Maxfiyligingiz
1. Maxfiyligingiz. Sizning maxfiyligingiz biz uchun muhim. Microsoft maxfiylik bayonnomasini (https://go.microsoft.com/fwlink/?LinkId=521839) (“Maxfiylik bayonnomasi”) o‘qib chiqing, chunki u siz va qurilmalaringizdan (“Ma’lumotlar”) qanday maʼlumotlarni olishimiz, Maʼlumotlaringizdan qanday foydalanishimiz hamda Maʼlumotlaringizni qayta ishlashimizga toʻgʻri keluvchi huquqiy asosni tushuntiradi. Maxfiylik bayonnomasi boshqalar bilan muloqotlaringizni; Xizmatlar orqali Microsoft kompaniyasiga yuborgan fikrlar yoki postlaringizni; siz Xizmatlar orqali yuklaydigan, saqlaydigan, translatsiya qiladigan, yaratadigan, hosil qiladigan yoki ulashadigan fayllar, suratlar, hujjatlar, audio, raqamli ishlar, translatsiyalar va videolardan yoki kontent hosil qilish maqsadida siz yuboradigan kiritmalardan (“Kontentingiz”) Microsoft qay tarzda foydalanishini ham tavsiflab beradi. Ruxsat asosida qayta ishlashda va qonunda belgilangan doirada, Xizmatlardan foydalanish yoki ushbu shartlarga rozi boʻlish orqali siz Maxfiylik bayonnomasida tavsiflanganidek Kontentingiz va ma’lumotlaringizning Microsoft tomonidan to‘planishi, foydalanilishi va oshkor etilishiga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Ayrim hollarda, Maxfiylik bayonnomasida ko‘rsatilganidek, sizga alohida eslatma ko‘rsatamiz va roziligingizni so‘raymiz.
Kontentingiz
2. Kontentingiz. Aksariyat xizmatlarimiz sizga kontentingizni yaratish, saqlash yoki ulashish hamda boshqalardan materiallarni qabul qilish imkonini beradi. Biz Kontentingizga egalikni daʼvo qilmaymiz. Kontentingiz faqat sizniki boʻlib qoladi va uning uchun siz masʼul boʻlasiz.
- a. Kontentingizni boshqalarga ulashganingizda, kontentingizga Xizmatlarda kirishga ruxsat bergan maqsadlaringizda, sizga badal toʻlovlarisiz ular xalqaro doirada kontentingizdan foydalanish, saqlash, yozish, qayta chiqarish, translatsiya qilish, koʻchirish, ulashish va aks ettirish imkoniga ega boʻlishini tushungan hisoblanasiz. Agarda boshqalarning ana shu imkoniyatlarga ega bo'lishini xohlamasangiz, kontentingizni almashish uchun Xizmatlardan foydalanmang. Bu Shartlar amal qilish davomida siz xizmatlarda yuklayotgan, saqlayotgan yoki ulashayotgan kontentlarga barcha kerakli huquqlaringiz borligini (va boʻlishini) tasdiqlaysiz va ushbu paragrafdagi aytilayotgan kontentdan foydalanish har qanday huquqni buzmasligiga kafolat berasiz. Microsoft Kontentingizga egalik qilmaydi, boshqarmaydi, tasdiqlamaydi, uning uchun toʻlamaydi, qoʻllamaydi yoki aks yoʻl bilan uning uchun hech qanday majburiyatni olmaydi va xizmatlardan foydalanib yuklagan, saqlagan yoki ulashgan Kontentingiz uchun javobgar boʻlmaydi.
- b. Xizmatlarni sizga taqdim qilish doirasida, sizni va xizmatlarimizni himoya qilish uchun va Microsoft mahsulotlari hamda xizmatlarini yaxshilash uchun siz Microsoft kompaniyasiga dunyo boʻylab va bepul Kontentingizdan foydalanish, xususan, Xizmatlar orqali nusxasini olish, ushlab qolish, uzatish, qayta shakllantirish, aks ettirish va tarqatish huquqini bergan hisoblanasiz. Agar siz Kontentingizni cheklovsiz Xizmatning onlayn sohalarida nashr qilsangiz, u Xizmatni targʻib qiluvchi namoyishlarda yoki materiallarda paydo boʻlishi mumkin. Ayrim xizmatlar reklama bilan qoʻllab-quvvatlanadi. Microsoft qanday qilib reklamalarni moslashtirishi boʻyicha boshqaruvlar haqida https://choice.live.com saytida koʻrishingiz mumkin. Biz sizga maqsadli reklama qilishimiz uchun email, chat, video chaqiruvlarda aytgan narsangiz yoki ovozli pochta, hujjatlar, rasmlar yoki boshqa shaxsiy fayllardan foydalanmaymiz. Reklamaga oid siyosatlarimiz Maxfiylik bayonnomasida batafsil keltirilgan.
