MICROSOFT SOTUV SHARTLARI

2017-yil fevral oyida yangilangan

Microsoft’ning onlayn va chakana do'konlariga xush kelibsiz. "Do‘kon" deganda mahsulot va xizmatlar, jumladan qurilmalar, o‘yin konsollari, raqamli kontent, ilovalar, o‘yinlar, xizmatlar va yana ko‘p narsalarni ko‘rib chiqishingiz, olishingiz, xarid qilishingiz va baholashingiz mumkin bo‘lgan bizning onlayn va chakana maskanlarimizni bildiradi. Ushbu sotuv sharlari doirasiga ("Sotuv shartlari") Microsoft do‘koni, Office do‘koni, Xbox do‘koni, Windows do‘koni va mazkur sotuv shartlari doirasiga kiruvchi boshqa Microsoft xizmatlari kiradi (birgalikda "Do‘kon" deb yuritiladi). Do‘kon orqali Microsoft turli resurslarga, jumladan yuklab olish sohalari, dasturiy ta’minotlar, vositalar va dasturiy ta’minotlar haqidagi ma’lumotlar, xizmatlar va boshqa savdo amallariga kirish imkonini beradi (birgalikda "Xizmatlar" va do‘kon bilan qo‘shilganda "Do‘kon" deb yuritiladi). Do‘konda taklif qilingan mahsulotlar, xizmatlar va tarkiblarning ko‘plari Microsoft kompaniyasidan tashqari taklif qilingan uchinchi tomonlarning mahsulotlaridir. Do‘kondan foydalanish orqali yoki do‘kondan mahsulot va xizmatlarni xarid qilish orqali siz mazkur sotuv shartlarini, Microsoft'ning maxfiylik bayonnomasini (quyida maxfiylik va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishga qarang) hamda do‘kondagi yoki sotuv shartlarida iqtibos qilingan amal qiluvchi talab va shartlar, siyosatlar yoki majburiyatlardan voz kechishlarni (birgalikda "Do‘kon siyosatlari" deb yuritiladi) qabul qilgan hisoblanasiz va ularga o‘z roziligingizni bildirasiz. Do‘kon siyosatlarini yaxshilab o‘qib chiqishingizni tavsiya qilamiz. AGAR DO‘KON SIYOSATLARIGA O‘Z ROZILIGINGIZNI BILDIRMASANGIZ, DO‘KONDAN YOKI XIZMATLARDAN FOYDALANA OLMAYSIZ.

Agar mamlakatingiz yoki mintaqangizda Microsoft chakana do‘konimiz joylashgan bo‘lsa, ularda qo‘shimcha siyosatlari bo‘lishi mumkin. Microsoft istagan paytda avvaldan xabar bermasdan har qanday siyosatlarini yangilashi yoki o‘zgartirishi mumkin.

Do‘kondan foydalanishingizga oid shartlar

1. A’zolik hisob qaydnomasi. Agar do‘kon sizdan hisob qaydnomasini ochishni talab qilsa, tegishli ro‘yxatdan o‘tish shaklida talab etilgan ma’lumotlarni kiritish orqali ro‘yxatdan o‘tish jarayonini yakunashingiz shartdir. Shuningdek, sizdan hisob qaydnomasini ochish sharti sifatida alohida xizmat shartnomasini yoki alohida shartlarni qabul qilishingiz talab etilishi mumkin. Do‘konga kirishda qo‘llagan hisob qaydnomangizdan foydalanishingiz hamda Do‘kondan olgan kontentlaringiz Microsoft hisob qaydnomasining shartlari bilan boshqariladi. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun marhamat qilib Microsoft xizmat shartlarimizni ko‘ring. Hisob qaydnomangiz ma’lumotlarini va paroingizni maxfiy saqlashga o‘zingiz mas’ulsiz va ularda amalga oshiriladigan har qanday harakat uchun o‘zingiz javobgar hisoblanasiz.

2. Hisob qaydnomasidan g‘ayriqonunuy yoki taqiqlangan maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi. Do‘kondan va xizmatlardan foydalanishning sharti sifatida siz bironta noqonuniy maqsadda yoki mazkur sotuv shartlari, do‘kon siyosatlari yoki do‘kondan foydalanishingizga nisbata qo‘llaniladigan har qanday shart asosida taqiqlangan harakatlarni amalga oshirmaslikka kafolat berasiz. Siz do‘kondan Microsoft serveri yoki Microsoft'ning har qanday serveriga ulangan tarmoq(lar) ga shikast yetkazivchi, yuklab tashlashi yoki noto‘g‘ri ishlashga olib keluvchi yoki boshqa tarafning do‘kondan foydalana olishi va bahramand bo‘lishi mumkin tarzda foydalanishingiz mukmin emas. Do‘konga, Microsoft serveriga yoki do‘konga ulangan boshqa hisob qaydnomalarga, kompyuter tizimlariga yoki tarmoqqa buzib kirish, parolni o‘g‘irlash yoki boshqa vositalar yordamida ruxsatsiz kirishga harakat qilishingiz taqiqlanadi. Do‘konda atayin foydalanish uchun qo‘yilmagan har qanday material yoki ma’lumotlarni turli vositalar bilan olishingiz yoki olishga harakat qilishingiz taqiqlanadi. Siz har qanday uchinchi tomonning huquqlarini poymol qiluvchi, jumladan atayin shaxs, tashkilot yoki Microsoft'ga shikast yetkazuvchi tarzda do‘kondan foydalanishingiz taqiqlanadi. Do‘kon orqali olingan har qanday mahsulotni, ma’lumotlarni yoki xizmatlarni tijorat maqsadida tarqatishingiz, nashr qilishingiz, boshqaga litsenziyalashingiz yoki sotishingiz mumkin emas.

3. Microsoft'ga taqdim qiladigan yoki do‘konga joylashtiradigan materiallaringiz. Microsoft kompaniyasi Microsoft'ga taqdim qilgan materiallaringizga (jumladan fikr va mulohazalar, reytinglar, baholashlar va takliflar) yoki do‘kon yoki Microsoft'ning bog‘langan xizmatlariga ko‘rish uchun taqdim qilgan nashrlaringizga, kiritmalaringizga (alohida "Kiritma" birgalikda "Kiritmalar" deb yuritiladi) egalikni da’vo qilmaydi. Biroq siz Microsoft kompaniyasiga kiritmangizni, jumladan ismingizni va har qanday mediani ishlatish, o‘zgartirish, moslashtirish, qayta ishlash, undan hosil bo‘lgan ishlarni yaratish, tahrirlash, foydalanish, tarqatish va aks ettirish bo‘yicha mualliflik huquqini talab qilmaydigan bepul, muddatisz, qaytariqsiz, butun dunyo bo‘yicha, eksklyuziv bo‘lmagan va sub-litsenziya qilish huquqini taqdim qilasiz. Agar siz kiritmangizni hech qanday cheklovlarsiz keng onlayn ommada ko‘rilishi mumkin bo‘lgan joylarda nashr qilsangiz, kirtmangiz do‘konni va/yoki do‘konda taklif qilingan mahsulotlarni, xizmatlarni va kontentlarni promotsiya qilishi mumkin. Siz Microsoft'ga taqdim qilayotgan kiritmalaringizga nisbatan barcha tegishli va zarur huquqlarga ega ekanligingizga kafolat berasiz va shunday ekanligini namoyon qilasiz.

