishingiz mumkin. Xizmatlar yana haqiqiy pul vositalaridan yoki o'yin valyutasidan foydalangan holda Microsoft-dan sotib olish mumkin bo'lgan virtual, raqamli buyumlar yoki narsalarni ham o'z ichiga olishi mumkin. O'yin valyutasi va virtual tovarlar Microsoft yoki boshqa tomon tomonidan hech qachon haqiqiy pul vositalari yoki pul qiymatiga ega bo'lgan boshqa narsalarga aylantirib berilmaydi. Xizmatlardagi o'yin valyutasi va virtual tovarlardan foydalanish bo'yicha cheklangan, shaxsiy, chaqirib olish mumkin bo'lgan, o'tkazib, sublitsenziya qilib bo'lmaydigan litsenziyadan boshqa sizda Xizmatlarda ko'rinadigan yoki ularda yaratiladigan o'yin valyutasi yoki virtual tovarlar yoki Xizmatlardan foydalanish bilan bog'liq bo'lgan yoki Sizmatlarda saqlanadigan boshqa har qanday atributlarga nisbatan hech qanday huquqlar mavjud emas. Microsoft istalgan vaqtda faqat o'z ixtiyori bilan o'yin valyutasi va/yoki virtual tovarlarni tartibga solishi, boshqarishi, o'zgartirishi va/yoki yo'q qilishi mumkin.
    • vii. Dasturiy ta’minot yangilanishlari. Xbox xizmatlariga ulangan har qanday qurilma uchun Xbox konsolingiz dasturiy ta’minoti yoki Xbox ilovasining versiyasini va Xbox konsolini yoki Xbox ilovasi yangilanishlarini yoki konfiguratsiya o‘zgarishlarini, jumladan, Xbox xizmatlariga kirishga yo‘l qo‘ymayotganlarini, ruxsatsiz Xbox o‘yinlarini yoki Xbox ilovalarini yoki ruxsatsiz Xbox konsolli qurilmalarni avtomatik tarzda tekshiradi.
    • viii. O'yinchi yorlig'i muddatining tugashi. Siz Xbox xizmatlaringiz tizimiga hech bo'lmaganda besh yilda bir marta kirib turishingiz kerak, aks holda hisob qaydnomangiz bilan bog'langan o'yinchi yorlig'ingizga kirishni yo'qotishingiz va boshqalar tarafidan o'yinchi yorlig'idan foydalanib bo'lmaydigan bo'lib qolishi mumkin.
    • ix. Arena. Arena bu - Xbox xizmati bo‘lib, u orqali Microsoft yoki uchinchi tomon sizga video o‘yini musobaqasida qatnashish yoki tashkil etish imkonini beradi, bunga mukofot ham belgilanishi mumkin ("Musobaqa"). Arena xizmatidan foydalanishingiz ushbu Shartlar bilan tartibga solinadi, ro‘yxatdan o‘tish paytida tashkilotchining talabiga ko‘ra qo‘shimcha musobaqa shartlari, talablari va qoidalarini qabul qilish so‘ralishi mumkin ("Musobaqa shartlari"). Loyiqlik talablari qo‘llanishi va ular mamlakatga qarab turlicha bo‘lishi mumkin. Qonunan taqiqlangan yoki cheklangan hududlarda musobaqalar kuchga ega emas. Bu shartlarni (jumladan, axloq qoidalarini) yoki musobaqa shartlarni buzsangiz, jarima solinishi yoki musobaqadan chetlashtirilishingiz mumkin. Agar siz musobaqa tashkillashtirsangiz, Microsoft (o‘z ixtiyoriga ko‘ra) ushbu shartlarga nomuvofiq deb hisoblaydigan qoidalarni o‘rnata olmaysiz. Microsoft istalgan paytda har qanday musobaqani bekor qilish huquqini saqlab qoladi.
    • x. G‘irromlik va buzish dasturiy ta’minoti. Xbox xizmatlariga ulangan har qanday qurilmada avtomatik ravishda, axloq qoidalari yoki mazkur shartlarga zid tarzda g‘irromlik qilish yoki ruxsatsiz buzish imkonini beradigan apparat yoki dasturiy ta’minot tekshiriladi. Xbox ilovasi yangilanishlarini yoki konfiguratsiya o‘zgarishlarini, jumladan, Xbox xizmatlariga kirishga yo‘l qo‘ymayotganlarini yoki g‘irromlik qilish yoki ruxsatsiz buzish imkonini beradigan apparat yoki dasturiy ta’minot tekshiriladi.
    • xi. Miksher.
      • 1. Mixer hisoblari va Microsoft hisoblari. Agar Mixer xizmatidan Mixer hisobi bilan foydalansangiz, bu foydalanish Mixer xizmat shartlari bilan tartibga solinadi, u quyidagi manzilda joylashgan: https://mixer.com/about/tos. Agar Mixer xizmatidan Microsoft hisobi bilan foydalansangiz, bu foydalanish mazkur shartlar bilan ham tartibga solinadi. Ziddiyat mavjud bo‘lgan hollarda mazkur shartlar amal qiladi.
      • 2. Mixer’dagi kontentingiz. "Mixer’dagi kontentingiz" deganda Mixer xizmatida siz yoki sizning nomingizdan birov yaratgan barcha kontent tushuniladi, bunga jumladan jonli va yozib olingan translatsiyalar (va ulardagi audiovizual va har qanday kontent); brend nomlari, savdo belgilari, xizmat belgilari, tijoriy nomlar, logotiplar yoki kelib chiqish belgisi; siz Mixer kanallarida bildirgan fikrlar, kulgichlar va faoliyatingiz (jumladan, botlar yaratgan kontent); va barcha shunga aloqador metama’lumotlar. Mikser-dagi kontentingizni har qanday shaklda, formatda, mediada yoki hozirda mavjud yoki keyinchalik tashkil qilinadigan kanallarda istalgan odam, jumladan Microsoft va uning foydalanuvchilari ko‘rishi, ishlatishi, o‘zida saqlashi, takrorlashi, o‘zgartirishi, tarqatishi, nashr qilishi, ochiq tarzda ijro etishi va namoyish etishi, tarjima qilishi, moslashi yoki boshqa usulda foydalanishi mumkin.
      • 3. Mikser doirasidagi axloq qoidalari. Microsoft axloq qoidalari Mikser’ga qanday tatbiq qilinishi haqida bu yerda o‘qing.
      • 4. Mixer xizmatidan foydalanish.
        • a. Minimal yosh. Mixer xizmatidan foydalanish orqali siz 13 yoshga to‘lganingiz yoki yashash joyingizda balog‘atga yetganingiz, ota-onangiz yoki qonuniy vasiyingiz nazorati ostida ekanligingizni bildirasiz.
        • b. Anonim va ochiq foydalanish. Faqat kontentni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, Mixer xizmatidan anonim tarzda foydalanishingiz mumkin. Aks holda siz hisob yaratib, unga kirishingiz kerak. Boshqa foydalanuvchilarga Mixer xizmatidagi ismingiz bilan ko‘rinasiz.
        • c. Ochiq foydalanish uchun hisoblar. Mixer xizmatidan ochiq foydalanish uchun Microsoft hisobi va/yoki Mixer hisobini yaratishingiz mumkin. Onlayn ro‘yxatdan o‘tish orqali Mixer hisobini yaratishingiz mumkin. Mixer hisobingizni faol holatda tutish uchun undan foydalanib turishingiz kerak. Mixer xizmatidagi laqabingizni Microsoft hisobingiz bilan bog‘langan holda tutish uchun Mixer xizmatiga besh yilda kamida bir marta kiring.
      • 5. Xizmat xabarnomalari. Mixer xizmati haqida xabarimiz bo‘lsa, sizga Mixer va/yoki Microsoft hisobingizga biriktirilgan elektron pochtaga xabarnoma yuboramiz.
      • 6. Ko‘mak xizmati. Mixer xizmati bo‘yicha mijozlarni qo‘llab-quvvatlashni mixer.com/contact saytida ko‘rish mumkin.
To'liq matn
Do'konDo'kon14b_Store
Xulosa
  • b. Do'kon. «Do'kon» – bu ilovalarni («ilova» atamasi o'yinlarni ichiga oladi) va boshqa raqamli kontentlarni qidirish, yuklab olish, xarid qilish, baholash va ko'rib chiqish imkonini beruvchi xizmat hisoblanadi. Ushbu shartlar Office do'koni, Windows do'koni va Xbox do'konini qamrab oladi. «Office do‘koni» Office, Office 365, SharePoint, Exchange, Access va Project (2013 va undan keyingi versiyalar) yoki Office do‘konida brendlangan boshqa xizmat uchun Office mahsulotlari va ilovalari do‘konini anglatadi. «Windows do'koni» telefon, ShK, planshent qurilmalari yoki Windows do'koni brendi ostidagi boshqa narsalar kabi Windows uchun do'konni anglatadi. "Xbox do‘koni" Xbox One va Xbox 360 konsollari, yoki Xbox do‘koni brendi ostidagi har qanday narsalar uchun do‘konni anglatadi.
    • i. Litsenziya shartlari. Tegishli Do'konda mavjud bo’ladigan har bir ilova noshirini aniqlashtirib beramiz. Ushbu shartlarning oxirida kelgan ilovaning standart litsenziya shartlari («SALT») siz bilan ilova noshiri o‘rtasida tuzilgan shartlari bo‘lib ular, agar ilova bilan alohida litsenziya shartlari taqdim qilinmagan bo‘lsa, Windows do‘koni yoki Xbox do‘koni orqali yuklab olingan ilovalardan foydalanishingizga nisbatan amal qiladi. Aniqlik uchun, mazkur Shartlar Microsoft xizmatlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlardan foydalanishni qamrab oladi. Ushbu shartlarning 5-bo‘limi Do‘kondan olingan har qanday uchinchi tarafning ilovalari va xizmatlariga nisbatan ham qo‘llaniladi. Office do'koni tarafidan yuklab olingan ilovalar SALT bilan boshqarilmaydi va alohida litsenziya shartlariga ega bo'ladi.
    • ii. Yangilanishlar. Microsoft avtomatik tarzda siz tegishli Do'kon tizimiga kirmagan bo'lsangiz ham ilovalarning yangilanishlarini tekshiradi va yuklab oladi. Agar Do'kondan olingan lovalarning yangilanishlarni olishni xohlamasangiz Do'kon yoki tizim sozlamalarini o'zgartirishingiz mumkin. Biroq butunlay yoki qisman onlayn rejimida ishlaydigan Office do‘koni ilovalari ilova ishlab chiquvchisi tarafidan istalgan vaqtda sizdan beruxsat yangilanishi mumkin.
    • iii. Baho va sharhlar. Agar siz Do‘kondagi ilovani yoki boshqa raqamli tovarni baholasangiz yoki ko‘rib chiqqaningizda siz ilova yoki raqamli tovar noshiridan kontentga ega elektron pochta xabarini Microsoft kompaniyasidan olishingiz mumkin. Bunday e-pochta manzillari Microsoft kompaniyasiga oiddir; biz sizning elektron pochta manzilingizni Do‘kon orqali xarid qiligan ilovalaringiz yoki boshqa raqamli tovarlar noshirlari bilan baham ko‘rmaymiz.
    • iv. Xavfsizlik ogohlantirilishi. Ko'zingizga shikast yetishi, xiralashishi yoki toliqishning oldini olish uchun o'yin o'ynash yoki ilovalardan foydalanish paytida vaqti-vaqti bilan tanaffus qilib turishingizni tavsiya qilamiz, ayniqsa foydalanish natijasida kelib chiqqan har qanday og'riq yoki toliqish paytida. Agar noqulayliklar his qilsangiz, tanaffus qiling. Noqulayliklarga ko'ngil aynish, chayqalib behuzur bo'lish, bosh aylanish, harakat tezligining yo'qolishi, bosh og'rig'i, charchoq, ko'z toliqishi yoki qurishi kabi holatlar kiradi. Ilovalardan foydalanish sizni chalg'itishi va tevarakni idrok qila olmaslikka sabab bo'lishi mumkin. Ko'cha harakatidagi ogohlantirishlar, zinalarda, shifti past xonalarda, nozik yoki qimmatbaho narsalar bilan ishlashda ilovalardan foydalanmang. Juda kam foizdagi odamlarda ilovada paydo bo'ladigan chaqnoq yoki shakllarga nisbata ko'z xiralashishi kuzatilishi mumkin. Hatto avval ko'z xiralashish tarixiga ega bo'lmagan odamlar ham bunday xiralashishni boshdan kechirishlari mumkin. Alomatlariga, bosh aylanish, ko'rish qobiliyatining o'zgarishi, jimirlashi, tortilishi yoki uchlarning uvishi, dizoriyentatsiya, gangish, xushdan ketish yoki konvulsiyalar kirishi mumkin. Agar ushbu alomatlardan bir sizda kuzatilsa, ilovadan foydalanishni darhol to'xtating va ilovani qaytadan foydalanishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing. Ota-onalar bolalarining ilovalardan foydalanishlarida belgi va alomatlariga e'tibor berib turishlari kerak.
To'liq matn
Microsoft oilaviy xususiyatlari.Microsoft oilaviy xususiyatlari.14c_MicrosoftFamily
Xulosa
  • c. Microsoft oila xususiyatlari. Ota-onalar va bolalar oilasiga qanday xatti-harakat, veb-saytlar, ilovalar, o'yinlar, joylashuvlar va xarajatlar mos kelishligini baham ko'rib o'zaro ishonch hosil qilish maqsadida Microsoft oila xususiyatlaridan foydalanishi mumkin. Ota-onalar https://account.microsoft.com/family saytiga o'tib (yoki o'zlarining Windows qurilmalarida yoki Xbox konsolida ko'rsatmalarni bajarib) va farzandlarini yoki boshqa ota-onalarni qo'shilishga taklif qilib, oila bo'limini yaratib olishlari mumkin. Oila a’zolari uchun juda ko‘p xususiyatlar bor, shuning uchun oila yaratishga yoki oilaga qo'‘hilishga rozilik berishdan yoki raqamli tovarlar xarid qilishdan oldin keltirilgan ma’lumotlarni yaxshilab o‘qib chiqing. Oilani bo‘limini yaratish yoki unga qo‘shilish orqali siz undan ko‘zlangan maqsadiga ko‘ra foydalanishga rozilik berasiz va boshqa kishining shaxsiy ma’lumotlarini noqonuniy tarzda olmaslikka rozilik bildirasiz.
To'liq matn
Guruh xabarlariGuruh xabarlari14d_GroupMessaging
Xulosa
  • d. Guruh xabarlari. Microsoft kompaniyasining turli xizmatlari boshqalarga ovozli yoki SMS ("xabarlar") xabarlarni yuborish imkonini beradi va/yoki Microsoft va Microsoft'ning filiallariga sizning nomingizdan boshqalarga shunday xabarlarni bir yoki bir nechta foydalanuvchilarga yuborish imkonini beradi. O'ZINGIZ YOKI BOSHQA FOYDALANUVCHILARGA MICROSOFT VA MICROSOFT TARAFIDAN BOSHQARILADIGAN FILIALLARGA SHUNDAY XABARLARNI YUBORISH KO'RSATMASINI BERGANINGIZDA, BUNDAY XABARLARNI VA MA'MURIY MATNLI XABARLARNI MICROSOFT VA MICROSOFT TARAFIDAN BOSHQARILADIGAN FILIALLARGA SIZ KO'RSATMA BERGANINGIZGA ROZILIGINGIZNI VA KAFOLATINGIZNI BERGAN HISOBLANASIZ. "Ma'muriyat xabarlari" Microsoft xizmatidan davriy ravishda keladigan xabarlar, jumladan, lekin bu bilan cheklanmagan holda "qutlov xabarlari" yoki xabarlarni qabul qilishni qanday to'xtatish bo'yicha ko'rsatmalardir. Agar siz va guruh a'zolari Microsoft yoki Microsoft tarafidan boshqariladigan filiallari tarafidan yuboriladigan bunday xabarlarni boshqa olishni xohlamasangiz, istagan paytda berilgan ko'rsatma orqali ularni o'chirib qo'yishingiz mumkin. Agar siz bunday xabarlarni olishni yoki guruhda ishtirok etishni xohlamasangiz, dastur yoki xizmatda keltirilgan ko'rsatmalarni bajarib, ularni bekor qilishga o'z roziligingizni berasiz. Agar guruh a'zosi bunday xabarlarni olishni istamasligi yoki guruhda ishtirok etishni xohlamasligiga ishonchingiz bo'lsa, uni guruhdan chiqarib tashlashga rozilgingizni berasiz. Siz va xabarlarni qabul qilish uchun ko'rsatilgan har bir shaxs o'z mobil operatorlari tarafidan bunday xabarlar uchun olinadigan har qanday haqlar, jumladan, AQSh raqamlari orqali yuborilgan xalqaro xabarlar uchun olinadigan to'lovlarga roziligingizni bergan hisoblanasiz va shunga kafolat berasiz.
To'liq matn