- c. Microsoft sizga Microsoft hisobingiz bilan autentifikatsiya qilinganida Microsoft maxfiylik boshqaruv paneli (https://account.microsoft.com/privacy) yoki mahsulot foydalanuvchi interfeysi orqali eksport qilinadigan maʼlumotlaringizga kirish imkoniyatini taqdim etadi. Bu eksport qilinadigan maʼlumotlardan tashqi provayder xizmatlariga almashish uchun foydalanish mumkin. Microsoft xizmatlar xavfsizligi yoki Microsoft intellektual mulkiga tahdid solishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni eksport qilishni cheklash huquqini oʻzida saqlab qoladi. Agar ushbu mexanizmlar orqali maʼlumotlaringizni eksport qila olmasangiz, Bizga qanday murojaat qilishingiz mumkin (https://privacy.microsoft.com/privacystatement#mainhowtocontactusmodule) ruknida yoki veb formamizdan (https://go.microsoft.com/fwlink/?linkid=2126612) foydalanish orqali Microsoft kompaniyasiga murojaat qiling.
Axloq kodeksi
3. Axloq kodeksi. Xizmatlardan foydalanganda xatti-harakatlaringiz va kontentingiz uchun javobgarsiz.
- a. Bu Shartlarga rozilik berish orqali siz Xizmatlardan, jumladan, qarorlar qabul qiladigan yoki harakatlarni mustaqil ravishda yoki turli darajadagi inson aralashuvi bilan amalga oshiradigan AI xizmatlaridan foydalanganingizda quyidagi qoidalarga amal qilishingizga rozilik berasiz:
- i. Noqonuniy hech narsa qilmaslik yoki noqonuniy kontent yaratishga yoki ulashishga harakat qilmaslik.
- ii. Bolalarni ekspluatatsiya qilish, ularga zarar yetkazish yoki tahdid qilish harakatlarini amalga oshirmaslik.
- iii. Spam yubormaslik yoki fishing bilan shugʻullanmaslik yoki zararli dasturlarni yaratishga yoki tarqatishga harakat qilmaslik. Spam istalmagan yoki keraksiz ommaviy elektron xabarlar, postlar, kontakt soʻrovlari, SMS (matnli xabarlar), lahzali xabarlar yoki shu kabi boshqa elektron xabarlardir. Fishing – bu aldov yoki noqonuniy usullar bilan qabul qiluvchining shaxsiy yoki maxfiy maʼlumotlarini, jumladan, parollar, tugʻilgan kunlar, Ijtimoiy himoya raqamlari, pasport raqamlari, kredit karta axborotlari, moliyaviy axborotlar yoki boshqa maxfiy axborotlar yoki shaxsiy hisoblar yoki qaydlarga kirish imkoniyati, hujjatlar yoki boshqa nozik maʼlumotlarni qoʻlga kiritish, toʻlovlar yoki moliyaviy foydalarga ega boʻlish kabilarni oʻz ichiga oluvchi emaillar yoki boshqa elektron xabarlar yuborishdir. Zararli dastur zararli bajariladigan fayllarni yetkazish, xizmat koʻrsatishni rad etish hujumlarini tashkil qilish yoki buyruq va boshqaruv serverlarini boshqarish kabi texnik zarar yetkazish uchun moʻljallangan har qanday faoliyatni oʻz ichiga oladi.
- iv. Nomaqbul kontent yoki materiallarni (masalan, yalangʻoch tasvirlar, zoofiliya, pornografiya, haqoratomuz murojaat, yovuzlik, oʻziga ziyon yetkazish yoki jinoyat ishlari kadrlarini) aks ettirmaslik yoki ularni yaratish yoki ulashish uchun xizmatlardan yoki mahalliy qonun-qoidalarga zid boʻlgan materiallardan foydalanmaslik.
- v. Firibgar, yolgʻon yoki chalgʻituvchi faoliyat bilan shugʻullanmaslik (masalan, yolgʻon bahonalar bilan pul soʻrash, oʻzini boshqa birov sifatida tutish, soxta hisoblar yaratish, haqiqiy boʻlmagan faoliyatni avtomatlashtirish, qasddan aldamchi kontent yaratish yoki ulashish, xizmatlarni manipulyatsiya qilish) oʻyinlar sonini koʻpaytirish yoki reytinglar, baholar yoki sharhlarga taʼsir qilish) yoki tuhmat yoki igʻvo qilmaslik.
- vi. Xizmatlarga kirish, ulardan foydalanish yoki ularning ishlashiga cheklovlarni chetlab oʻtmaslik (masalan, AI tizimini “jeylbrek” qilishga urinish yoki ruxsat etilmagan maʼlumotlarni olish).
- vii. Sizga, Xizmatlarga yoki boshqalarga zarar keltiradigan faoliyat bilan shugʻullanmaslik (masalan, viruslarni yuborish, taʼqib qilish, boshqalarni bezovta qiladigan, qoʻrqitadigan yoki tahdid qiladigan kontent yaratishga yoki ulashishga urinish, terroristik yoki zoʻravonlik mazmunidagi ekstremistik kontentni joylash, nafrat soʻzlarini tarqatish yoki boshqalarga nisbatan zoʻravonlikni targʻib qilish).