Kiritmalaringizdan foydalanilganligimiz uchun sizga hech qanday haq to‘lanmaydi. Microsoft har qanday kiritmani nashr qilish yoki foydalanish bo‘yicha hech qanday majburiyatni olmaydi va Microsoft har qanday kiritmani istagan paytda o‘z ixtiyoriga qarab olib tashlashi mumkin. Microsoft boshqalar do‘kondan foydalangan holda sizning kiritmalaringizni nashr qilish, yuklab qo‘yich yoki kiritish bo‘yicha hech qanday javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi va javobgarlikni nazarda tutmaydi.

Agar siz Do'kondagi ilovani baholasangiz yoki ko'rib chiqqaningizda siz ilova noshiridan kontentga ega elektron pochta xabarini Microsoft kompaniyasidan olishingiz mumkin.

4. Uchinchi tomon veb-saytlariga havolalar. Do‘konda uchinchi tomonlarning havolalari bo‘lishi mumkin, ularga kirish orqali siz do‘konni tark etasiz. Ushbu bog‘langan saytlar Microsoft tarafidan boshqarilmaydi, shu bois Microsoft bog‘langan saytdagi har qanday tarkib yoki undagi havola uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olmaydi. Microsoft sizga bunday havolalarni qulayligingiz uchun taqdim qiladi va ularni qo‘shib qo‘yilishi Microsoft saytni ma’qullaganligini bildirmaydi. Uchinchi tomonning veb-saytidan ana shu uchinchi tomon shartlari asosida foydalanasiz.

Sizga mahsulotlarni va XIZMATLARNI sotish bo‘yicha tegishli shartlar

5. Geografik jihatdan mavjudlik. Taqdim qilingan mahsulot va xizmatlar qurilma foydalanilayotgan mintaqaga qarab farqlanishi mumkin. Shuningdek, yetkazib berish siyosatlarimizga ko‘ra mahsulotlarni yetkazib berish yo‘nalishlarda cheklovlar bo‘lishi mumkin. Xaridingizni amalga oshirish uchun sizdan do‘kondan xarid qilayotgan mamlakat ichida haqiqiy billing va pochta manzilini kiritish talab etilishi mumkin.

6. Faqat oxirgi foydalanuvchilar. Do‘kondan mahsulot va xizmatlarni xarid qilishingiz uchun siz oxirgi foydalanuvchi bo‘lishingiz shart. Oli sotadiganlar xarid qilish huquqiga ega emaslar.

7. Eksport cheklovlari. Do‘kondan xarid qilingan mahsulot va xizmatlar bojxona va eksport nazorati qoidalariga muvofiq amalga oshirilishi mumkin. Siz amaldagi barcha xalqaro va mahalliy qonunlarga va qoidalarga amal qilishga o‘z roziligingizni bildirasiz.

8. Billing. Microsoft'ga to‘lov usulingizni taqdim qilish orqali siz: (i) to‘lov usulidan foydalana olishingiz ruxsatiga ega ekanligingizni va siz taqdim qilayotgan har qanday to‘lov ma’lumoti haqiqiy va to‘g‘ri ekanligini tasdiqlaysiz; (ii) to‘lov usulingizdan foydalangan holda Microsoft'ga har qanday mahsulot, xizmat yoki mavjud tarkib uchun haq olish ruxsatini berasiz; va (iii) Do‘kon ro‘yxatidan o‘tishni tanlagan yoki mazkur shartlar kuchga ega bo‘lgan davr ichida xizmatlarning haq olinadigan xususiyatlari uchun Microsoft'ga sizdan haq olish ruxsatini berasiz. Sizga to'liq tranzaksiyani amalga oshirib berishimizni va tranzaksiyalaringiz bilan bog'liq masala bo'yicha bog'lanishimiz uhun siz hisob qaydnomangizni va boshqa ma'lumotlaringizni, jumladan, elektron pochta manzilingizni hamda kredit karta raqamlarini va amal qilish muddatlarini tezlik bilan yangilashga o'z roziligingizni berasiz. Biz sizga to’lov sorovini (a) oldindan; (b) xarid qilish paytida; (c) xarid qilingandan so’ng qisqa muddat ichida; yoki (d) obunatlar uchun qaytarilib turadigan asosda qo’yamiz. Shuningdek, biz siz ruxsat bergan qiymat uchun haq olamiz va qaytariluvchi obunalar uchun qiymatda o’zgarish bo’lsa sizni oldindan va obunangiz shartlariga muvofiq xabardor qilamiz. Biz sizga bir vaqtning o'zida avval amalga oshirilmagan to'lovlar uchun bittadan ko'p bo'lgan hisoblash davrlariga hisob qo'yishimiz mumkin. Quyida avtomatik yangilashlarni qarang.

Agar siz har qanday xizmatdan foydalanayotgan bo'lsangiz, sinov muddati nihoyasiga yetishi bilan sizdan yangi haq undirilishining oldini olish uchun sinov xizmatlaringizni o'chirib tashlashingiz shart, agar sizga boshqacha xabar bersak, bu shartdan mustasnodir. Agar siz sinov muddati tugagandan so’ng xizmatni bekor qilmasangiz, sizdan mahsulot yoki xizmat uchun to‘lov usulingizdan haq olishimiz mumkin.

9. Qaytariluvchi to‘lovlar. Qachonki siz obuna asosda mahsulotlarni, xizmatlarni yoki kontentlarni xard qilsangiz (masalan, haftalik, oylik, har 3 oylik yoki yillik (amal qilishiga qarab)), siz tanlangan qaytariluvchi to‘lovga ruxsat bergan hisoblanasiz va to'lov siz tanlagan usulda Microsoft'ga obunani o'zingiz yoki Microsoft bekor qilgunga qadar yoki shartlarga muvofiq to'lashga roziligingizni bildirasiz. Qaytariluvchi to'lovlarga ruxsat berish orqali siz Microsoft-ga tegishli hisoblaringizda ushbu to'lovlarni (Avtomatik kliring uyi yoki shu kabi to'lovlar) yo elektron debit, yoki draft sifatida undirib olishga ruxsat bergan hisoblanasiz, yoki tegishli hisobingizga to'lov talabini qo'yishga (kredit karta yoki shunga o'xshash to'lovlar bo'lsa) (birgalikda, "elektron to'lovlar" deb yuritiladi) ruxsat bergan hisoblanasiz. Obuna to'lovlari odatda amal qiluvchi obuna davridan oldin talab qilinadi yoki undirib olinadi. Agar biron bir to'lov to'lanmasdan qaytarilsa, yoki shunga o'xshash kredit karta va o'xshash tranzaksiya rad qilinsa, Microsoft yoki uning xizmat provayderlari shunday elektron to'lovlarining har qanday qaytarib olingan yoki amaldagi qoununga muvofiq boshqa to'lov uchun haq olishlar huquqini saqlab qoladi.