Skype va GroupMeSkype va GroupMe14e_Skype
Xulosa
  • e. Skype va GroupMe.
    • i. Favqulodda xizmatlarga kirish yo'q. An'anaviy telefon xizmatlari bilan Skype orasida muhim farqlar mavjud. Skype mahalliy yoki milliy qoidalar, normalar va qonunlarga muvofiq favqulodda xizmatlarga kirish talab etilmaydi. Skype-ning dasturiy ta'minoti va mahsulotlari har qanday turdagi shifoxonalar, qonun mutasaddi tashkilotlar, tibbiy yordam bo'linmalari yoki boshqa favqulodda xizmatlar yoki jamoat xavfsizligi xodimlari bilan bog'lab beradigan favqulodda qo'ng'iroqlarni qo'llab-quvvatlamaydi («Favqulodda xizmatlar»). Siz quyidagilarni tan olasiz va rozi bo‘lasiz: (i) Favqulodda xizmatlarga kirishni taqdim qiluvchi an’anaviy simsiz (mobil) yoki simli shahar telefonlarni xarid qilishga o‘zingiz mas’ulsiz va (ii) Skype birlamchi telefon xizmatingizning o‘rnini bosmaydi.
    • ii. API yoki translyatsiya. Agar siz Skype mahsulotini har qanday translyatsiya bilan foydalanishni xohlasangiz, siz https://www.skype.com/go/legal.broadcast veb-saytida joylashgan «Translyatsiyadan foydalanish shartlari«ga amal qilishingiz kerak bo'ladi. Agar siz har qandayamaliy dasturiy interfeysi-dan («API») Skype-ning foydalanishini xohlasangiz, siz www.skype.com/go/legal saytidagi litsenziya shartlariga amal qilishingiz shart.
    • iii. Adolatli foydalanish siyosatlari. Adolatli foydalanish siyosatlari sizning Skype-dan foydalanishingizga nisbatan qo'llaniladi. Iltimos, tovlamachilik va suiiste'molchilidan himoya qilish uchun ishlab chiqilgan ushbu siyosatlari o'qib chiqing, va ularda siz amalga oshira oladigan qo'ng'iroq yoki xabarlarning turi, davomiyligi va hajmiga chegaralar o'rnatilishi mumkin. Ushbu siyosatlar mazkur shartlarda joylashtirilgan. Ushbu siyosatlarni siz mazkur saytdan topa olasiz https://www.skype.com/go/terms.fairusage/.
    • iv. Xarita xizmati. Skype sizga xarita xizmatlaridan foydalangan holda joyingizni aniqlab olish uchun ma'lumot yuborish xususiyatiga ega. Ushbu xususiyatlardan foydalanishingiz orqali siz https://www.google.com/intl/en_ALL/help/terms_maps.html saytidagi Shartlar va Google Maps shartlariga yoki mamlakatingizdagi amal qiladigan Google Maps shartlariga roziligingizni bergan bo'lasiz.
    • v. Hukumat foydalanuvchilari. Agar siz tashkilot hisob qaydnomasi yoki Skype boshqaruvchisidan AQSh hukumati nomdan foydalanishni xohlasangiz, mazkur shartlar sizga nisbata qo‘llanilmaydi. Amal qiluvchi shartlar yoki batafsil ma’lumot uchun usgovusers@skype.net elektron manzillariga murojaat qiling.
    • vi. Shaxsiy/Notijorat maqsadida foydalanish. Skype-dan foydalanish shaxsiy va notijorat maqsadi uchundir. Siz Skype-dan ishda shaxsiy biznes muloqotlaringiz uchun foydalanishingiz mumkindir.
    • vii. Skype raqami/Skype To Go. Agar sizga Skype mahsuloti Skype raqami yoki Skype To Go number taqdim qilsa, siz ushbu raqamni saqlab qolmaslik yoki abadiy olib qolmaslikka roziligingizni bergan hisoblanasiz. Ayrim mamlakatlarda raqam Skype tarafidan emas, balki Skype hamkori tarafidan taqdim qilinishi mumkin, va siz ana shu hamkor bilan alohida shartnoma tuzishingiz kerak bo'ladi.
    • viii. Skype Manager. "Skype Manager administrator hisobi" siz tarafingizdan yaratiladi va Skype Manager guruhining yakka tartibdagi administratori sifatida boshqarasiz, yuridik shaxs sifatida emas. Alohida Microsoft hisobini Skype Manager guruhi bilan bog‘lashingiz mumkin ("Bog‘langan hisob"). Skype Manager guruhingizga qo'shimcha ma'murlarni tayinlashingiz mumkin, ular o'z navbatida ushbu Shartlarni qabul qilgan hisoblanadi. Agar siz bog'langan hisob qaydnomaga Skype raqamini tayinlasangiz, bog'langan hisob qaydnomasi foydalanuvchilarning rezidentligiga yoki joylashuviga bog'liq talablarga muvofiq harakat qilishlariga javobgar hisoblanasiz. Agar siz bog‘langan hisobni Skype Manager guruhidan ajratishni xohlasangiz, har qanday obunalar, Skype krediti yoki Skype raqamlarini tiklab bo‘lmaydi va ajratilgan hisob bilan bog‘langan tarkibingiz va materiallaringizga kira olmaysiz. Siz bog'langan hisob qaydnomangizdagi foydalanuvchilaringizning har qanday shaxsiy ma'lumotlarini himoya qilish qonunlarga muvofiq foydalanish ruxsatini bergan hisoblanasiz.
    • ix. Skype to'lovlari. Skype pullik mahsulotlarining barcha narxlari, agar boshqacha shart nazarda tutilmagan bo'lsa, tegishli soliqlarni o'z ichiga olgan hisoblanadi. Obunadan tashqari qilinadigan qo'ng'iroqlar uchun to'lovar ulanish tarifidan iboratdir (har bir qo'ng'iroq uchun to'lanadi) va har daqiqali tarif www.skype.com/go/allrates saytida keltirigan. Qo'ng'iroq to'lovlari sizning Skype krediti balansingizdan olinadi. Skype istagan vaqtda ushbu saytda nashr qilish orqali www.skype.com/go/allrates qo‘ng‘iroq tariflarini o‘zgartirishi mumkin. Yangi tarif nashr qilingandan so'ng keyingi qo'ng'irg'ingizda qo'llaniladi. Iltimos, qo'ng'iroq qilishingizdan avval eng so'nggi tariflarni tekshiring. Bir daqiqaga yetmagan qo'ng'iroq daqiqalari va haqlari yaxlit daqiqaga to'ldiriladi. Ayrim mamlakatlarda, Skype pullik mahsulotlari Skype-ning mahalliy hamkorlari tarafidan taqdim qilinadi bunday tranzaksiyalarga ana shu hamkorlarning Foydalanish shartlari qo'llaniladi.
    • x. Skype krediti. Skype barcha pullik Skype mahsulotlarini xarid qilishingiz uchun Skype kreditidan foydalana olishgingizga kafolat bermaydi. Agar siz Skype kreditingizdan 180 kun davomida foydalanmasangiz, Skype sizning Skype kreditingizni faolsiz holatga o‘tkazadi. Siz Skype kreditingizni https://www.skype.com/go/store.reactivate.credit saytidagi qayta faollashtirish havolasiga o'tib qayta faollashtirishingiz mumkin. Agar siz Yaponiyada joylashgan bo‘lsangiz va Skype veb-saytidan Skype krediti sotib olsangiz, yuqoridagi ikkita shart sizga nisbatan amal qilmaydi va Skype krediti xarid qilinganidan 180 kun o‘tganidan so‘ng muddati tugaydi. Kredit muddati tugagach, uni qayta faollashtirib yoki foydalanib bo‘lmaydi. Siz Skype kreditini sotib olishingizda tegishli qutini belgilash orqali avtomatik to'ldirish xususiyatini ishga tushirib qo'yishingiz mumkin. Agar siz Skype krediti balansingizni ayni qiymat bilan avtomatik tarzda balansingiz avtomatik tarzda to‘ldirishni ishga tushirib qo‘ygan bo‘lsangiz va har safar Skype hisobingiz balansi o‘rnatilgan chegaraga kamaysa u Skype balansingizni avtomatik to‘ldiradi. Agar siz obunani kredit kartasi, PayPal yoki Moneybookers (Skrill) to'lov tizimlaridan to'lashdan tashqari to'lovli usulni xarid qilgan bo'lsangiz, va siz hisobni avtomatik to'ldirishni ishga tushirib qo'ygan bo'lsangiz, Skype krediti balansingiz keyingi muddat uchun avtomatik tarzda to'ldiriladi. Siz hisobni avtomatik to‘ldirish xususiyatini istagan vaqtda Skype hisobingiz portalida sozlamalarga o‘tib o‘chirib qo‘yishingiz mumkin.
    • xi. Chet elga xabar yuborish uchun to'lovlar. GroupMe hozirda har bir yaratilgan guruh uchun AQSh-dagi raqamlari bilan ishlamoqda. GroupMe raqamiga yuborilgan yoki qabul qilingan har bir matnli xabar xuddi Qo'shma shtatlarga yoki u yerdan yuborilgan xalqaro matnli xabar deb hisoblanadi. Bog'langan xalqaro tariflar bo'yicha provayderingizdan so'rang.
    • xii. Pul yuborish va olish. Pul yuborish va olish funksiyasidan foydalanish orqali (mavjud bo‘lsa), Skype uchinchi tomon yordamida to‘lov xizmatlarini ko‘rsatishi va o‘tkazishlarni amalga oshirishiga rozilik bildirasiz. Skype to‘lov xizmatlarini ko‘rsatmaydi va o‘tkazishlarni amalga oshirmaydi, u pulga oid xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya emas. Skype orqali pul yuborish va olish uchun foydalanuvchi 18 yoshga to‘lgan (yoki uchinchi tomon shartlariga ko‘ra boshqacha) bo‘lishi va uchinchi tomon hisobini yaratgan va tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Pul yuborish xususiyatidan foydalanish uchun uchinchi tomon shart va talablariga rozilik bildirishingiz va xizmatni ko‘rsatish maqsadida uchinchi tomonlarga ma’lumotlarni ulashish huquqini berishingiz kerak bo‘lishi mumkin. Agar pul yuborish yoki olish xususiyatidan foydalanishingiz uchinchi tomonning shartlarini buzishi haqida Skype ogohlantirish olsa, Skype hisobingizga nisbatan chora ko‘rishi, jumladan, hisobingizni bekor qilishi yoki o‘chirib qo‘yishi mumkin. Skype yoki Microsoft uchinchi tomon ko‘rsatgan to‘lov xizmatlari yoki ularning shartlari doirasidagi har qanday amallar uchun javobgar bo‘lmaydi. Pul yuborish va olish xususiyatidan doim foydalanish mumkinligi yuzasidan Skype hech qanday kafolat bermaydi.
To'liq matn
Bing va MSNBing va MSN14f_BingandMSN
Xulosa
  • f. Bing va MSN.
    • i. Bing va MSN materiallari. Bing va MSN xizmatlarida mavjud bo‘lgan matnlar, fotosuratlar, xaritalar, videolar, video pleyerlar va uchinchi taraf materiallari, jumladan, Microsoft botlari, ilovalari va dasturlari orqali, faqat sizning shaxsiy notijorat maqsadida foydalanishingiz uchundir. Boshqa maqsaddagi foydalanishlar, jumladan yuklab olish, nusxa olish yoki qayta tarqatish yoki bu material va mahsulotlardan o‘z mahsulotlaringizni yaratishda foydalanish, faqatgina Microsoft kompaniyasining yoki tegishli egalarining maxsus ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkindir. Dasturiy ta'minotga litsenziya beriladi, sotilmaydi, va Microsoft va boshqa tegishli huquq egalari o'zi tomonidan litsenziya shartlari ostida unga ega bo'ladimi, mahrum bo'lganmi yoki boshqachasiga ochiq taqdim qilinmagan materialga nisbatan barcha huquqlarini saqlab qoladi.
    • ii. Bing Xaritalari. Siz bizning alohida yozma ruxsatimissiz Qo'shma Shtatlar, Kanada, Meksika, Yangi Zelandiya, Avstraliya yoki Yaponiyaning suratlarini qush uchadigan balandlikda olingan rasmlarni hukumat foydalanilishi uchun qo'llay olmaysiz.
    • iii. Bing Places va Bing Manufacturer Center. Ma’lumotlaringizni yoki kontentingizni Bing Places yoki Bing Manufacturer Center xizmatiga taqdim qilganingizda siz Microsoft kompaniyasiga xizmatning bir qismi sifatida undan foydalanish, ularni ko‘paytirish, saqlash, o'zgartirish, birlashtirish, reklama qilish, uzatish, aks ettirish yoki tarqatish bo‘yicha bepul intellektual huquq uchun hamda ushbu huquqni uchinchi tomonlarga quyi darajali litsenziya sifatida taqdim qilish uchun ruxsat bergan hisoblanasiz.
To'liq matn
CortanaCortana14g_Cortana
Xulosa
  • g. Cortana.
    • i. Shaxsiy notijorat maqsadida foydalanish. Cortana bu Microsoft kompaniyasining shaxsiy yordamchi xizmatidir. Cortana tomonidan taqdim qilingan xususiyatlar, xizmatlar, kontent va uchinchi tomon ilovalari va xizmatlaridan (birgalikda “Cortana xizmatlari”) faqat shaxsiy va notijorat maqsadlarda foydalanish mumkin.
    • ii. Funksionallik va kontent. Cortana bir qator xususiyatlarni taqdim etadi, ularning ayrimlari shaxsga moslashtiriladi. Cortana xizmatlari sizga boshqa Microsoft xizmatlari taqdim qilgan xizmatlar, ma’lumotlar yoki funksiyalardan yoki Uchinchi tomonlarning ilovalari yoki xizmarlaridan foydalanish imkonini berishi mumkin. 13-bo‘limdagi xizmatga oid Shartlar Cortana xizmatlari orqali kirilgan tegishli Microsoft xizmatlaridan foydalanishingiz uchun ham amal qiladi. Cortana ushbu ma’lumotlarni faqatgina sizning maqsadlaringizni rejalashtirish uchun taqdim qiladi va siz ushbu ma’lumotlarni ko’rib chiqayotganingizda va unga tayanayotganingizda o’zingiz mustaqil qaror qabul qilishingiz kerak. Microsoft Cortana tomonidan taqdim qilingan xulosa va moslashtirilgan tajribalarning to‘g‘riligi, mukammalligi, ishonchliligi, mavjudligi yoki mavridliligi kafolat bermaydi. Microsoft Cortana xizmatining muloqotni boshqarish funksiyasi sizni muloqot yoxud bildirishnoma olishingizni, uni ko‘zdan kechirishingiz yoki jo‘natishingiz kechikkani yoki ularning oldi olingani uchun javobgar emas.
    • iii. Uchinchi tomon ilovalari va xizmatlari. Cortana xizmatlarini ko‘rsatishning bir qismi sifatida, Cortana so‘rovingizni bajarish uchun uchinchi tomon ilovalari va xizmatlari bilan ma’lumot almashishi mumkin. Bu ma’lumotga pochta indeksingiz va uchinchi tomon ilovasi va xizmatlariga yuborilgan so‘rovlar va olingan javoblar ham kiradi. Hisobni bog‘lash orqali Cortana uchinchi tomon ilovalari va xizmatlar orqali xarid qilish imkonini beradi. Bunda foydalanuvchi mazkur uchinchi tomon ilovalari va xizmatlari bilan bevosita o‘rnatgan parametr va sozlamalari qo‘llanadi. Foydalanuvchi istalgan vaqtda bog‘langan hisobni uzishi mumkin. Uchinchi tomon ilova va xizmatlardan foydalanishingiz mazkur shartlarning 5-bo‘limi orqali tartibga solinadi. Uchinchi tomon ilovalari va xizmatlari noshirlari o‘zlarining uchinchi tomon ilova va xizmatlarining funksionalligi yoki funksiyalarini yoki Cortana Xizmatlari bilan uyg‘unlashuvini o‘zgartishi yoki to‘xtatishi mumkin. Ishlab chiqaruvchi ta’minlagan dasturiy ta’minot yoki mikrodasturlar uchun Microsoft mas’ul yoki javobgar emas.
    • iv. Cortana ishlaydigan qurilmalar. Cortana xizmatlariga kira oladigan Cortana xizmati ishlashi mumkin bo‘lgan qurilmalar va mahsulotlar yoki Cortana xizmatlari bilan ishlay oladigan mahsulotlar va qurilmalar. Cortana ishlaydigan qurilmalarga Microsoft egalik qilmaydigan, ishlab chiqarmagan yoki yaratmagan uchinchi tomon qurilmalari yoki mahsulotlari kiradi. Ushbu uchinchi tomon qurilmalari yoki mahsulotlari uchun Microsoft mas’ul yoki javobgar emas.