- viii. Boshqalarning huquqlarini buzmaslik yoki poymol qilmaslik (masalan, mualliflik huquqi bilan himoyalangan musiqa yoki boshqa mualliflik huquqi bilan himoyalangan materiallarni ruxsatsiz ulashish, Bing xaritalarini qayta sotish yoki boshqa tarqatish yoki boshqa shaxslarning ruxsatisiz biometrik identifikatorlar/maʼlumotlarni qayta ishlash uchun suratlar yoki video/audio yozuvlarni olish yoki Xizmatlar istalgani yordamida boshqa maqsadlarda).
- ix. Boshqalarning maxfiyligini oshkor qiluvchi yoki maʼlumotlar himoyasini buzuvchi amallarni sodir etmaslik.
- x. Ushbu qoidalarni buzishda boshqalarga yordam bermaslik.
- Siyosatlarimiz, moderatsiya va amal qilinishini taʼminlash jarayonlari tafsilotlari uchun xizmatga oid shartlar tafsilotlari uchun aka.ms/trustandsafety bilan tanishing.
Xizmatlardan foydalanish va Yordam xizmati
4. Xizmatlardan foydalanish va Yordam xizmati.
- a. Microsoft hisobi. Aksariyat xizmatlardan foydalana olishingiz uchun Microsoft hisobiga ega boʻlishingiz zarurdir. Microsoft hisobi sizga Microsoft hamda ayrim Microsoft hamkorlari tarafidan taqdim qilingan mahsulotlar, veb-saytlar va xizmatlarga kirish imkonini beradi.
- i. Hisob yaratish. Onlayn roʻyxatdan oʻtish orqali Microsoft hisobini yaratishingiz mumkin. Microsoft hisobini yaratayotganingizda siz notoʻgʻri, noaniq yoki chalgʻituvchi maʼlumot bermaslikka rozi boʻlasiz. Ayrim hollarda Internet xizmat provayderi kabi uchinchi tomon siz uchun Microsoft hisobini tayinlagan boʻlishi mumkin. Agar siz Microsoft hisobini uchinchi tomondan olgan boʻlsangiz, uchinchi tomon hisobingiz ustidan Microsoft hisobingizga kirish yoki uni oʻchirish kabi qoʻshimcha huquqlarga ega boʻlishi mumkin. Sizga taqdim qilgan uchinchi tomonning har qanday qoʻshimcha shartlarini koʻrib chiqing, chunki Microsoft ushbu qoʻshimcha shartlarga nisbatan hech qanday javobgarlikka ega emas. Agar siz Microsoft hisobini kompaniyangiz yoki ish beruvchingiz kabi tashkilot nomidan yaratsangiz, siz ana shu tashkilot nomidan mazkur Shartlarni qabul qilishga qonuniy vakolatingiz borligini tasdiqlagan hisoblanasiz. Siz Microsoft hisobingiz maʼlumotlarini boshqa foydalanuvchi yoki tashkilotga oʻtkaza olmaysiz. Hisobingiz xavfsizligini taʼminlash uchun hisobingiz maʼlumotlarini va parolni maxfiy saqlang. Microsoft hisobingiz orqali amalga oshirilgan har qanday faoliyat uchun oʻzingiz javobgar hisoblanasiz.
- ii. Hisobdan foydalanish. Siz Microsoft hisobingizni faol holatda saqlash uchun undan foydalanib turishingiz kerak. Bu siz Microsoft hisobingizni hamda unga aloqador xizmatlarni (boshqacha koʻrsatilmagan boʻlsa) faol holatda saqlab turishingiz uchun kamida ikki yilda bir marta tizimga kirib turishingiz kerakligini anglatadi, https://go.microsoft.com/fwlink/p/?linkid=2086738 sahifasida keltirilgan Microsoft hisobi faolligi qoidalari yoki pullik xizmatlar taklifida uzoqroq muddat nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Agar siz ushbu muddat ichida tizimga kirmasangiz, biz Microsoft hisob qaydnomangiz nofaol deb hisoblab, uni siz uchun yopib tashlaymiz. Microsoft hisobining yopilishi oqibatlarini bilish uchun 4.a.iv.2 boʻlimiga qarang. Siz Outlook.com kiruvchi xabarlari va OneDrive (alohida) hisobingizga bir yilda kamida bir marta kirishingiz kerak, aks holda, siz uchun Outlook.com kiruvchi xabarlari va OneDrive hisobingizni yopamiz. Agar biz asosli ravishda Microsoft hisobingiz uchinchi shaxslar tomonidan noqonuniy foydalanilayotgani xavfini sezsak (masalan, hisobni oʻgʻirlash orqali), Microsoft hisobingizga egalikni talab qilguningizga qadar hisobingizni toʻxtatib qoʻyishimiz mumkin. Hisobga noqonuniy kirish turiga qarab, kontentingizning baʼzi qismlariga yoki butun kontentingizga kirishni cheklab qoʻyishimiz mumkin. Agar Microsoft hisobingizga kirishda muammoga duch kelayotgan boʻlsangiz, ushbu veb-saytga tashrif buyuring: https://go.microsoft.com/fwlink/?LinkId=238656.