10. Mahsulotning mavjudligi va miqdori hamda buyurtma berish cheklovlari. Mahsulot bo‘yicha siyosatlar va ularning mavjudligi oldindan xabar berilmasdan istagan paytda o‘zgartirilishi mumkin. Microsoft bir martalik xarid qilishda har bir hisob qaydnomaga, kredit kartaga, shaxsga yoki bir uyga xarid qilish chegarasini o‘rnatishi mumkin. Agar siz buyurtma bergan mahsulotlar yoki xizmatlar yo‘q bo‘lsa, siz bilan bog‘lanib muqobil mahsulotni taklif qilishimiz mumkin. Agar siz muqobil mahsulotni xarid qilmasangiz, buyurtmangizni bekor qilamiz.

Microsoft istagan paytda istagan buyurtmani rad qilishi yoki qaytarib yuborishi va pulingizni qaytarib berishi mumkin, bunga sabab, faqat bu bilan cheklanib qolmagan holda, belgilangan vaqt va shartlarda to‘lovni amalga oshirmaganligingiz, to‘lovingiz amalga oshirilmagan bo‘lishi mumkin yoki buyurtma berga mahsulot yoki xizmat mavjud bo‘lmasligi mumkin, narx sababi yoki boshqa xatoliklar bo‘lishi mumkin. Agar narx yoki boshqa xato tufayli buyurtma amalga oshmagan bo‘lsa, biz o‘z xohishimizga ko‘ra yo (a) buyurtmangiz yoki xaridingizni bekor qilishimiz mumkin, yoki (b) ko‘rsatmalar berish uchun siz bilan bog‘lanishimiz mumkin. Agar bekor qilinadigan bo‘lsa, sizning bog‘langan tarkibga kirishingiz o‘chirib qo‘yiladi.

Biz hisob qaydnomangiz bilan bog’langan tarkibga kirishingizni har qanday sababga ko’ra to’xtatib qo’yishimiz mumkin. Shuningdek, do‘konni yoki har qaysi boshqa ta’sirga uchragan yoki uchrashishi mumkin bo’lgan taraflarni himoya qilish maqsadida rasmiy qurilmangizdagi o’yinlarni, ilovalarni, tarkibni yoki xizmatlarni olib tashlashimiz yoki o’chirib qo’yishimiz mumkin. Ayrim tarkib va ilovalar vaqti-vaqti bilan ishlamasligi mumkin yoki cheklangan muddatga taqdim qilinishi mumkin. Mavjud bo‘lishi mintaqaga qarab ta’sirga uchrashi mumkin. Demakki, agar siz hisob qaydnomangizni yoki qurilmangizni boshqa mintaqaga o‘zgartirsangiz, siz xarid qilgan tarkib yoki ilovalaringizni qayta o’rnata olmaysiz yoki qayta oqimlay olmaysiz; masalan, agar sizni qayd hisobingizni boshqa mintaqaga o’zgartirsangiz avvalgi mintaqangizda sotib olgan tarkib va ilovalaringizni qaytadan xarid qilishingizga to’g’ri kelishi mumkin. Tegishli qonunda talab qilingan shartlar istisno qilingan holda biz xarid qilingan tarkib yoki ilovani qayta yuklash yoki almashtirib berish majburiyatini olmaymiz.

11. Yangilanishlar. Agar talab qilinsa, Microsoft avtomatik tarzda siz Do'kon tizimiga kirmagan bo'lsangiz ham ilovalarning yangilanishlarini tekshiradi va yuklab oladi. Agar Do‘kondan olingan lovalarning yangilanishlarni olishni xohlamasangiz, sozlamalarini o‘zgartirishingiz mumkin. Biroq butunlay yoki qisman onlayn rejimida ishlaydigan Office do‘koni ilovalari ilova ishlab chiquvchisi tarafidan istalgan vaqtda sizdan beruxsat yangilanishi mumkin.

12. Dasturiy ta’minot litsenziyalari va foydalanish huquqlari. Do‘kon orqali olinadigan dasturiy ta’minot yoki raqamli tarkib sizga litsenziyalab beriladi, sotilmaydi. Do‘kondan bevosita yuklab olingan ilovalar [https://go.microsoft.com/fwlink/p/?linkid=838610&clcid=0x0443] saytida joylashgan Standart ilova litsenziya shartlariga ("SALT") muvofiq boshqariladi. Agar ilova bilan alohida litsenziya shartlari kelgan bo‘lsa, bundan mustasno. (Office do‘konidan yuklab olingan ilovalar SALT bilan boshqarilmaydi, ular alohida litsenziya shartlariga ega). Do‘kon orqali olingan ilovalar, o‘yinlar va boshqa raqamli tarkiblar https://go.microsoft.com/fwlink/p/?LinkId=723143 saytida joylashgan foydalanish qoidalari asosida boshqariladi. Siz shu narsani tushunishingiz va tan olishingiz kerakki, ushbu Raqamli mahsulotlarga nisbatan huquqlaringiz ushbu sotuv shartlari, mualliflik huquqi qonunlari hamda yuqorida havola qilingan foydalanish qoidalari bilan cheklangandir. Microsoft chakana do‘konida xarid qilingan dasturiy ta’minot o‘zi bilan kelgan litsenziya shartnomasi bilan boshqariladi va sizdan dasturiy ta’minotni o‘rnatayotganingizda, ana shu litsenziya shartnomasini qabul qilishingiz so‘raladi. Dasturiy ta’minotni har qanday qayta ishlash yoki qayta tarqatish yoki litsenziya shartlarini, foydalanish qoidalarini va amaldagi qonunlarni buzgan holda sotish taqiqlanadi va qattiq ma’muriy hamda jinoyi javobgarlikka tortishga sabab bo‘lishi mumkin. Qonunni buzganlar maksimal ravishda qonun doirasida ta’qin qilinadi.

AGAR HAR QANDAY DASTURIY TA’MINOTNI OCHISHDAN OLDIN QUTILI DASTURIY TA’MINOTNING AMALDAGI LITSENZIYA NUSXASINI BEPUL OLISHNI ISTASANGIZ, MARHAMAT QILIB MICROSOFT CHAKANA DO‘KONIGA (QUYIDAGI BO‘LIMDA XABARNOMALAR VA MULOQOTDA KO‘RSATILGANDEK) MUROJAAT QILING.

BOSHQA TALAB VA SHARTLAR. Dasturiy ta’minotga va boshqa yuklab olinadigan mahsulotlarga, xarid qilish yoki do‘kondan sinov uchun olinadigan mahsulotlarga qo‘shimcha ravishda alohida oxirgi foydalanuvchi litsenziya shartnomalari, foydalanish shartlari, xizmat shartlari va boshqa talab va shartlarni qabul qilish so‘ralishi mumkin. Agar siz ana shu mahsulotlarni xarid qilsangiz yoki ulardan foydalansangiz, sizdan shuningdek, xarid qilish, o‘rnatish yoki foydalanish sharti sifatida ularning talablarini qabul qilishingiz kerak bo‘ladi.

QULAYLIGINGIZ UCHUN MICROSOFT DO‘KON YOKI XIZMATLARNING YOKI DASTURIY TA’MINOTNING BIR QISMI SIFATIDA SOTILGAN MAHSULOT YOKI XIZMATLARNING BIR QISMI BO‘LMAGAN HOLDA VOSITA VA UTILITALARDAN FOYDALANISH VA/YOKI YUKLAB OLISH IMKONINI BERIB QO‘YISHI MUMKIN. AMALDAGI QONUN RUXSAT ETGAN DOIRADA MICROSOFT MAZKUR VOSITALAR YOKI UTILITALAR NATIJASINING YOKI XULOSASINING TO‘G‘RILIGIGA HECH QANDAY KAFOLAT BERMAYDI.