    • v. Dasturiy ta’minot yangilanishlari. Cortana xizmatlariga ulana oladigan har qanday qurilmada biz Cortana xizmatlari dasturining versiyasini avtomatik tarzda tekshirib, yangilanishlar yoki sozlama o‘zgarishlarini yuklab olishimiz yoki Cortana ishlaydigan qurilma ishlab chiqaruvchilaridan uni yangilab turishni talab qilishimiz mumkin.
To'liq matn
Outlook.comOutlook.com14h_Outlook_com
Xulosa
  • h. Outlook.com. Siz Microsoft hisob qaydnomasini yaratishda foydalanadiga Outlook.com (yoki @msn, @hotmail yoki @live) elektron pochta manzili toki Outlook.com kiruvchi xabarlar qutisi yoki Microsoft hisob qaydnomasi faol bo'lgunga qadar faqat siz uchun xos bo'ladi. Outlook.com kiruvchi xabarlar qutisi yoki Microsoft hisob qaydnomasi siz tarafdan yoki Microsoft tarafdan ushbu Shartlarga muvofiq yopiladigan bo'lsa, elektron pochta manzili tizimimizda qayta ishlanib boshqa foydalanuvchiga tayinlanishi mumkin.
To'liq matn
Office xizmatlariOffice xizmatlari14i_officeBasedServices
Xulosa
  • i. Office xizmatlari. Office 365 Home, Office 365 Personal, Office 365 University, Office Online, Sway, OneNote.com va boshqa har qanday Office 365 obunasi yoki Office brendli Xizmatlar sizning shaxsiy va notijoriy maqsadlarda foydalanishingizga mo‘ljallangan, Microsoft bilan tijorat huquqlariga ega alohida tuzilgan shartnomalar bundan mustasno.
To'liq matn
Microsoft Health xizmatlariMicrosoft Health xizmatlari14j_MicrosoftHealthServices
Xulosa
  • j. Microsoft Health xizmatlari.
    • i. HealthVault. HealthVault sizning sog'lig'ingizga tegishli hamda boshqa odamlarning (oilangiz kabilarning) ularning roziligi bilan olingan sog'liqqa oid ma'lumotlarni saqlashga mo'ljallangandir. HealthVault hisob qaydnomalari shifokorlar foydalanilishi uchun yoki boshqa tijorat yoki shaxsiy bo'lmagan maqsadlarda foydalanish uchun emasdir. Hisob qaydnomangizdagi ma'lumot har doim ham to'g'ri va oxirgi bo'lmasligi mumkin, shu bois shifokor undan faqat ma'lumot sifatida foydalanilshi mumkin. HealthVault xizmati shifokorlar uchun qaydlarni saqlamaydi yoki undan tashxis qo'yish uchun tibbiyot muassasalari tomonidan foydalanilmaydi. Masalan, HealthVault qaydlari AQSh normativ hujjatlariga muvofiq rasmiy qayd maqomiga ega emas. Agar shifokor HealthVault xizmatidagi ma'lumotni o'zining qaydlariga qo'shishni qaror qilsa, u shunday ma'lumotning nusxasini o'zining tizimiga saqlab olishi kerak. Agar hisob qaydnomangizda qaydning hamkuzatuvchisi bo'lsa (sizning biringiz boshqasini taklif qilgan bo'lsa), siz ana shu hamkuzatuvchining qaydlar ustidan to'liq boshqaruvga ega ekanligini va sizni qaydlaringizga kira olishingizni to'sib qo'ya olishini, boshqalarni taklif qila olishini va ularni kirita olishini tan olgan va shunga roziligingizni berga bo'lasiz. Microsoft kompaniyasi Microsoft bo'lmagan hisob ma'lumotlarini (Facebook va OpenID kabilar) qo'llab-quvvatlamaydi, shu bois HealthVault mijozlarni qo'llab quvvatlash sizga tizimga kirishdagi muammolarda yordam bera olmaydi. Agar siz tizimga kirish ma'lumotlaringizni yo'qotsangiz, yoki hisob qaydlarini olgan joy uni bloklab qo'ysa, siz saqlangan ma'lumotingizni tiklay olmaysiz. Doimiy kirishingizga yordam berishimiz uchun sizga HealthVault hisob qaydnomangiz tizimiga kirish uchun bittadan ko'p hisob qaydlariga ega bo'lishni tavsiya qilamiz. Microsoft siz foydalanishingiz mumkin bo'lgan Microsoft-ga tegishli bo'lmagan hisob ma'lumotlarini ma'qullamaydi yoki boshqarmaydi, hamda uning ishlashi, qo'llab-quvvatlanishi yoki xavfsizligi uchun javobgar bo'lmaydi.
    • ii. Microsoft Band. Microsoft Band qurilmasi va ilovasi tibbiy qurilmalar emas va ular faqatgina fitnes va salomatlik profilaktikasi maqsadlarida taqdim qilinadi. Ular kasallik yoki boshqa holatlarga tashxis qo‘yish, davolash, kasallik holatini kamaytirish, davolanish yoki kasallik oldini olish maqsadida yoki boshqa holatlarda foydalanishga mo‘ljallanmagan. Microsoft kompaniyasi Microsoft Band xizmatidan olgan ma’lumotga asoslanib qabul qilingan har qanday qarorlaringiz uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.
To'liq matn
Raqamli mahsulotlarRaqamli mahsulotlar14k_DigitalGoods
Xulosa
  • k. Raqamli mahsulotlar Microsoft Groove, Microsoft kino va TV, Do'kon va boshqa tegishli hamda kelgusida qo'shiladigan xizmatlar orqali Microsoft raqamli tarkib ko'rinishida sizga musiqalar, tasvirlar, video, matn, kitoblar, o'yinlar yoki boshqa materiallarni ("Raqamli mahsulotlar") olish, tinglash, ko'rish, o'ynash yoki o'qish imkoniyatini berishi mumkin. Raqamli mahsulotlar faqatgina shaxsiy foydalanishingiz uchun taqdim qilinadi, tijorat maqsadlarida qo'llash uchun emas. Siz Raqamli mahsulotlarning har qanday nusxasini qayta tarqatmaslikka, translyatsiya qilmaslikka, omma ichida ishlatmaslikka yoki aks ettirimaslikka va uzatmaslikka o'z roziligingizni bergan hisoblanasiz. Raqamli mahsulotlar Microsoft yoki uchinchi tomonlarning mulki bo'lishi mumkin. Barcha holatlarda siz shu narsani tushunishingiz va tan olishingiz kerakki, Raqamli mahsulotlarga nisbatan huquqlaringiz ushbu shartlar, mualliflik huquqi qonunlari hamda https://go.microsoft.com/fwlink/p/?LinkId=723143 saytidagi foydalanish qoidalari bilan cheklangandir. Siz har qanday xizmat orqali qay maqsadda olingandan qat'i nazar, jumladan Raqamli mahsulotlarning egaligini yoki manbasini buzib ko'rsatish yoki o'zgartirish bo'ladimi, Raqamli mahsulotlarni o'zgartirishga harakat qilmaslikka o'z roziligingizni berasiz. Microsoft yoki Raqamli mahsulotlarning egalari vaqti-vaqti bilan oldindan xabar bermasdan Raqamli mahsulotlarni Xizmatlar tarkibidan olib tashlashi mumkin.
To'liq matn
OneDriveOneDrive14l_OneDrive
Xulosa
  • l. OneDrive.
    • i. Saqlash xotirasini tayinlash. Agar siz OneDrive hisob qaydnomangizda OneDrive uchun bepul yoki pulli obuna xizmati shartlariga muvofiq taqdim qilingandan ko'ra ko'proq tarkib saqlasangiz va Microsoft'ning sizga yuborilgan ortiqcha tarkibingizni olib tashlash yoki yangi obuna hisob qaydnomasiga ko'chirish orqali hisob qaydnomangizni tuzatib qo'yish talabiga hech qanday javob olmasak, hisob qaydnomangizni yopish va OneDrive xizmatidagi tarkibingizni yo'q qilish yoki cheklab qo'yish huquqini saqlab qolamiz.
    • ii. Xizmat unumdorligi. Qurilma, internet ulanish tezligi, Microsoft xizmatining ishlash unumdorligi va butligini ta'minlashdagi harakatlariga qarab vaqti-vaqti bilan OneDrive'ga tarkibni yuklash yoki sinxronlashtirishda kechikishlar yuz berishi mumkin.
To'liq matn
Microsoft RewardsMicrosoft Rewards14m_MicrosoftRewards
Xulosa
  • m. Microsoft Rewards.
    • i. Dastur. Microsoft Rewards ("Dastur") sizga malakali qidiruvlar, xaridlar, Microsoft Edge orqali faol qidirishga ketgan vaqt kabi harakatlar va Microsoft kompaniyasining boshqa takliflari uchun kelgusida sotib olinadigan ballar ishlab olish imkonini beradi. Takliflar bozorga qarab turlicha bo‘lishi mumkin. Qidiruv xususiyati Bing qidiruv ma’lumotlarini olish uchun foydalanuvchining yaxshi maqsadda qo‘lda matn kiritishi hisoblanib, u mazkur foydalanuvchining o‘z tadqiqot maqsadlari uchun amalga oshiriladi va bot, makro yoxud har qanday boshqa avtomatlashtirilgan yo firibgarlik vositasida kiritilgan so‘rovlarni o‘z ichiga olmaydi ("Qidiruv"). Xarid qilish bu Microsoft kompaniyasidan bepul yoki pulli ravishda mahsulotlar sotib olish va raqamli kontent uchun litsenziya yuklab olish yoxud sotib olishdir ("Xarid qilish"). Mukofot ballari Microsoftda qilingan har bir xarid uchun ham taklif qilinavermaydi. Microsoft Edge xizmatida faol qidirish bu qurilmangiz ekranida brauzerning borligi (masalan, topshiriqlar qatorida Microsoft Edge belgisi alohida ko‘rsatilgan holati ochiqligi va ishlatilayotgani, ayni vaqtda mazkur ilovadan foydalanilayotgani) va ushbu brauzer yordamida vebsaytlarni ko‘rish, unda video tomosha qilish, elektron pochtani tekshirish yoki odatda brauzerlardan boshqa turdagi qo‘llanishlarni anglatadi. Microsoft Edge, Bing dasturlaridan foydalangan holda ball yig‘ish brauzerning birlamchi qidiruv texnologiyasi qilib belgilanishi va Windows sozlamalaringizda telemetriya yoniq bo‘lishi zarur. Microsoft vaqt-vaqti bilan ball yig‘ish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar e’lon qilib turishi mumkin va ball yig‘ish bo‘yicha har bir taklif muddati chegaralangan bo‘ladi. To‘plagan ballaringiz kelgusida sotib olish sahifasida mahsulotlar uchun sarflanishi mumkin ("Mukofotlar"). Batafsil axborot olish uchun support.microsoft.com sahifasidagi Rewards bo‘limiga qarang ("Savol-javob").
      • 1. Dastur talablari. Yaroqli Microsoft hisobingiz bo‘lishi va qurilmangiz tizim uchun minimal talablarga javob berishi zarur. Ko‘p so‘raladigan savollarda ro‘yxati keltirilgan bozorlarda xarid qiluvchi foydalanuvchilar uchun Dastur doimo ochiq. Jismoniy shaxslarda bir nechta elektron pochta bo‘lishidan qat’i nazar, ular faqat bitta Dastur hisobiga ega bo‘lishlari mumkin, bitta oila ko‘pi bilan oltita hisob ochishlari mumkin. Dasturdan faqat shaxsiy maqsadda foydalaniladi, u notijorat maqsadida foydalanish uchun emas.
      • 2. Ballar. Evaz markazida ro‘yxatga olingan notijorat tashkilotlariga ballaringizni xayriya qilishdan boshqa holatlarda siz ballarni boshqaga o‘tkaza olmaysiz. Ballar sizning shaxsiy mulkingiz emas va ularning evaziga siz naqd yoki boshqa ko‘rinishdagi mablag‘ olishga haqli emassiz. Sizga mukofot tarzida berilgan ballar reklama asosida taqdim qilingan. Siz ballarni sotib ololmaysiz. Microsoft har bir shaxs, uy xo‘jaligi yoki belgilanadigan davr uchun ballar yoki Mukofotlar soniga chegara o‘rnatishi mumkin. Dasturda siz har kalendar yili uchun 550000 balldan yuqorisini ololmaysiz. Dasturda yig‘ilgan ballar Microsoft yoki uchinchi tomonlar tarafidan taklif qilinadigan har qanday boshqa dastur uchun amal qilmaydi va ular bilan birga qo‘llab bo‘lmaydi. Foydalanilmagan ballar, agar siz 18 oy davomida biror ball to‘plamasangiz yoki evaziga biror narsa olmasangiz, kuyib ketadi.
      • 3. Mukofotlar. Siz evaz markazi havolasiga kirgan holda ballaringizga biror narsa sotib olishingiz mumkin yoki ro‘yxatga olingan notijorat tashkilotlariga ballaringizni xayriya qilishingiz mumkin. Muayyan mukofotlarning soni cheklangan bo‘lishi mumkin va o‘sha mukofotlar birinchi kelgan foydalanuvchi, birinchi xizmat ko‘rsatilgan foydalanuvchi asosida beriladi. Mukofotlar uchun ballarni olishda sizdan pochta manzilingiz yoki telefon raqami (VOIP yoki bepul raqamdan tashqari) kabi qo‘shimcha ma’lumot taqdim qilish so‘ralishi mumkin, shuningdek, firibgarlikning oldini olish uchun maxsus kod yoxud qo‘shimcha huquqiy hujjatlarni imzolash ham so‘ralishi mumkin. Mukofotga buyurtma berganingizdan so‘ng uni bekor qilish yoki to‘plangan ballarni qaytarish evaziga qaytib berish huquqiga ega emassiz, kamchiligi bor mahsulotlar yoki qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan holatlar bundan mustasno. Agar siz omborda qolmagan yoki boshqa sabablarga ko‘ra yo‘q bo‘lgan Mukofotga buyurtma bergan bo‘lsangiz, Microsoft kompaniyasi bu borada mustaqil qarorga keladi, bunda biz Mukofotni ayni bahodagi boshqasga almashtirishimiz yoxud ballaringizni qaytarishimiz mumkin. Evaz markazida taklif qilingan Mukofotlarni Microsoft yangilashi yoki maxsus Mukofotlarni taklif qilishni to‘xtatishi mumkin. Ba’zi Mukofotlar uchun yosh bo‘yicha talablar belgilangan bo‘lishi mumkin. Mana shunday talablar tegishli taklif ichiga kiritiladi. Mukofotlarni olish va ulardan foydalanish bo‘yicha har qanday federal, davlat yoki mahalliy soliqlar hamda boshqa to‘lovlarni o‘z zimmangizga olasiz. Mukofotingizga buyurtma berishda Mukofotlar siz taqdim qilgan elektron pochtaga yuboriladi, shu sababli elektron pochtangizni doim tekshirib turing. Yetkazib bo‘lmaydigan Mukofotlar qayta berilmaydi va shu sababli ular musodara qilinadi. Mukofotlarni qayta sotib bo‘lmaydi.
      • 4. Dasturda ishtirok etishingizni bekor qilish. Dasturdagi hisobingizga 18 oylik muddat davomida kamida bir marta kirilmagan bo‘lsa, bu hisob bekor qilinadi. Qo‘shimcha tarzda, Microsoft kompaniyasi Dasturga aralashish, uni suiiste’mol qilish yoki firibgarlik qilish yoxud mazkur Shartlarni buzganlik uchun muayyan foydalanuvchining Dastur hisobini bekor qilish huquqiga ega. Dastur bekor qilinganidan so‘ng (siz yoki biz tarafdan) yoki Dastur to‘xtatib qo‘yilgan bo‘lsa, ballarni qaytarib, evaziga biror narsa olish uchun sizga 90 kun vaqt beriladi; aks holda ballar musodara qilinadi. Bekor qilish paytida Dasturdan foydalanish huquqingiz va kelgusida ball to‘plash imkoniyatingiz to‘xtatiladi.
      • 5. Boshqa shartlar. Agar Microsoft sizni Dasturning har qanday jihatiga aralashayotgan yoki uni suiiste’mol qilayotgan yoki mazkur Shartlarni buzadigan biror harakatga ishtirok etayotgan deb hisoblasa, Microsoft sizni diskvalifikatsiya qilish, Dastur yoki Rewards hisobingizga kirishingizni o‘chirib qo‘yish; va/yoki ballar, Mukofotlar yoki xayriya qilingan hissalarni to‘xtatib turish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
To'liq matn
Turli shartlarTurli shartlar16_17_18_miscellaneous
Xulosa