- iii. Bolalar va hisoblar. Xizmatlardan foydalanish yoki Microsoft hisobi yaratish orqali ushbu shartlarni qabul qilasiz hamda rozilik bildirasiz va siz yashaydigan hududda belgilangan “balogʻat” yoki “huquqiy javobgarlik” yoshiga yetganingizni yoxud ota-onangiz yoki qonuniy vasiyingiz sizning nomingizdan ushbu Shartlarni qabul qilishiga rozilik beradi. Agar siz yashaydigan hududda belgilangan “balogʻat” yoki “huquqiy javobgarlik” yoshiga yetgan yoki yetmaganingizni bilmasangiz, yoki bu boʻlimni tushunmasangiz, ota-onangiz yoki qonuniy vasiyingizdan yordam soʻrang. Agar siz voyaga yetmagan shaxsning ota-onasi yoki qonuniy vasiysi boʻlsangiz, siz va voyaga yetmagan shaxs bu Shartlarni qabul qilasiz va rioya qilishga rozilik bildirasiz hamda Microsoft hisobidan yoki Xizmatlaridan foydalanganlik uchun masʼul boʻlasiz, jumladan, voyaga yetmagan shaxsning hisobi hozir yoki keyinroq ochilgan holda ham, xaridlar uchun ham javobgar boʻlasiz.
- iv. Hisobni yopish.
- 1. Istalgan paytda va istalgan sabab bilan muayyan Xizmatlarni bekor qilishingiz yoki Microsoft hisobingizni yopishingiz mumkin. Microsoft hisobingizni yopib tashlash uchun https://go.microsoft.com/fwlink/p/?linkid=618278 manziliga kiring. Bizdan Microsoft hisobingizni yopishni soʻraganingizda fikringizning oʻzgarishini hisobga olib uni 30 yoki 60 kunga toʻxtatib turishni tanlashingiz mumkin. Bu 30 yoki 60 kunlik muddatdan keyin Microsoft hisobingiz yopiladi. Microsoft hisobingiz yopilganidan keyin nima boʻlishi haqida 4.a.iv.2 boʻlimiga qarang. Agar toʻxtatib turish muddati ichida Microsoft hisobingizga kirsangiz, u qaytadan faollashtiriladi.
- 2. Agar Microsoft hisobingiz yopilsa (siz yoki biz tomondan), quyidagilar sodir boʻladi. Birinchidan, Xizmatlardan foydalanish uchun Microsoft hisobingizdan foydalanish huquqingiz darhol toʻxtatiladi. Ikkinchidan, biz Microsoft hisobingiz bilan bogʻlangan Maʼlumotlar yoki Kontentingizni oʻchirib tashlaymiz yoki ularni Microsoft hisobingizdan uzib qoʻyamiz (qonunda saqlab qolish, qaytarish yoki siz belgilagan uchinchi tomonlarga oʻtkazish talab etilgan hollar bundan mustasno). Siz tez-tez zaxiralash tarifidan foydalanishingiz kerak, chunki Microsoft hisobingiz yopilganidan keyin kontentingiz yoki maʼlumotlaringizni tiklay olmaydi. Uchinchidan, sotib olgan mahsulotlaringizga kira olmasligingiz mumkin.
- b. Moderatsiya va amal qilinishini taʼminlash. Boshqalar bilan munosabatga kirishish, kontent yaratish, hosil qilish va ulashish imkonini beradigan Xizmatlarimizning aksariyati Xizmatlarimiz va boshqa foydalanuvchilarni himoya qilish uchun xavfsizlik tizimlaridan foydalanadi.
- i. Siyosatlar. Axloq kodeksimiz Xizmatlarimizdan foydalanganda nimalar taqiqlanganini belgilaydi. Kontentimiz va axloq qoidalarimizni bu yerda (https://www.microsoft.com/DigitalSafety/policies) topish mumkin. Maxsus Xizmatlarning foydalanuvchilariga tatbiq qilinadigan qoʻshimcha siyosatlari bor va hamjamiyat standartlari mavjud, ular bilan bu yerda (https://aka.ms/trustandsafety) tanishish mumkin.
- ii. Xavotir haqida xabar berish. Siz Axloq kodeksimizni buzishi mumkin boʻlgan xavotirli kontent yoki xatti-harakatlar haqida bu yerda (https://aka.ms/reportconcerns) xabar berishingiz mumkin.
- iii. Tekshiruv. Tegishli hollarda shubhali spam, viruslar, firibgarlik, fishing, zararli dasturlar, jeylbreyk qilish yoki boshqa noqonuniy yoki zararli kontent yoki xatti-harakatlarni aniqlash uchun kontentni tekshirish uchun avtomatlashtirilgan tizimlar va odamlardan foydalanishimiz mumkin.