Do‘kon orqali olingan yoki dasturiy ta’minot bilan kelgan vosita va utilitalardan foydalanganda iltimos, boshqalarning mualliflik huquqlarini hurmat qiling.

13. Dasturiy ta’minot kodlari va tarkib yuklab olishlari. Muayyan dasturiy ta’minot yoki tarkibni xaridingiz bilan bog‘liq bo‘lgan Microsoft hisob qaydnomangizda havola taqdim qilish orqali sizga yetkazib beriladi. Quyidagi bandga havola qilgan holda biz odatda ana shu xaridlar uchun yuklab olish havolasini va tegishli raqamli kalitni xarid amalga oshirilgan kundan boshlab Microsoft hisob qaydnomangizda odatda 3 davomida saqlaymiz, biroq biz ularni muayyan vaqt davomida saqlab beramiz deb vada qilmaymiz. Sizga yuklab olish havolasini taqdim qilish orqali obunali mahsulotlarga nisbatan turli muddat va saqlash huqulari qo‘llanilishi mumkin. Ularni obuna bo‘layotganingizda ko‘rib chiqib o‘z roziligingizni berishingiz kerak bo‘ladi.

Siz bizning istagan paytda raqamli kalit saqlash dasturini bekor qilishimiz yoki o‘zgartirishimizga o‘z roziligingizni bildirasiz. Shuningdek, siz bizning istagan paytda va ustagan sababga ko‘ra, masalan mahsulotni qo‘llab-quvvatlash vaqti nihoyasiga yetganida bir yoki bir necha mahsulot uchun kalitni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishimizga o‘z roziligingizni bergan hisoblanasiz. Ushbu amaldan so‘ng siz raqamli kalitga kira olmaysiz yoki havolani yuklab olishga kira olmaysiz. Agar biz hisob qaydnomangizda yuklab olish havolasini yoki raqamli kalit(lar)ni yuklab olishga kira olmaydigan darajada dasturni bekor qilsak yoki o‘zgartirsak, sizga bu haqda tegishli Microsoft hisob qaydnomasiga 90 kun oldin xabarnoma yuboramiz.

14. Narxlar. Agar mamlakatingiz yoki mintaqangizda bizning Microsoft chakana do‘konimiz bo‘lsa, narxlar, mahsulotni tanlash va taqdim qilingan promoaksiyalar onlayn do‘kondagidan farqlanishi mumkin. Amaldagi qonunda ruxsat etilgana darajada Microsoft kompaniyasi onlay taklif qilingan narx, mahsulot yoki promoaksiyani Microsoft chakana do‘konida bo‘lishiga yoki teskarisi bo‘lishga kafolat bermaydi.

Do‘kon narxlarnig mos kelishiga kafolat bermaydi. Reklama qilingan narx bilan xuddi shu narsani boshqa chakana sotuvchilar taklif qilgan narx mos bo‘lishiga kafolat bermaymiz.

Ayrim mahsulotlarning chiqishi oldidan ularga oldindan buyurtma berish opsiyasini taklif qilishimiz mumkin. Oldindan buyurtma berish siyosatlarimiz haqida ko‘proq bilib olish uchun, marhamat qilib bizning Oldindan buyurtma berish sahifamizga https://go.microsoft.com/fwlink/p/?linkid=834935&clcid=0x0443 qarang.

O‘zgacha shart kelmagan bo‘lsa, do‘konda ko‘rsatilgan narxga xarid qilishingiz paytida olinadigan soliq va to‘lovlar ("Soliqlar") qo‘shilmagan bo‘ladi. Do‘konda ko‘rsatilgan narxlarga shuningdek, yetkazib berish xarajatlari ham kiritilmagan. Soliqlar va yetkazib berish xarajatlari (qo‘llanilgan taqdirda) sotib olishni yakunlash sahifasida ko‘rsatiladi. Bunday soliqlar yoki xarajatlarni qoplashga faqat o‘zingiz mas’ul hisoblanasiz.

Yashash mamlakatingizga qarab ayrim tranzaksiyalar chet el valyuta ayirboshlashi yoki boshqa mamlakatda to'lanishi talab etilishi mumkin. Ana shu xizmatlardan foydalanish uchun kredit yoki debit kartangizdan foydalanganingizda, bankingiz sizdan qo'shimcha haq olishi mumkin. Batafsil ma'lumot olish uchun bankingizga murojaat qiling.

15. Avtomatik yangilashni tanlash. Mamlakatingizda, mintaqangizda, viloyatingizda/hududingizda yoki shtatingizda avtomatik yangilashlar ruxsat berilgan bo‘lsa, belgilangan xizmat muddati tugaganda mahsulot yoki xizmatlarni avtomatik yangilashni tanlashingiz mumkin. Xizmatlarni avtomatik yangilash opsiyasini tanlaganligingiz haqida sizga eslatma berganimizdan so'ng, joriy mahsulot yoki xizmat muddati tugashi bilan mahsulot va xizmatlaringizni avtomatik tarzda yangilaymiz va sizdan joriy tarifda xizmat haqini undirib olamiz, agar quyida keltirilgandek mahsulot va xizmatlarni bekor qilishni tanlagan bo'lsangiz, bundan mustasno. Sizga xizmatlar yangilanishi uchun, yangilash sanasida bo'ladimi yoki keyinroqmi, tanlangan to'lov usulingizga hisob qo'yishimizni eslatib o'tmoqchimiz. Yangilanish sanasidan oldin mahsulot va xizmatlarni bekor qilishingiz mumkin. Sizga yangilanish uchun to’lov qo’yilishning oldini olish uchun yangilanish sanasidan oldin bekor qilishingiz kerak.

16. Qaytarib berish siyosati. Mumkin bo‘lgan mahsulotlarni xarid qilingan yok yuklab olingan kundan boshlab 14 kun ichida qaytarib berish va almashtirib berish majburiyatini olamiz. Mahsulotni shunchaki yangi holatda qadog‘i ochilmagan holda barcha tarkibiy qismlar, foydalanish yo‘riqnomalari va hujjatlari bilan qaytarib bering. Ushbu qaytarib berish siyosati har qanday amaldagi majburiy huquqlaringizga ta’sir qilmaydi.

Qadoqli dasturiy ta’minot va o‘yinlar plmbalari buzilmagan holda barcha media va mahsulot kalitlariga ega bo‘lgan holda qaytarib berilishi shart. Cheklangan istisno sifatida, qadog‘i ochilgan dasturiy ta’minot va o‘yinlar litsenziya shartlariga rozi bo‘lmagan taqdiringizda qaytarib olinishi mumkin, basharti bironta nusxasidan foydalanmagan bo‘lishingiz kerak.