14. Turli shartlar. Ushbu bo‘lim hamda 1, 9 (ushbu shartlar tugagandan so‘ng yuzaga kelgan qiymatlar uchun), 10, 11, 12, 15, 17-bo‘limlar hamda ushbu shartlar tugagandan so‘ng ham o‘z kuchini saqlab qoladigan bo‘limlar mazkur shartlar bekor bo‘lgandan so‘ng ham o‘z kuchini saqlab qoladi. Amaldagi qonun doirasida biz ushbu Shartlarni, ushbu Shartlar doirasida quyi darajali shartnoma yoki majburiyatlarni yoki ushbu Shartlar doirasida quyi darajali litsenziyalarni yoki huquqlarimizni to'laligicha yoki qisman istagan paytda sizning ruxsatingizsiz tayinlashimiz mumkin. Siz mazkur Shartlarni boshqasiga tayinlashingiz yoki undagi huquqlarni uzatishingiz mumkin emas. Bu Xizmatlardan foydalanishingiz uchun siz bilan Microsoft kompaniyasi o’rtasida tuzilgan shartnomadir. Bu Xizmatlardan foydalanishingiz bo’yicha siz bilan Microsoft kompaniyasi o’rtasidagi oldin tuzilgan shartnomalar o’rnini bosadi. Ushbu shartlarni qabul qilishda siz mazkur shartlarda ochiq-oydin berilganlardan tashqari hech qanday bayonnomaga, taqdimnomaga, kafolatga, yordam yoki va'daga tayanishingiz mumkin emas. Mazkur Shartlarning barcha qismlari qonun maksimal ruxsat etgan darajada amal qiladi. Agar sud yoki hakam mazkur Shartlarning u yoki bu qismini yozilgandek ishlata olmaymiz deb topsa, biz tegishli qonun doirasida amal qiladigan xuddi shunday kuchga ega bo’lgan shartlar bilan almashtirishimiz mumkin, biroq Shartlarning qolgan qismlari o’zgarmaydi. Mazkur Shartlar faqat siz va bizning foydamiz uchundir. Ushbu shartlar boshqa hech qaysi shaxsning foydasi uchun emas, Microsoft-ning huquqiy vorislari va keyingi huquq egalari bundan mustasno. Bo'lim sarlavhalari ma'lumot uchun bo'lib hech qanday qonuniy kuchga ega emas.