- iv. Qonun ustuvorligini taʼminlash. Agar kontent Xizmat tomonidan ruxsat etilgan saqlash yoki fayl hajmi cheklovlaridan oshsa, biz uni rad etish huquqini oʻzimizda saqlab qolamiz. Kontent Axloq kodeksimizni yoki boshqa Xizmat siyosatini buzsa yoki qonunchilik talab qilsa, biz uni bloklashimiz, olib tashlashimiz yoki aks ettirish rad etishimiz mumkin. Agar ushbu shartlar yoki Siyosatlarni (https://aka.ms/trustandsafety) buzsangiz, biz hisobingizni nisbatan chora koʻrishimiz mumkin. Bunga muayyan funksiyalar yoki Xizmatlarga kirishni cheklash, Xizmatlarni taqdim etishni toʻxtatish, Microsoft hisobingizni darhol yopish yoki Xizmatlarga yoki Xizmatlardan boʻlgan xabarlarni (email, fayl ulashish yoki lahzali xabar kabilar) bloklash kirishi mumkin. Xizmatga yoki hisobingizga kirish huquqining yopilishi kontent litsenziyalari, aloqador kontent, obunalar va hisobga aloqador Microsoft hisobi balansidan mahrum boʻlishiga olib kelishi mumkin. Bu Shartlarning buzilishini tekshirish asnosida Microsoft muammoni hal qilish uchun kontentni tekshirish huquqini oʻzida saqlab qoladi. Lekin biz butun Xizmatlarni nazorat qila olmaymiz va bunday qilishga urinmaymiz. Moderatsiya va amal qilinishini taʼminlash jarayonlari (https://www.microsoft.com/DigitalSafety/moderation-and-enforcement) tafsilotlari uchun Xizmatga oid shartlar, Qoʻshimcha siyosatlar va qoidalar (https://www.microsoft.com/DigitalSafety/policies/additional-guidelines) va shikoyatlar (https://www.microsoft.com/DigitalSafety/moderation-and-enforcement/appeals) tafsilotlari uchun https://aka.ms/trustandsafety bilan tanishing. Intellektual mulkning poymol qilinishiga oid siyosatimiz haqidagi axborotni ESLATMALAR ruknida topish mumkin.
- c. Ish yoki maktab hisoblari. Siz muayyan Microsoft xizmatiga ish yoki maktab hisobingiz bilan kirishingiz mumkin. Bunda elektron pochtangiz manziliga bogʻlangan domen egasi sizning Microsoft hisobingiz va unga aloqador obunalar mavjudligi haqida xabardor qilinishi, hisobingizni nazorat qilishi, maʼlumotlaringizga, jumladan, muloqotlaringiz maʼlumotlari va fayllaringizga kirishi va ularga ishlov berishiga, shu bilan birga, agar hisob yoki Maʼlumotlar xavf tugʻdiradigan boʻlsa, Microsoft kompaniyasi domen egasiga bildirishi mumkinligiga oʻz roziligingizni bergan hisoblanasiz. Shuningdek, Microsoft xizmatlaridan foydalanishingiz Microsoftning siz yoki tashkilotingiz bilan tuzilgan shartnomalar asosida tartibga solinishiga hamda ushbu Shartlar qoʻllanmasligi mumkinligiga rozilik bildirasiz. Agar sizda Microsoft hisobi avvaldan mavjud boʻlsa va ushbu Shartlar doirasidagi Xizmatlarga kirishda ish yoki oʻqish joyidagi emaildan foydalansangiz, shu xizmatlarga kirishda davom etish uchun Microsoft hisobingiz bilan bogʻlangan email manzilingizni yangilash talab etilishi mumkin.
- d. Qoʻshimcha jihozlar/Tarif rejalari. Aksariyat Xizmatlardan foydalanish uchun sizga Internet aloqasi va/yoki mobil internet/uyali aloqa tarif rejasi zarur. Shuningdek, sizda quloqlik, kamera yoki mikrofon kabi qoʻshimcha qurilma boʻlishi kerak. Siz xizmatlardan foydalanish uchun barcha ulanishlar, rejalar va qurilmalar taʼminoti uchun masʼul hisoblanasiz hamda ulanishlar, rejalar va qurilmalar uchun olinadigan toʻlovlarni oʻzingiz toʻlashingiz kerak boʻladi. Ushbu toʻlovlar xizmatlar uchun bizga toʻlanadigan toʻlovlarga qoʻshimcha boʻlib, ularni biz qoplab bermaymiz. Sizga bunday toʻlovlardan qay biri qoʻllanilishini aniqlash uchun provayderingizga murojaat qiling.
- e. Xizmat bildirishnomalari. Siz foydalanayotgan Xizmat haqida yangilik boʻlsa, sizga Xizmat bildirishnomalarini yuboramiz. Agar Microsoft hisobingiz bilan bogʻlangan elektron pochta manzili yoki telefon raqamini taqdim qilgan boʻlsangiz, sizga elektron pochta yoki SMS (matnli xabar) orqali Xizmat xabarlarini, jumladan telefon raqamingizni roʻyxatdan oʻtkazishdan yoki xaridlaringizni tasdiqlashdan oldin shaxsingizni tasdiqlash uchun xabarlar yuborishimiz mumkin. Xizmat xabarnomalarini boshqa usulda ham yuborishimiz mumkin (masalan, mahsulot ichki xabarlari orqali). SMS xabari orqali bildirishnomalar olganingizda mobil internet yoki xabar yuborish haqi olinishi mumkin.