Ayrim narsalarni qaytarib berish mumkin emas; qonun yoki mahsult taklifida boshqacha shart ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, ushbu turdagi barcha mahsulotlar yakuniy va qaytarib berilmaydigan hisoblanadi:

raqamli ilovalar, o‘qyinlar, ilova ichidagu kontent va obunalar, musiqalar, kinolar, TV dasturlar va bog‘langan tarkiblar;

sovg‘a kartalari va xizmat/obuna kartalari (masalan, Skype, Xbox Live, Groove Music Pass);

shaxsiylashtirilgan yoki shaxsiy sozlangan mahsulotlar;

maxsus buyurtma berilgan mahsulotlar, agar do‘kon promoaksiya taklifining bir qismi bo‘lmasa;

tasodifiy kirish xotirasi ("RAM") mahsulotlari;

ishlatilgan yoki qo‘llanilgan xizmatlar; va

bojxona ro‘yxatidan o‘tgan narsalar yoki "Yakuniy sotuv" yoki "Qaytarib berilmaydi" kabi belgilarga ega mahsulotlar.

Qachonki siz mahsulot sifati tufayli uni qaytarsangiz, yetkazib berish hamda tayyorlash (agar shundayi bo‘lsa) xarajatlarini chiqarib tashlagan holda to‘liq qiymatini qaytarib beramiz, qaytarilgan pulni 3-5 ish kuni davomida olasiz. Buyurtmani amalga oshirish uchun foydalanilgan har qanday to‘langan pul xuddi shu hisob qaydnomaga xuddi amalga oshirilgan to‘lov usuli bilan qaytariladi (pulni do‘kon kredit hisobiga qaytarishni tanlasangiz, bundan mustasno).

Mahsultlarni qanday qaytarish bo‘yicha batafsil ma’lumot olish uchun Qaytarishlar va to‘lovlarni qoplab berish sahifamizni https://go.microsoft.com/fwlink/p/?linkid=723276&clcid=0x0443 ko‘ring.

Agar siz Tayvanda istiqomat qilsangiz, shuni yodda tutingki, Tayvan iste'molchilar huquqini himoya qilish qonuniga va tegishli qonunosti hujjatlariga muvofiq nomoddiy va/yoki onlayn xizmat shaklida taqdim qilingan raqamli tarkiblarga tegishli barcha xaridlar, agar ular onlayn tarzda taqdim qilingan bo'lsa, yakuniy va qaytarib berilmaydigan hisoblanadi. Siz har qanday "sovish muddati" yoki to'lovni qaytarib olish imkoniga ega bo'lmaysiz.

17. Sizga to'lanadigan to'lovlar. Agar biz sizga to'lov qarz bo'lsak, siz bizga ana shu to'lovni to'lab berishimiz uchun o'z vaqtida va to'g'ri malumot taqdim qilishga rozi ekanligingizni bildirasiz. Mazkur to'lov natijasida vujudga keladigan har qanday soliq va to'lovlarni qoplash sizning majburiyatingiz hisoblanadi. Amaldagi qonunda ruxsat etilgan doirada siz har qanday to'lovga bo'lgan huquqingizga nisbatan qo'yiladigan shartlarimizni bajarishingiz shart. Agar sizga xatolik bilan to'lov amalga oshirilgan bo'lsa, biz uni qaytarib olishimiz yoki sizdan qaytarib berishingizni talab qilishimiz mumkin. Ana shu narsalarni amalga oshirishdagi harakatlarimizda bizga ko'makchi bo'lishingizga o'z roziligingizni bildirasiz. Shuningdek, sizdan oldin to'langan har qanday ortiqcha to'lovlar uchun sizni xabardor qilmasdan ana shu to'lovdan chegirib qolishimiz mumkin.

18. Sovg’a kartalari. Microsoft chakana do‘konidan xarid qilingan sovg‘a kartalari https://www.microsoftstore.com/store/msusa/html/pbPage.Help_Retail_Stores#GiftCards saytida joylashgan Chakana sovg‘a kartasi shartnomasi bilan tartibga solinadi

Skype sovg‘a kartalari haqidagi ma’lumotlarni Skype’ning yordam sahifasida ko‘rish mumkin (https://support.skype.com/en/faq/FA12197/what-is-a-skype-gift-card-and-where-can-i-buy-one).

Qoplab berish va Microsoft'ning boshqa sovg‘a kartalari Microsoft'ning sovg‘a kartalarining talab va shartlari bilan boshqariladi (https://commerce.microsoft.com/PaymentHub/Help/Show/toc_link_no_62).

19. Mijozlarga xizmat ko‘rsatish. Mijozlarga xizmat ko‘rsatish opsiyalari bo‘yicha ko‘proq ma’lumot olish uchun bizning Sotuvlar va qo‘llab-quvvatlash sahifamizga https://go.microsoft.com/fwlink/p/?linkid=824761&clcid=0x0443 tashrif buyuring.

UMUMIY SHARTLAR

20. O‘zgartirishlar kiritsh bo‘yicha shartlar. Microsoft istagan paytda sizni xabardor qilmasdan mazkur Sotuv shartlariga o‘zgartirishlar kiritishi mumkin. Amaldagi sotuv shartlari buyurtma berayotgan paytingizda xaridingizni boshqaradi va bizning o‘rtamizda xarid shartnomasi vazifasini bajaradi. Keyingi xaridingizdan avval Microsoft sotuv shartlariga sizni xabardor qilmasdan o‘zgartirish kiritgan bo‘lishi mumkin. Har safar do‘konga kirganingizda marhamat qilib Sotuv shartlarini ko‘rib chiqing. Xaridni amalga oshirgan paytingizda kelgusida ma’lumot uchun Sotuv shartlarini saqlab qo‘yishingizni yoki chop qilib olishingizni tavsiya qilamiz.

21. Yoshga oid cheklovlar. Do‘kondan foydalanishingizga, jumladan xaridlaringizga nisbatan yosh cheklovlari qo‘llanilishi mumkin.

22. Maxfiylik va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish. Sizning maxfiyligingiz biz uchun muhim. Sizdan to'planadigan muayyan ma'lumotlarni do‘konni ishlatish va taqdim qilish uchun ishlatamiz. Iltimos, Microsoft maxfiylik bayonnomasini o'qing, chunki u siz va qurilmalaringiz ("Ma'lumotlarni") hamda ma'lumotlaringizdan qanday foydalanayotganingiz haqidagi ma'lumotlarni yig'ish amaliyotimizni tushuntirib beradi. Maxfiylik bayonnomasi shuningdek, boshqalar bilan bo'lgan muloqotlaringizni, Xizmatlar orqali Microsoft kompaniyasiga yuborgan nashrlaringiz yoki fikr va mulohazalaringizni do‘kon orqali qurilmalarda yuklab qo'yadigan, saqlaydigan yoki baham ko'radigan fayllar, fotosuratlar, hujjatlar, audio yozuvlar, raqamli ishlar va videolar ("Tarkibingiz") haqida tavsiflab beradi. Do‘kondan foydalanishingiz orqali siz Maxfiylik bayonnomalarida tavsifi kelgandek tarkibingiz va ma’lumotlaringizni Microsoft tomonidan oshkor etilishiga o’z roziligingizni bildirgan bo’lasiz.

23. Mahsulot aks etishi va ranglar. Microsoft mahsulot ranglari va tasvirarini aniq aks ettirishga harakat qiladi, biroq qurilmangiz ekranida yoki monitoringizda ko‘rgan rang bilan mahsulot rangiz aniq bir xil bo‘lishiga kafolat bermaydi.