15. Da'volar bir yil ichida berilishi kerak. Mazkur shartlar yoki xizmatlar bilan bog'liq har qanday da'vo uni birinchi bermoqchi bo'lgan kuningizdan boshlab bir yil muddat ichida sudga (yoki agar 10(d)-bo'lim amal qilsa arbitrajga) berishingiz kerak, mahalliy qonunlaringiz da'volarga uzoqroq muddat talab qilsan bundan mustasno. Agar mana shu muddat ichida da'vo qilinmasa, da'vo umuman rad qilinadi.

16. Eksport qonunlari. Siz yo'nalishlar, oxirgi foydalanuvchi va oxirgi foydalanish bo'yicha cheklovlarga ega dasturiy ta'minot va/yoki xizmatlarga nisbatan qo’llaniladigan barcha mahalliy va xalqaro export qonun va qoidalariga amal qilishingiz shart. Geografik va eskport cheklovlar bo'yicha batafsilroq ma'lumot olish uchun https://go.microsoft.com/fwlink/?linkid=868968 va https://www.microsoft.com/exporting saytlariga tashrif buyuring.

17. Huquqlarning saqlanishi va fikr-mulohaza. Mazkur shartlarda ko‘rsatib o‘tilganidan tashqari, Microsoft yoki unga bog‘liq kompaniyalar egalik qiladigan yoki boshqaradigan har qanday patent, texnologiya, mualliflik huquqi, tijorat sirlari, savdo belgilari yoki boshqa intellektual mulklar doirasida sizga litsenziya yoki boshqa huquqlarni bermaydi, bunga tashqi ko‘rinish, logotip yoki shu kabilar ham kiradi. Agar siz Microsoft kompaniyasiga yangi mahsulotlar, texnologiyalar, targ‘ibot, mahsulot nomlari, mahsulot yuzasidan fikr-mulohaza va yaxshilash borasida maslahat yoki har qanday g‘oya, taklif yoki fikr-mulohaza bergan bo‘lsangiz ("Fikr-mulohaza"), ularni bepul, sizga haq yoki boshqa majburiyat to‘lash talabisiz, fikr-mulohazangizdan kelib chiqib, mahsulot yaratish, foydalanish, ulashish va boshqa har qanday tarzda undan pul ishlash huquqini Microsoft kompaniyasiga berasiz. Siz litsenziya olinishi talab qilinadigan fikr-mulohaza bermaysiz, Microsoft o‘z dasturiy ta’minoti, texnologiyalar yoki hujjatlari tarkibida sizning fikr-mulohazangiz borligi sababli ularni uchinchi tomonga litsenziyalashi talab qilinmaydi.