- f. Yordam xizmati. Ayrim Xizmatlar uchun yordam https://support.microsoft.com manzilida mavjud va ushbu shartlar bilan boshqariladi hamda ayrim Xizmatlar qoʻshimcha shartlar bilan alohida yoki qoʻshimcha mijozlarga yordam xizmatini taklif qilishi mumkin. Yordam xizmatidan Xizmatlar yoki funksiyalarning beta versiyalari uchun yoki koʻrib chiqishda foydalanib boʻlmasligi mumkin. Yordam xizmati mavjudligi mahsulotning hayotiylik davri bosqichiga qarab farq qilishi mumkin va siz Microsoft Lifecyle (https://learn.microsoft.com/lifecycle) da tavsiflangan minimal talablarga javob beradigan mos va amaldagi litsenziyalangan Xizmat(lar)ga ega boʻlishingiz kerak. Bu Xizmatlar uchinchi tomonlar tomonidan taqdim etiladigan dastur yoki xizmatlarga mos kelmasligi mumkin va siz muvofiqlik talablari bilan tanishib chiqish uchun javobgarsiz.
- g. Xizmatlarni tugatish. Agar xizmatlaringiz bekor qilinsa yoki tugatilsa (siz yoki biz tomondan), dastlab Xizmatlardan foydalanish huquqingiz darhol toʻxtatiladi va Xizmatlarga bogʻliq dasturiy taʼminotimiz litsenziyasi tugaydi. Ikkinchidan, biz Xizmatlaringiz bilan bogʻlangan Maʼlumotlarni yoki Kontentingizni oʻchiramiz yoki ularni Microsoft hisobingizdan uzib qoʻyamiz (qonunda saqlab qolish, qaytarish yoki siz belgilagan uchinchi tomonlarga oʻtkazish boʻyicha talab etilgan hollar bundan mustasno). Natijada siz Xizmatlarga (yoki oʻsha Xizmatlarda saqlangan Kontentingizga) boshqa kira olmasligingiz mumkin. Sizda muntazam zaxiralash rejasi boʻlishi kerak. Uchinchidan, sotib olgan mahsulotlaringizga kira olmasligingiz mumkin. Agar siz Microsoft hisobingizni bekor qilgan boʻlsangiz va Xizmatlarga kira oladigan boshqa hisobingiz boʻlmasa, Xizmatlar darhol bekor qilinishi mumkin.
Uchinchi tomon ilovalari va xizmatlaridan foydalanish
5. Uchinchi tomon ilovalari va xizmatlaridan foydalanish. Xizmatlar sizga mustaqil uchinchi tomonning (Microsoft kompaniyasiga tegishli boʻlmagan kompaniya yoki shaxslar) mahsulot, xizmat, veb-sayt, havola, kontent, material, oʻyin, tajriba, integratsiya, bot yoki ilovalarini olish yoki ularga kirish ruxsatini berishi mumkin (“Uchinchi tomon ilovalari va xizmatlari”). Koʻplab xizmatlarimiz sizga Uchinchi tomon ilovalari va xizmatlarini topish, so‘rov yuborish yoki munosabatga kirishishga ham yordam beradi hamda kontent yoki ma’lumotlaringizni bunday Uchinchi tomon ilovalari va xizmatlariga ulashish imkonini berishi yoki talab qilishi mumkin va siz xizmatlarimizdan foydalanish orqali foydalanishingiz mumkin boʻlgan Uchinchi tomon ilovalari va xizmatlariga yoʻnaltirishingizni tushunasiz. Uchinchi tomon ilovalari va xizmatlari sizga kontentingizni yoki maʼlumotlaringizni Uchinchi tomon ilovalari va xizmatlarining noshiri, provayderi yoki operatorida saqlash ruxsatini berishi yoki talab qilishi mumkin. Uchinchi tomon ilovalari va xizmatlari sizga maxfiylik siyosatini taqdim qilishi mumkin yoki sizdan uchinchi tomon ilova yoki xizmatini oʻrnatish yoki foydalanishdan oldin oʻzlarining qoʻshimcha shartlarini qabul qilishni talab qilishi mumkin. Microsoft va uning filiallariga tegishli hamda ular tomonidan boshqariladigan maxsus Store (jumladan, Office Store, Xbox platformasidagi Microsoft Store, Windows platformasidagi Microsoft Store va boshqalar) orqali olingan dasturlar yuzasidan qoʻshimcha shartlar bilan tanishish uchun 13.b boʻlimiga qarang. Uchinchi tomonning ilova yoki xizmatlarini sotib olish, foydalanish, soʻrash yoki Microsoft hisobingizni ularga ulashdan oldin uchinchi tomonning qoʻshimcha shartlarini yoki maxfiylik siyosatlarini koʻrib chiqishingiz kerak. Uchinchi tomonning hech bir qoʻshimcha sharti ushbu shartlarni oʻzgartira olmaydi. Microsoft hech bir uchinchi tomonning ilovalari va xizmatlarining bir qismi sifatida sizga hech qanday intellektual mulk litsenziyasini bermaydi. Siz uchinchi tomon ilovalari va xizmatlaridan foydalanish boʻyicha xavf va javobgarliklarni oʻz zimmangizga olishga roziligingizni bergan hisoblanasiz va Microsoft ularning foydalanilishidan kelib chiqqan muammolaringiz uchun javobgar boʻlmaydi. Uchinchi tomon ilovalari va xizmatlari tomonidan sizga taqdim etilgan maʼlumotlar yoki xizmatlar boʻyicha siz yoki boshqalar oldida Microsoft masʼul yoxud javobgar emas.