24. Do‘kon taqdimotlaridagi xatoliklar. Biz ma’lumotlarni aniq nashr etish, do‘konni tez-tez yangilab turish va xatolar aniqlanganda ularni to‘g‘irlash ustida qattiq ishlar olib boramiz. Shunday bo‘lsa ham, do‘kondagi har qanday kontent xatolikka ega bo‘lishi yoki berilgan vaqtda muddati o‘tgan bo‘lishi mumkin. Biz istagan paytda do‘konga, jumladan narxlarga, xususiyatlarga, takliflarga va mavjudligiga o‘zgartirish huquqini saqlab qolamiz.

25. Foydalanishni yoki kirishni bekor qilish. Microsoft istagan paytda har qanday sabab bilan, jumladan lekin bu bilan cheklanmagan holda, mazkur sotuv shartlarini yoki do‘kon siyosatlarini buzsangiz yoki do‘kon Microsoft tarafidan boshqa ishlatilmasa, hisob qaydnomangizni yoki do‘kondan foydalanishingizni bekor qilishi mumkin. Do‘kondan foydalanish orqali siz bunday bekor qilishdan oldin har qanday buyruq yoki to‘lagan to‘lovingiz uchun o‘singiz javobgar hisoblanasiz (mazkur shartlarga muvofiq). Microsoft sizni oldindan xabardor qilmasdan turib istagan paytda istagan sabab bilan do‘konga o‘zgartirish kiritishi mumkin, to‘xtatib qo‘yishi mumkin yoki boshqacha usulda bekor qilishi mumkin.

26. Kafolatlar va to‘lovlarni qoplab berishdagi cheklovlar. MAHALLIY QONUNLARINGIZ RUXSAT BERGAN DOIRADA MICROSOFT VA UNING YETKAZIB BERUVCHILARI, DISTRIBYUTORLARI, AGENTLARI VA TARKIB TAQDIM QILUVCHILARI MAHSULOT ISHLASHIGA, QONIQARLI SIFATIGA, MUAYYAN MAQSADGA MUVOFIQLIGIGA, YUQORI DARAJALIGIGA YOKI BIRON TOMONNING HUQUQINI BUZMASLIGIGA OCHIQ YOKI NAZARDA TUTILGAN KAFOLATLAR VA SHARTLARNI TAQDIM QILMAYDI. SOTILGAN YOKI DO‘KONDA MAVJUD MAHSULTLAR YOKI XIZMATLAR BIRGA KELGAN HAR QANDAY LITSENZIYA SHARTNOMALARI YOKI ISHLAB CHIQARUVCHINING KAFOLATLARI BILAN KAFOLATLANADI. BIRGA KELGAN LITSENZIYA SHARTNOMASINI, ISHLAB CHIQARUVCHI KAFOLATLARINI HAMDA MAJBURIY HUQUQLARINGIZNI ISTISNO QILGAN HOLDA:

XARIDINGIZ VA FOYDALANISHINGIZGA O‘ZINGIZ MAS’ULSIZ;

MAHSULOTLARNI VA XIZMATLARNI "BORICHA", "BARCHA XATOLARI BILAN" VA "MAVJUDLIGICHA" TAQDIM QILAMIZ;

SIZ ULARNING SIFATI VA ISHLASHI BO‘YICHA XAVFLARNI O‘Z ZIMMANGIZGA OLASIZ; VA

BARCHA ZARUR XIZMAT HAMDA TUZATISH ISHLARI BO‘YICHI XARAJATLARNING QOPLANISHINI O‘Z ZIMMANGIZGA OLASIZ.

MICROSOFT DO‘KON YOKI XIZMATLARDAGI MAVJUD MA'LUMOTLARNING TO'G'RILIGI VA O'Z VAQTIDALIGIGA KAFOLAT BERMAYDI. KOMPYUTER VA TELEKOMMUNIKATSION TIZIMLAR BEXATO EMASLIGINI VA BA'ZIDA TASODIFIY ISHLAMAY QOLISHLIK KABI XATOLAR YUZ BERISHINI TAN OLASIZ. BIZ DO‘KONNING YOKI XIZMATLARNING UZLUKSIZLIGI, O’Z VAQTIDALIGI, XAVFSIZLIGI, XATOSIZLIGI YOKI TARKIBINGIZ YO’QOLISHLIGIGA KAFOLAT BERMAYMIZ.

Agar mazkur Sotuv shartlaridan tashqari sizda do‘kon, xizmatlar yoki har qanday taklif qilingan xizmatga BOG‘LIQ yoki shulardan kelib chiqqan holda AMALDAGI QONUN RUXSAT ETGAN DOIRADA zararlaringizni qoplashga asoslaringiz bo‘lsa, sizga Microsoft tarafidan yoki uning ITS yetkazib beruvchilari, agentlari, distribyutorlari va kontent taqdim qiluvchilaridan TO‘G‘RIDAN TO‘G‘RI zararlarini qoplab berish miqdori (1) har qanday xizmatning, obunaning yoki xuddi shu to‘lovning (apparatning, dasturiy ta’minotning, qo‘llab-quvvatlash xizmatining yoki uzaytirilgan kafolatning narxini qo‘shmagan holda) bir oylik miqdorigacha yoki (2) agar xizmat, obuna yoki xuddi shu to‘lov bo‘lmasa, $100.00 AQSh dollarigacha bo‘lishi mumkin.

MAHALLIY QONUNINGIZ DOIRASIDA MUAYYAN HUQUQLARGA EGA BO'LISHINGIZ MUMKIN. AGAR ULAR QO‘LLANILGUDEK BO‘LSA MAZKUR SHARTNOMADA NAZARDA TUTILGAN HECH QAYSI SHART ULARGA TA’SIR ETOLMAYDI.

Yangi Zelandiyalik iste'molchilariga, Yangi Zelandiya iste'molchilar qonuni bilan tasdiqlangan kafolatlarga egasiz va mazkur shartnomadagi hech narsa ana shu huquqlarga ta'sir eta olmaydi.

27. Microsoft-ning shartnoma tuzish tashkiloti. SIZ AMALDAGI QONUN RUXSAT ETGAN DOIRADA BOSHQA HAR QANDAY ZARARLAR YOKI YO‘QOTISHLAR, JUMLADAN KEYINCHALIK, MAXSUS, BILVOSITA, TASODIFIY YOKI ATAYIN KELTIRILGAN ZARARLAR, FOYDA YO‘QOTISHLAR UCHUN TO‘LOVLARNI QOPLAY OLMASLIGINGIZGA O‘Z ROZILIGINGIZNI BERGAN HISOBLANASIZ. 26 VA 27-BO‘LIMLARDAGI cheklovlar va istisnolar zarar ko‘rsangiz ham hatto shu zararlarni bilgan bo‘lsak yoki bilishimiz kerak bo‘lganda ham amal qiladi. AYRIM SHTATLAR YOKI VILOYATLAR/HUDUDLAR TASODIFIY YOKI BIRON SABAB NATIJASIDA KELIB CHIQQAN ZARARLARNING ISTISNO YOKI CHEKLOVLARIGA RUXSAT BERMAYDI, SHU BOIS YUQORIDAGI CHEKLOV YOKI ISTISNOLAR SIZGA NISBATAN AMAL QILMASLIGI MUMKIN.