To'liq matn
XABARNOMALARXABARNOMALARNOTICES
Xulosa

Intelektual mulkning poymol qilinishi bo’yicha shikoyatlar berish xabarnomalari va jarayonlari. Microsoft uchinchi tomon intellektual mulk huquqlarini hurmat qiladi. Agar siz aqliy mulkchilik huquqlarining buzilishi to’g’risida bildirishnoma, jumladan mualliflik huquqlarining buzilishi bo’yicha da’volar yubormoqchi bo’lsangiz, Buzilishlar to’g’risidagi bildirishnomalar yuborish proseduralarimizdan foydalaning. USHBU MUOLAJAGA TEGISHLI BO’LGAN SAVOLLARGAGINA JAVOB BERILADI.

Microsoft mualliflik huquqlarning buzilganlik xabarnomalariga javob berish bo’yicha 17-modda, Qo’shma Shtatlar kodeksi, 512-bo’limda o’rnatilgan jarayonlardan foydalanadi. Tegishli holatlarda, Microsoft kompaniyasi Microsoft xizmatlari foydalanuvchilari tomonidan qaytaruvchi qoidabuzarlarning qayd hisoblarini o’chirib qo’yishi yoki bekor qilishi mumkin.

Reklamalarida intellektual mulk xavotiriga nisbatan xabarnomalar va amaliyotlar. Reklama tarmog’imizda intellektual muklchilik huquqlarini himoya qilish to’g’risida ma’lumotlar olish uchun iltimos, bizning Intellektual mulkchilik yo'riqnomamizga qarang.

Mualliflik huquqi va savdo belgisi haqidagi xabarnomalar. Xizmatlar «Mualliflik huquqi © 2018 Microsoft Corporation» va/yoki uning yetkazib beruvchilarining mualliflik huquqidir, manzili One Microsoft Way, Redmond, WA 98052, U.S.A.. Barcha huquqlar himoyalangan. Microsoft va Microsoft-ning barcha mahsulotlari, dasturlari va xizmatlarining nomlari, logotiplari va ikonkalari Amerika Qo'shma Shtatlari va/yoki boshqa mamlakatlarda Microsoft-ning savdo belgilari yoki ro'yxatga olingan savdo belgilari bo'lishi mumkin. Joriy kompaniya va mahsulotlarning nomlari tegishli egalarining savdo belgilari bo'lishi mumkin. Mazkur shartlar ochiq ko'rsatilmagan huquqlar himoyalangan. Microsoft-ning muayyan veb-sayt serverlarida foydalaniladigan muayyan dasturiy ta'minot qisman Mustaqil JPEG guruhi ishiga asoslangan. Mualliflik huquqi © 1991-1996 Thomas G. Lane. Barcha huquqlar himoyalangan. Microsoft veb-sayti serverlarida foydalaniladigan «gnuplot» dasturiy ta'minoti © 1986‑1993 Thomas Williams, Colin Kelley mualliflik huquqi hisoblanadi. Barcha huquqlar himoyalangan.

Tibbiy xabarnoma. Microsoft hech qanday tibbiy yoki boshqa tibbiy yordam, tashxis yoki davolash xizmatlarini ko'rsatmaydi. Agar sizda ovqatlanish, parhez, fitness yoki sog'liq dasturlari haqida savollaringiz bo'lsa, doim shifkordan yoki boshqa malakali mutaxassisdan maslahat oling. Hech qachon xizmatlar yordamida olgan ma'lumotlarga tayanib professional tibbiy maslahatni e'tiborsiz qoldirmang yoki kechiktirmang.

Birja takliflari va indeks ma’lumotlari (jumladan indeks qiymatlari). © 2013 Morningstar, Inc. Barcha huquqlar himoyalangan. Bu yerdagi ma'lumot: (1) Morningstar va/yoki unint tarkib taqdim qiluvchilarining mulkidir; (2) undan nusxa ko'chirish, tarqatish mumkin emas; va (3) to'g'ri, mukammal yoki o'z vaqtidaligiga kafolatlanmaydi. Na Morningstar, va na uning kontent taqdim qiluvchilari ushbu ma'lumotdan foydalanish tufayli kelib chiqqan zarar va yo'qotishlar uchun javobgar bo'lmaydi. O'tmishdagi amal kelgusi natijalarni kafolatlamaydi.