Xizmat mavjudligi
6. Xizmat mavjudligi.
- a. Xizmatlar, uchinchi tomon ilova va xizmatlari yoki xizmatlar orqali taqdim qilingan materiallar yoki mahsulotlar vaqti-vaqti bilan ishlamasligi mumkin, cheklangan holatda taqdim qilingan bo'lishi mumkin yoki mintaqangiz yoki qurilmangizga qarab farq qilishi mumkin. Agar siz Microsoft hisobingiz bilan bog'langan manzilni o'zgartirsangiz, avvalgi olingan yoki to'langan mintaqadagi ilova yoki materialni qaytadan olishingiz kerak bo'lishi mumkin. Siz noqonuniy yoki foydalanilishi litsenziyalanmagan mamlakatda materiallarga yoki xizmatga kirmaslikka, yoki shunday material yoki xizmatlarga kirish uchun yoki foydalanish uchun joylashuvingizni boshqa qilib ko'rsatmaslikka roziligingizni bergan hisoblanasiz.
- b. Biz doimo Xizmatlaning uzluksiz ishlashini ta’minlashga harakat qilamiz; biroq barcha onlayn xizmatlar vaqti-vaqti bilan uzulishi va izdan chiqishi mumkin, va shu bois Microsoft shunday uzilib qolishlar va uning natijasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan zararlar uchun mas’ul emas. Ishlamay qolish natijasida siz saqlagan kontentingiz yoki ma'lumotingizni tiklay olmaysiz. Sizga Kontentingiz va Xizmatingizda saqlangan yoxud Uchinchi tomon ilova va xizmatlaridan foydalangan holda saqlangan ma’lumotlarni muntazam tarzda zaxiralab turishingizni tavsiya qilamiz.
Bu xizmatlarga yoki dasturga va Shartlarga yangilanishlar va oʻzgartirishlar kiritish
7. Bu xizmatlarga yoki dasturga va Shartlarga yangilanishlar va oʻzgartirishlar kiritish.
- a. Shartlarni istalgan paytda oʻzgartirishimiz mumkin va bunday qilganimizda sizga xabar beramiz. Xizmatlardan o'zgartirish kiritilgan sanasidan so'ng foydalanish yangi shartlarga rozi ekaningizni bildiradi. Agar siz yangi shartlarga rozi bo‘lmasangiz, Xizmatlardan foydalanishni to‘xtatishingiz, Microsoft hisobingizni yopib tashlashingiz shart va agar siz ota-ona yoki vasiy bo'lsangiz voyaga yetmagan farzandingizga Microsoft hisobini yopishga yordam berishingiz kerak.
- b. Ayrim holatlarda Xizmatlardan foydalanishda davom etish uchun dasturlarni yangilashingiz kerak boʻladi. Biz dasturiy ta'minotingizning versiyasini avtomatik tarzda tekshirishimiz va dasturiy ta'minot yangilanishlari yoki sozlama o'zgarishlarini yuklashimiz mumkin. Shuningdek, siz xizmatlardan foydalanishda davom etishingiz uchun ham dasturiy ta'minotni yangilashingiz kerak bo'ladi. Shunday yangilanishlarga, agar yangilanish paytida alohida shartlar kelmasa, mazkur shartlar amal qiladi. Microsoft yangilanishlarni taqdim qilish majburiyatini olmaydi va litsenziyasini xarid qilgan yoki olgan dasturiy ta’minotingiz, ilovalar, kontent yoki boshqa mahsulotlarning versiyasini qo‘llab-quvvatlashimizga kafolat bermaydi. Bunday yangilanishlar uchinchi tomonlardan taqdim qilingan dasturiy ta'minot va xizmatlarga mos kelmasligi mumkin. Siz dasturiy ta'minotning kelgusi yangilanishlarni istagan paytda dasturiy ta'minotni olib tashlab bekor qilishingiz mumkin.
- c. Shu bilan birga, biz Xizmatning funksiyalari yoki xususiyatlarini olib tashlash yoki oʻzgartirishimiz zarur boʻlgan vaqtlar ham boʻlishi mumkin. Amaldagi qonunchilikda talab qilinadigan hollardan tashqari, biz har qanday material, Raqamli mahsulotlarni (13.i boʻlimida tavsiflangan) yoki avval xarid qilingan ilovalarni qayta yuklab olish yoki almashtirish imkoniyatini taqdim etish majburiyatiga ega emasmiz. Biz xizmatlarni yoki ularning xususiyatlarini sinov yoki beta versiyalarda chiqarishimiz mumkin, ular to‘g‘ri ishlamasligi yoki oxirgi versiyasi kabi bo‘lmasligi mumkin.
- d. Ayrim musiqalar, oʻyinlar, filmlar, kitoblar kabi raqamli huquqlarni boshqarish (DRM) bilan himoyalangan materialdan foydalana olishingiz uchun DRM dasturi onlayn huquqlar serveriga avtomatik bogʻlanishi va DRM yangilanishlarini yuklab olishi va oʻrnatishi mumkin.