Amaldagi qonun ruxsat etgan maksimal darajada, mazkur cheklovlar va istisnolar barcha SHIKOYATLARGA, QONUN NAZARIYASI OSTIDA, qaysiki do‘kon, xizmatlar, mazkur stuv shartlari, yoki taklif qilingan har qanday mahsulot yoki xizmat, jumladan kontent yo‘qolishi, do‘kon yoki xizmatlardan foydalanishingizga ta’sir qiluvchi virus yoki ZARARLI dasturlar, yoki DO‘KONDAN OLINGAN HAR QANDAY MAHSULOT YOKI XIZMATLAR, va kechikishlar yoki uzatish yoki tranzaksiya paytida xatoliklarga nisbatan amal qiladi.

28. Mazkur shartlarni talqin qilish. Mazkur sotuv shartlarining barcha qismlari tegishli qonun doirasida maksimal ravishda qo‘llaniladi; siz istiqomat qilayotgan yurisdiksiyangizda (yoki agar firma bo‘lsangiz, firmangiz joylashgan joyda) ko‘proq huquqlarga ega bo‘lishingiz mumkin. Agar mazkur Sotuv shartlarining u yoki bu qismini yozilgandek ishlata olmaymiz deb topilsa, biz tegishli qonun doirasida amal qiladigan xuddi shunday kuchga ega bo’lgan sotuv shartlari bilan almashtirishimiz mumkin, biroq shartlarning qolgan qismlari o’zgarmaydi. Ushbu sotuv shartlari faqat siz bilan bizning foydalanishimiz uchun tuzilga; Microsoft'ning huquqiy vorislari va keyingi huquq egalaridan boshqa hech kimning foydalanishi uchun emas. Agar mahsulot yoki xizmatlarni Microsoft'ning boshqa veb-saytlaridan xarid qilsangiz, boshqa shartlar sizga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.

29. Huquqlarni boshqalarga tayinlash. Amaldagi qonun ruxsat bergan doirada mazkur sotuv shartlari doirasidagi huquq va majburiyatlarimizni butunlay yoki qisman istagan vaqtda sizni oldindan xabardor qilmasdan boshqalarga tayinlashimiz, uzatishimiz yoki boshqacha tasarruf etishimiz mumkin. Siz mazkur sotuv shartlari doirasidagi har qanday huquqingizni boshqasiga tayinlashingiz yoki uzatishingiz mumkin emas.

30. Xabarnomalar va muloqotlar. Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash boyicha so‘rovlar yubormoqchi bo‘lsangiz marhamat qilib do‘kondagi Sotuvlar va qo‘llab-quvvatlash sahifasiga qarang. Tortishuvlar yuzaga kelgudek bo‘lsa, ushbu bo‘limdagi hal etish jarayoniga qarang.

31. Shartnoma tuzilayotgan tashkilot, qonun va kelishmovchiliklarni hal etish joyi.

a. Qo'shma Shtatlari va Kanadadan tashqari Shimoliy yoki Janubiy Amerika. Agar siz (yoki siz kompaniya bo'lsangiz, va bosh ofisingiz) Qo'shma Shtatlardan tashqari Shimoliy yoki Janubiy Amerikada joylashgan bo'lsangiz siz One Microsoft Way, Redmond, WA 98052, U.S.A manzilida joylashgan Microsoft Corporation bilan shartnoma tuzgan bo'lasiz. Vashington shtati qonunlari mazkur sotuv shartlarini talqin qilish, uni buzishda shikoyat qilish, va boshqa barcha da'volarni ochishni (jumladan, iste'molchi huquqini himoya qilish, adolatsiz raqobat, va g'ayriqonuniy harakat uchun da'volar) qonun normalari tanloviga zid keladimi yo'qmi, boshqaradi. Boshqa barcha da'volar (shu jumladan iste'molchilar huquqlarini himoya qilish shtat qonunlari asosidagi da'volar, insofsiz raqobatchilik haqidagi qonunlar va inson qonunbuzarliklari) do‘kon va xizmatlarimizni taqdim qiluvchi siz yashaydigan mamlakat qonunlari tomonidan tartibga solinadi.

b. Yaqin Sharq yoki Afrika. Agar siz (va agar yuridik shaxs bo‘lsangiz, sizning yuridik manzilingiz joylashgan joy) Yaqin Sharq yoki Afrikada istiqomat qilsangiz, Atrium Building, Block B, Carmanhall Road, Sandyford Industrial Estate, Dublin 18, Irlandiya manzilida joylashgan Microsoft Ireland Operations Limited kompaniyasi bilan shartnoma tuzgan bo‘lasiz. Sotuv shartlariga nisbatan Irlandiya qonunlari Shartnomani talqin qiladi va qonun tamoyillari ixtilof qilishidan qat’i nazar uning buzgani bo’yicha shikoyatlarga amal qiladi. Boshqa barcha da'volar (shu jumladan iste'molchilar huquqlarini himoya qilish shtat qonunlari asosidagi da'volar, insofsiz raqobatchilik haqidagi qonunlar va inson qonunbuzarliklari) do‘kon va xizmatlarimizni taqdim qiluvchi siz yashaydigan mamlakat qonunlari tomonidan tartibga solinadi. Siz va biz mazkur Sotuv shartlari yoki do‘kon yuzasidan kelib chiqadigan tortishuvlarni Irlandiya sudlarga hal qilish yurisdiksiyasini berishga kelishgan hisoblanamiz.

c. Quyida ro‘yaxti kelgan mamlakatdan tashqari Osiyo va Janubiy tinch okeani mamlakatlari. Agar siz (yoki siz kompaniya bo'lsangiz, va bosh ofisingiz) Osiyoda (Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi yoki Tayvandan tashqari) yashasangiz, siz Nevada shtati, AQSh, qonunlariga muvofiq ta'sis etilgan va hamda Singapur va Gonkongda bo‘limlariga ega va bosh ofisi 438B Alexandra Road, #04-09/12, Block B, Alexandra Technopark, Singapur, 119968 manzilida joylashgan Microsoft Regional Sales Corporation firmasi bilan shartnoma tuzga hisoblanasiz. Mazkur Sotuv shartlarini ularning buzilishini Vashington shtati qonunlari qonun tamoyillariga zid kelishida qat’i nazar talqin qiladi. Boshqa barcha da'volar (shu jumladan iste'molchilar huquqlarini himoya qilish shtat qonunlari asosidagi da'volar, insofsiz raqobatchilik haqidagi qonunlar va inson qonunbuzarliklari) do‘konni taqdim qiluvchi siz yashaydigan mamlakat qonunlari tomonidan tartibga solinadi. Mazkur Sotuv shartlari yoki do‘kon bilan bog’liq har qanday tortishuvlar, jumladan ularning mavjudligi, haqiqiyligi yoki bekor bo’lishi, Singapur xalqaro arbitraj markazidagi (SIAC) Singapur arbitrajida hal etiladi va uning qoidalari mazkur jumlaga kiritilgan hisoblanadi. Arbitraj SIAC Prezidenti tomonidan tayinlangan bitta arbitrdan tashkil topadi. Arbitraj ingliz tilida olib boriladi. Arbitrning qarori qat'iy, majburiy va e'tirozga o'rin qoldirmaydigan bo'lib har qanday mamlakat yoki mintaqadagi sudda asos bo'lib xizmat qiladi.