Siz har qanday moliyaviy yoki investitsion mahsulotni (masalan, derivativlarni, tuzilmali mahsulotlar, investitsion fondlar, savdo-ayirboshlash mahsulotlari, investitsion mahsulotining narzi, foydasi va/yoki bajarish instrumenti har qanday indekslar yoki proksilarni kuzatishga asoslangan, bog'liq yoki kuzatish maqsadi mavjud investitsion portfellar va hkz.) chiqarishda, yaratishda, savdo qilishda, marketing qilishda yoki qiymatini oshirishda, Dow Jones-ning indekslaridanSM, indeks ma’lumotlaridan yoki Dow Jones baholashlaridan u bilan alohida shartnoma tuzmasdan turib foydalana olmaysiz.

Moliya xususidagi xabarnoma. Microsoft korporatsiyasi Qo'shma Shtatlarning qimmatli qog'ozlar haqidagi qonuni yoki boshqa yurisdiksiyadagi qimmatli qog'ozlar haqidagi qonuniga muvofiq broker/diler yoki ro'yxatdan o'tgan investitsion maslahatchi emas va boshqa shaxslarga qimmatli qog'ozlarga yoki boshqa moliyaviy mahsulot va xizmatlarga sarmoya tikish, ularni xarid qilish yoki sotish bo'yicha maslahatlar bermaydi. Xizmatlarda kelgan nimaiki ma'lumot bo'lsa har qanday qimmatli qog'ozni sotib olish yoki sotishga taklif yoki iltimosnoma deb tushunilmasligi kerak. Na Microsoft, va na uning birja kotirovkalari yoki indeks ma'lumotlari bo'yicha litsenziya egalari har qandy moliyaviy mahsulot yoki xizmatlarni taklif yoki tavsiya qilmaydi. Xizmatlardagi hech qaysi ma’lumot professional maslahat deb tushunilmasligi kerak, jumladan, lekin u bilan cheklanib qolmay, investitsiya yoki soliq bo‘yicha maslahatlar.

H.264/AVC, MPEG-4 Visual va VC-1 videostandartlari to’g’risidagi bildirishnoma. Dasturiy ta'minot MPEG LA, L.L.C. tarafidan litsenziyalangan H.264/AVC, MPEG-4 Visual va/yoki VC-1 kodek texnologiyasini o'z ichiga olishi mumkin. Ushbu texnologiya video ma'lumotini siqish ma'lumoti uchun bo'lgan formatdir. MPEG LA, L.L.C. ushbu xabarni yetkazadi:

USHBU MAHSULOT H.264/AVC, MPEG-4 VISUAL VA VC-1 PATENTLI PORTFEL LITSENZIYALARI ASOSIDA LITSENZIYALANGAN BO'LIB ISTE'MOLCHILARNING SHAXSIY VA NOTIJORAT MAQSADLARIDA (A) STANDARTLARGA MOVOFIQ VIDEO («VIDEO STANDARTLARI») KODINI O'QISH VA/YOKI (B) ISTE'MOLCHI TOMONIDAN SHAXISY VA NOTIJORAT FAOLIYATIDA KODLAB QO'YILGAN YOKI SHUNDAY VIDEONI TAQDIM QILISHGA LITSENZIYA OLGAN VIDEO PROVAYDERI TOMONIDAN KODLAB QO'YILGAN H.264/AVC, MPEG-4 VISUAL VA VC-1 VIDEOLARNING KODLARINI O'QISH UCHUN FOYDALANILADI. USHBU LITSENZIYALARNING HECH QAYSINISI BOSHQA MAHSULOTGA, U MAZKUR DASTURIY TA'MINOTGA ALOHIDA KIRITILISHIDAN QAT'I NAZAR TEGISHLI EMAS. BOSHQA HAR QANDAY FOYDALANISH UCHUN LITSENZIYA BERILMAYDI YOKI BERILISHNI NAZARDA TUTMAYDI. QO’SHIMCHA MA’LUMOTLAR MPEG LA, L.L.C.dan OLINISHI MUMKIN. MPEG LA VEB-SAYTIGA QARANG.

Faqatgina oydinlashtirish maqsadida, mazkur xabarnoma Shartlar asosida taqdim qilingan dasturiy ta’monotdan foydalanishni cheklamaymiz yoki to’sqinlik qilmaymiz agar normal biznes uchun va shunga xoz bo’lsa, va shularni olmasa (i) dasturiy ta’minotni uchinchi tomonlarga qayta tarqatish, yoki (ii) uchinchi tomonlarga tarqatish uchun mos VIDEO STANDARTLAR bilan materiallarni yaratish.

To'liq matn
ILOVANING STANDART LITSENZIYA SHARTLARIILOVANING STANDART LITSENZIYA SHARTLARISTANDARDAPPLICATIONLICENSETERMS
Xulosa

ILOVANING STANDART LITSENZIYA SHARTLARI

MICROSOFT STORE, WINDOWS STORE va XBOX STORE

Mazkur litsenziya shartnomalari siz bilan ilova noshiri o’rtangizdagi kelishuvdir («Maykrosoft»). Iltimos, ularni o’qib chiqing. Ular Microsoft Store, Windows Store yoki Xbox Store (har biri ushbu litsenziya shartlarida “Store” deb yuritiladi) orqali yuklab olinadigan dasturiy ilovalarga, jumladan, ushbu ilovalar uchun chiqariladigan yangilanishlar va qo‘shimchalarga nisbatan tatbiq qilinadi, agar ilovalar alohida shartlar bilan kelsa, bundan mustasno hamda bunday holatda shu alohida shartlar tatbiq qilinadi.

ILOVALARNI YUKLAB OLISH VA FOYDALANISHINGIZ, YOKI SHULARDAN BIRINI BAJARISHGA HARAKAT QILISHINGIZ BILAN SIZ ANA SHU SHARTLARGA ROZILIGINGIZNI BILDIRGAN BO’LASIZ. AGAR SIZ ULARNI QABUL QILMASANGIZ SIZ ILOVADAN FOYDALANISH HUQUQIGA EGA BO’LMAYSIZ VA UNI YUKLASH SIZGA MA’N ETILADI.

Ilova noshiri, Store tavsifida kelganidek, ilovadan foydalanish uchun sizga litsenziya beruvchi shaxs yoki kompaniya hisoblanadi.

Agar ushbu litsenziya shartlarga javob bersangiz, quyidagi huquqlarga ega bo'lasiz.