d. Yaponiya. Agar siz (yoki siz kompaniya bo'lsangiz, va bosh ofisingiz yuridik manzili) Yaponiyada joylashgan bo'lsangiz, siz Shinagawa Grand Central Tower, 2-16-3 Konan Minato-ku, Tokio 108-0075 manzilida joylashgan Microsoft Japan Co., Ltd (MSKK) kompanyiasi bilan shartnoma tuzgan bo'lasiz. Yaponiya qonunlari mazkur Sotuv shartlarini va u yoki do‘kob bilan bog’liq yuzaga keladigan har qanday masalalarni boshqaradi.

e. Koreya Respublikasi. Agar siz (yoki siz kompaniya bo'lsangiz, va bosh ofisingiz yuridik manzili) Koreya Respublikasida istiqomat qilsangiz Microsoft Korea, Inc., 11th Floor, Tower A, K-Twin Tower, Jongro 1 gil 50, Jongro-gu, Seoul, Republic of Korea, 110-150 bilan Shartnoma tuzgan hisoblanasiz. Koreya Respublikasi qonunlari mazkur shartlarni va u yoki do‘kob bilan bog’liq yuzaga keladigan har qanday masalalarni boshqaradi

f. Tayvan. Agar siz (yoki siz kompaniya bo'lsangiz, va bosh ofisingiz yuridik manzili) Tayvanda istiqomat qilsangiz, 18F, No. 68, Sec. 5, Zhongxiao E. Rd., Xinyi District, Taypey 11065, Tayvanda joylashgan Microsoft Taiwan Corporation bilan shartnoma tuzgan hisoblanasiz. Tayvan qonunlari mazkur Sotuv shartlarini va u yoki do‘kob bilan bog’liq yuzaga keladigan har qanday masalalarni boshqaradi. Microsoft Taiwan Corporation Bo’yicha batafsil ma’lumot olish uchun, iltimos, R.O.C. Iqtisodiy ishlar vazirligi tomonidan taqdim qilingan veb-saytga qarang. (https://gcis.nat.gov.tw/main/index.jsp). Siz va biz mazkur shartlar yoki do‘kon yuzasidan kelib chiqadigan tortishuvlarni Taypey tuman sudlarga birinchi instansiya sudi sifatida asl hal qilish yurisdiksiyasini Tayvan qonunlari maksimal ruxsat berilgan darajada tayinlashga kelishgan hisoblanamiz.

32. Xabarnomalar.

a. Intelektual mulkning poymol qilinishi bo’yicha shikoyatlar berish xabarnomalari va jarayonlari. Microsoft uchinchi tomon intellektual mulk huquqlarini hurmat qiladi. Agar siz aqliy muklchilik huquqlarining buzilishi to’g’risida bildirishnoma, jumladan mualliflik huquqlarining buzilishi bo’yicha da’volar yubormoqchi bo’lsangiz, Buzilishlar to’g’risidagi bildirishnomalar yuborish proseduralarimizdan foydalaning (https://www.microsoft.com/info/cpyrtInfrg.aspx). USHBU PROSEDURAGA TEGISHLI BO'LMAGAN HAR QANDAY SO'ROVLARGA JAVOB QAYTARILMAYDI.

Microsoft mualliflik huquqlarning buzilganlik xabarnomalariga javob berish bo’yicha 17-modda, Qo’shma Shtatlar kodeksi, 512-bo’limda o’rnatilgan jarayonlardan foydalanadi. Tegishli holatlarda, Microsoft qaytaruvchi qoidabuzarlarning qayd hisoblarini o’chirib qo’yishi yoki bekor qilishi mumkin.

b. Mualliflik huquqi va savdo belgisi haqidagi xabarnomalar.

Do‘kon va xizmatlardagi barcha tarkiblar ©2016 Microsoft Corporation va/yoki uning yetkazib beruvchilari hamda uchinchi tomon taqdim qiluvchilarining mualliflik huquqlari hisoblanadi, One Microsoft Way, Redmond, WA 98052, AQSh. Barcha huquqlar himoyalangan. Biz yoki yetkazib beruvchilarimiz va boshqa uchinchi tomon taqdim qiluvchilari do‘konga, xizmatlarga va ularning tarkiblariga tegishli sarlavhalarning, mualliflik va boshqa mulk huquqlarining egasi hisoblanamiz. Microsoft nomi va Microsoft-ning barcha mahsulotlari, dasturiy ta'minotlari va xizmatlardagi nomlar, logotiplar va tasvirchalar Qo'shma Shtatlardagi, Kanada va/yoki boshqa mamlakatlardagi Microsoft-ning yoki savdo belgilari yo ro'yxatdan o'tgan savdo belgilari bo'lishi mumkin.

Microsoft savdo belgilarini quyidagi veb-saytdan topish mumkin: https://www.microsoft.com/trademarks. Joriy kompaniya va mahsulotlarning nomlari tegishli egalarining savdo belgilari bo'lishi mumkin. Mazkur Sotuv shartlarida ochiq ko‘rsatilmagan huquqlar himoyalangan.

33. Xavfsizlik ogohlantirilishi. Ko'zingizga shikast yetishi, xiralashishi yoki toliqishning oldini olish uchun o'yin o'ynash yoki ilovalardan foydalanish paytida vaqti-vaqti bilan tanaffus qilib turishingizni tavsiya qilamiz, ayniqsa foydalanish natijasida kelib chiqqan har qanday og'riq yoki toliqish paytida. Agar noqulayliklar his qilsangiz, tanaffus qiling. Noqulayliklarga ko'ngil aynish, chayqalib behuzur bo'lish, bosh aylanish, harakat tezligining yo'qolishi, bosh og'rig'i, charchoq, ko'z toliqishi yoki qurishi kabi holatlar kiradi. Ilovalardan foydalanish sizni chalg'itishi va tevarakni idrok qila olmaslikka sabab bo'lishi mumkin. Ko'cha harakatidagi ogohlantirishlar, zinalarda, shifti past xonalarda, nozik yoki qimmatbaho narsalar bilan ishlashda ilovalardan foydalanmang. Juda kam foizdagi odamlarda ilovada paydo bo'ladigan chaqnoq yoki shakllarga nisbata ko'z xiralashishi kuzatilishi mumkin. Hatto avval ko'z xiralashish tarixiga ega bo'lmagan odamlar ham bunday xiralashishni boshdan kechirishlari mumkin. Alomatlariga, bosh aylanish, ko'rish qobiliyatining o'zgarishi, jimirlashi, tortilishi yoki uchlarning uvishi, dizoriyentatsiya, gangish, xushdan ketish yoki konvulsiyalar kirishi mumkin. Agar ushbu alomatlardan bir sizda kuzatilsa, ilovadan foydalanishni darhol to'xtating va ilovani qaytadan foydalanishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing. Ota-onalar bolalarining ilovalardan foydalanishlarida belgi va alomatlariga e'tibor berib turishlari kerak.