  • 1. O'RNATISH VA FOYDALANISH HUQUQLARINING TUGASHI. Ilovani Microsoft kompaniyasining Foydalanish qoidalarida tavsiflangan Windows qurilmalari yoki Xbox konsollariga o‘rnatishingiz va foydalanishingiz mumkin. Microsoft istagan paytda Microsoft kompaniyasining Foydalanish qoidalariga o‘zgartirish kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
  • 2. INTERNET ORQALI XIZMATLAR.
    • a. Internetga asoslangan yoki simsiz xizmatlardan foydalanishga rozilik. Agar ilova simsiz tarmoqni talab qiluvchi internet orqali kompyuter tizimlariga ulansa, ilovadan foydalanish internetga asoslangan yoki simsiz xizmatlarga qurilmaning standart ma'lumotlarini (jumladan, biroq cheklanmagan holda qurilmangiz haqidagi texnik ma'lumotlarni, tizim va ilova dasturiy ta'minotlari va periferik qurilmalar haqidagi ma'lumotlarni) uzatish roziligini bergan hisoblanasiz. Agar ilovaga kirishda qo'llaydigan xizmatlardan foydalanishingiz bilan bog’liq boshqa shartlar ham taqdim qilingan bi'lsa, ular ham sizga nisbatan qo’llaniladi.
    • b. Internetga asoslangan xizmatlardan noto'g'ri foydalanish. Siz internetga asoslangan har qanday xizmatdan boshqalarning undan yoki simsiz tarmoqdan foydalanishiga zarar yetkazsa yoki xalaqit. Siz har qanday vosita bilan boshqa xizmat, ma’lumot yoki qayd hisobiga ruxsatsiz kirishda foydalanishingiz mumkin emas.
  • 3. LITSENZIYA QO'LLASH DOIRASI. Ilovaga litsenziya beriladi, sotilmaydi. Mazkur shartnoma sizga faqatgina ilovadan foydalanishning muayyan huquqlarini beradi. Agar Microsoft qurilmangizdagi ilovalardan Microsoft bilan bo’lgan shartnomangizga muvofiq foydalanishingizni to’xtatib qo’ysa, unga tegishli har qanday litsenziya huquqlari bekor bo’ladi. Ilova noshiri boshqa har qanday huquqlarni o‘zida saqlab qoladi. Agar amaldagi qonun sizga mazkur cheklovdan ko’proq huquq bersa, siz ilovadan faqat mazkur shartnomada aniq ruxsat etilgan yo’sinda foydalana olasiz. Bunday qilishorqali siz mazkur ilovada faqatgina muayyan usulda foydalanishingiz kerak bo’lgan texnik cheklovlarga amal qilishingiz kerak. Siz ushbularni qila olmaysiz:
    • a. Ilovadagi har qanday texnik cheklanishlarni chetlab o'tishga urinish.
    • b. Ilovani qismlarga ajratish, dekompilyatsiya yoki qismlarga ajratish, bu cheklanishga qaramasdan tegishli qonunlarda yaqqol tarzda ruxsat berilgan hollar bundan mustasno.
    • c. Ilovaning ushbu kelishuvda ko'rsatilgan yoki bu cheklanishga qaramasdan tegishli qonunda ruxsat berilganidan ko'proq sondagi nusxalarini olish.
    • d. Ilovani chop qilish yoki boshqa tarzda boshqalarga taqdim etish.
    • e. Ilovani ijaraga, lizingga yoki qarzga berish.
    • f. Ilovani yoki mazkur shartnomani uchinchi tomonga berish.
  • 4. HUJJATLAR. Agar ilova bilan hujjat taqdim qilingan bo’lsa, siz ana shu hujjatdan faqatgina shaxsiy foydalanishingiz uchun nusxasini ko’chirishingiz yoki foydalanishingiz mumkin.
  • 5. TEXNOLOGIK VA EKSPORT CHEKLOVLARI. Ilova Qo'shma Shtatlar yoki xalqaro texnologik nazorat, yoki eksport qonunlari va qoidalariga bo'ysunishi mumkin. Foydalaniladigan texnologiya yoki qo’llab-quvvatlanadigan ilovaga nisbatan qo’llaniladigan barcha mahalliy va xalqaro export qonun va qoidalariga amal qilishingiz shart. Bu qonunlar yo'nalishlarga bo'lgan cheklovlarni, so'nggi foydalanuvchilarni va so'nggi foydalanishni o'z ichiga oladi. Microsoft brendli mahsulotlar to'g'risida ma'lumotlar olish uchun Microsoft eksport veb-saytiga o'ting.
  • 6. TEXNIK YORDAM. Qanday qo’llab-quvvatlash xizmatlari bor yoki yo’qligini aniqlash uchun ilova noshiriga murojaat qiling. Microsoft (agar Microsoft ilova noshiri bo’lsa), telefoningiz ishlab chiqaruvchisi va simsiz tarmoq operatoringiz ilova uchun xizmatlarni yetkazib berishga mas’ul emas.
  • 7. SHARTNOMA TO'LALIGI. Ushbu shartnoma, har qanday maxfiylik siyosati, ilova bilan keladigan har qanday qo'shimcha shartlar, qo'shimchalar uchun shartlar va yangilanishlar siz bilan ilova noshiri o'rtasida to'liq litsenzion shartnomasi hisoblanadi.
  • 8. AMALDAGI QONUNCHILIK.
    • a. Amerika Qo'shma Shtatlari va Kanada. Agar siz bu ilovani Amerika Qo‘shma Shtatlari yoki Kanadada sotib olgan bo‘lsangiz, siz yashayotgan (yoki siz kompaniya bo'lsangiz, asosiy faoliyat joyingizdagi) shtat yoki provinsiya qonunlari mazkur kelishuvni qonuniy tartibga soladi va turli qonun tamoyillari ziddiyatidan qat’i nazar, uning buzilishi bo‘yicha da’volar va har qanday turdagi boshqa da’volar (jumladan, iste’molchining huquqini himoya qilish, adolatsiz raqobat va g‘ayriqonuniy harakat uchun da’volar) uchun amal qiladi.
    • b. Amerika Qo'shma Shtatlari va Kanadadan boshqa mamlakatlar. Agar siz ilovaga boshqa har qanday mamlakatda ega bo’lsangiz, ana shu mamlakatning qonuni sizga nisbatan amal qiladi.
  • 9. YURIDIK KUCH. Mazkur shartnoma muayyan yuridik huquqlarni tavsiflaydi. Siz davlatingiz yoki mamlakatingiz qonunlari doirasida boshqa huquqlarga ega bo’lishingiz mumkin. Mazkur shartnoma davlatingiz yoki mamlakatingiz qonunchiligida ruxsat etilmagan narsalarni bajarish bo’yicha huquqingizni o’zgartirmaydi.
  • 10. KAFOLATDAN VOZ KECHISH. Ilova «boricha», «bor xatolari bilan» va «odmi bo’yicha» litsenziyalangan. Siz undan foydalanish bo’yicha barcha qaltisliklarni o’z zimmangizga olasiz. Ilova taqdim qiluvchisi o’zining, Microsoft-ning (agar Microsoft ilova noshiri bo'lmasa), ilova tarmog’idan foydalanayotgan simsiz operatorning va bizning har qanday tegishli filiallarimiz, savdogarlarimiz, agentlarimiz yoki yetkazib beruvchilarimiz («Tegishli tomonlar») nomidan ilova ostida yoki u bilan bog’liq hech qanday ochiq kafolat, garantiya yoki sharoitlarni bermaydi. Siz ilova sifati, xavfsizligi, qulayligi yoki unumdorligi bilan bog’liq bo’lgan barcha xatarlarni o’z zimmangizga olasiz. Mabodo ilova shikastlangan bo’lsa to’liq to’lovi va uni tuzatish haqi o’zingizning hisobingizdandir. Siz mazkur shartnoma o’zgartira olmaydigan mahalliy qonunlaringiz doirasida qo’shimcha iste’molchilik huquqlariga ega bo’lishingiz mumkin. Aloqador tomonlar mahalliy qonunchiligingiz ruxsat bergan doirada ko'zda tutilgan kafolatlarni yoki sharoitlarni, jumladan, mahsulotdorligi, muayyan maqsadga muvofiqliligi sifatliligi va qonunni buzmasliligini qabul qilmaydi.
  • 11. ZARARLAR VA HIMOYA VOSITALARI UCHUN JAVOBGARLIKNI CHEKLASH VA ISTISNO QILISH. Qonunda ma’n qilinmagan doirada, siz iova ishlab chiquvchisidan faqatgina bevosita ko’rilgan zararingiz uchun, qaysi biri kattaroqligiga qara ilova uchu to’lagan qiymatni yoki USD 1 aqsh dollarini qaytarib olishingiz mumkin. Siz ilova ishlab chiqvchisidan ko’rgan boshqa har qanday, jumladan ketma-ket, foydani yo’qotish, maxsus, bilvosita yoki tasodifiy zarar uchun qoplab berishni talab qilmaysiz va ularni talab qilish huquqidan voz kechasiz. Agar mahalliy qonunlaringiz ushbu shartlarda nazarda tutlmasa ham muayyan kafolat yoki shartlarni majburiy qilsa, ularning amal qilish muddati ilovani yuklab olgan kuningizdan boshlab 90 kunni tashkil qiladi.

Ushbu cheklov quyidagilarga qo'llaniladi:

  • Ilova orqali mavjud bo’lgan ilovaga yoki xizmatlarga tegishli har qanday narsa; va
  • Shartnoma, kafolat majburiyatlari yoki shartlarning buzilishi; qat’iy javobgarlik, ehtiyotsizlik, yolg’on ariza, harakatsizlik, fuqarolik huquqlarining istalgan buzilishlari; qonunlar yoki nizomlarning buzilishi; qo’llaniladigan qonunchilik doiralarida noqonuniy boylik orttirish yoki boshqa sabablar bilan bog’liq bo’lgan da’volar.

U shuningdek, quyidagilarga nisbatan qo’llaniladi:

  • Ushbu qoplash sizga hech qanday yo'qotishni qoplab bermaydi; yoki
  • Agar ilova noshiri zararlarning kelib chiqishini bilgan yoki bilishi kerak bo’lganda ham.
To'liq matn
Ko'rsatiladigan xizmatlarKo'rsatiladigan xizmatlarserviceslist
Xulosa

Quyidagi mahsulotlar, ilovalar va xizmatlar Microsoft xizmatlaridan foydalanish shartnomasi doirasida taqdim qilinadi, biroq ular sizning bozoringizda mavjud bo'lmasligi mumkin.

  • Account.microsoft.com
  • Advertising.microsoft.com
  • Aqlli qidirish
  • Arrow Launcher
  • Bing Asboblar paneli
  • Bing Bots
  • Bing Ilova qidirish
  • Bing ilovalar
  • Bing Input
  • Bing Ishchi stol
  • Bing Lug'at
  • Bing Mukofotlar
  • Bing Navigatsiya
  • Bing O'qivchi
  • Bing Sinfda
  • Bing Torque
  • Bing Translator
  • Bing Vikipediya brauzeri
  • Bing Webmaster
  • Bing Xaritalari
  • Bing.com
  • Bing
  • Bingplaces.com
  • Citizen Next
  • Conditional Action Programmer
  • Cortana skills by Microsoft
  • Cortana
  • Default Homepage and New Tab Page on Microsoft Edge
  • Dev Center App
  • Dictate
  • Do‘kon
  • Docs.com
  • education.minecraft.net
  • Forms.microsoft.com
  • forzamotorsport.net
  • Groove Music Pass
  • Groove
  • GroupMe
  • HealthVault
  • Keyingi bloklash ekrani
  • LineBack
  • Manzarali bloklash ekrani
  • Microsoft Academic
  • Microsoft Add-Ins for Skype
  • Microsoft Bots
  • Microsoft Educator Community
  • Microsoft Filmlar va TV
  • Microsoft fon rasmi
  • Microsoft hisob qaydnomasi
  • Microsoft Oila
  • Microsoft Pay
  • Microsoft Research Interactive Science
  • Microsoft Research Open Data
  • Microsoft Salomatlik
  • Microsoft Translator
  • Microsoft XiaoIce
  • Mixer
  • MSN Dial Up
  • MSN Explorer
  • MSN Ob-havo
  • MSN Ovqat va ichimlik
  • MSN Premium
  • MSN Pullar
  • MSN Sayohat
  • MSN Sog'liq va fitnes
  • MSN Sport
  • MSN Yangiliklar
  • MSN.com
  • Office 365 Iste'molchisi
  • Office 365 Shaxsiy
  • Office 365 uchun Microsoft qo'llab-quvvatlash va tiklash yordamchisi
  • Office 365 Universitet
  • Office 365 Uy
  • Office do'koni
  • Office onlayn
  • Office Sway
  • Office.com
  • OneDrive.com
  • OneDrive
  • OneNote.com
  • Outlook.com
  • Paint 3D
  • Pix Lock
  • Presentation Translator
  • Qurilma sog'liq ilovasi
  • Remix 3D
  • Rinna
  • rise4fun
  • Ruuh
  • Seeing AI
  • Send
  • Skype in the Classroom
  • Skype Interviews
  • Skype Manager
  • Skype Qik
  • Skype.com
  • Skype
  • Spreadsheet Keyboard
  • Sway.com
  • Tarjimon
  • to-do.microsoft.com
  • Tossup
  • Translator for Microsoft Edge
  • Translator Live
  • UrWeather
  • Video Breakdown
  • Visio Online
  • Windows do‘koni
  • Windows foto galereyasi
  • Windows Live pochtasi
  • Windows Live Yozuvchi
  • Windows Movie Maker
  • Xaritalar ilovasi
  • Xbox Game Pass
  • Xbox Live Gold
  • Xbox Live
  • Xbox Music
  • Xbox Store
  • Xbox va Windows o'yinlar, ilovalar hamda Microsoft tomonidan nashr etilgan veb-saytlar
To'liq matn
2018-yil, 1-mart0