Dasturiy taʼminot litsenziyasi
8. Dasturiy ta'minot litsenziyasi. Agar Microsoft kompaniyasining alohida litsenziya kelishuvi bilan tartibga solinmasa (masalan, siz Windows dasturining bir qismi bo‘lgan va unga kiritilgan Microsoft ilovasidan foydalanayotgan bo‘lsangiz, Windows operatsion tizimi uchun Microsoft dasturiy taʼminot litsenziyasi shartlari bu dasturiy taʼminotni tartibga soladi), biz tomonimizdan taqdim etiladigan har qanday dasturiy taʼminot uchun Xizmatlarning bir qismi sifatida ushbu Shartlar amal qiladi. Microsoft yoki uning filiallariga tegishli hamda ular tomonidan boshqariladigan maxsus Store (jumladan va shu bilan cheklanmagan holda, Office Store, Xbox platformasidagi Microsoft Store, Windows platformasidagi Microsoft Store va boshqalar) orqali olingan dasturlarga nisbatan quyida keltirilgan 13.b.i boʻlimdagi qoidalar amal qiladi.
- a. Agar siz ushbu shartlarga javob bersangiz biz sizga faqat bitta qurilmada o'rnatiladigan va bir vaqtning o'zida faqat bitta odam ishlata oladigan dunyo bo'ylab xizmatlardan foydalanish huquqini beramiz. Ayrim qurilmalarda xizmatdan shaxsiy, notijorat maqsadda foydalanishingiz uchun bunday dasturiy ta’minot oldindan o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Xizmatlarning bir qismi boʻlgan dasturiy taʼminot yoki veb-sayt uchinchi tomonlarning kodlarini oʻz ichiga olishi mumkin. Har qanday uchinchi tomon yozuvlari yoki kodlari yoxud ularga aloqador dasturiy taʼminot yoki veb-sayt yuzasidan sizga shu kodlarga ega uchinchi tomon litsenziya taqdim etadi, Microsoft emas. Agar uchinchi tomon uchun moʻljallangan xabarlar, agar boʻlsa, faqatgina sizga maʼlumot sifatida keltiriladi.
- b. Dasturiy taʼminotga litsenziya beriladi, sotilmaydi va Microsoft dasturiy taʼminotga nisbatan foydalanuvchiga Microsoft tomonidan taqdim etilmagan barcha huquqlarni, koʻzda tutish, estoppel yoki shu kabilar orqali oʻzida saqlab qoladi. Ushbu litszenziya sizga quyidagilarni amalga oshirish huquqini bermaydi va siz quyidagilarni qilishingiz mumkin emas:
- i. dasturiy taʼminot yoki xizmatlarga tegishli har qanday texnologik himoya choralarini buzishingiz yoki aylanib oʻtishingiz;
- ii. amaldagi mualliflik huquqi qonunchiligi ruxsat bergan hollar va darajadan tashqari, xizmatlarga kiritilgan yoki ular orqali kirish mumkin boʻlgan har qanday dasturiy taʼminot yoki xizmatlarning boshqa aspektlarini boʻlaklarga ajratish, dekompilyatsiya qilish, shifrlarini buzish, noqonuniy kirish, emulyatsiya qilish, ishlatish yoki nusxasini yaratish uchun qismlarga ajratishingiz;
- iii. dasturiy taʼminot yoki xizmatlarning turli boʻlaklarini boshqa qurilmalarda foydalanish uchun ajratishingiz;
- iv. Microsoftʼning ochiq-oydin ruxsati boʻlmasa dasturiy taʼminot yoki xizmatlarni nashr qilishingiz, nusxasini koʻchirishingiz, ijaraga berish, olish, eksport qilish, import qilsh, tarqatish yoki qarzga berishingiz;
- v. xizmatlarga kirish yoki foydalanish uchun dasturiy taʼminotni, har qanday dasturiy taʼminot litsenziyalarini yoki huquqlarni boshqaga oʻtkazishingiz;
- vi. boshqalarning foydalanishi bilan toʻqnash kelishi mumkin boʻlgan har qanday ruxsat etilmagan yoʻl bilan xizmatlardan foydalanishingiz, maʼlumotlarga, hisobga yoki tarmoqqa kirishingiz;
- vii. vakolatli boʻlmagan uchinchi tomonga xizmatlardan foydalanish yoki har qanday Microsoft tomonidan tasdiqlangan qurilmani (masalan, Xbox konsollari, Microsoft Surface va boshqalar) oʻzgartirishga ruxsat berishingiz.
Toʻlov shartlari
9. Toʻlov shartlari. Agar Xizmatni xarid qilsangiz, ushbu toʻlov shartlari xaridingizga nisbatan tatbiq etiladi va siz ularga rozilik berasiz.
- a. Toʻlovlar. Agar Xizmatlarning bir qismi bilan bogʼliq toʼlov haqi boʼlsa, siz ana shu toʼlovni belgilangan valyutada amalga oshirishga rozilik bildirgan boʼlasiz. Xizmatlar uchun toʻlovlar, agar boshqacha shart koʻrsatilmagan boʻlsa, barcha qoʻllaniladigan soliqlar va valyuta ayirboshlash xarajatlarisiz koʻrsatilgan boʻladi. Skype pulli mahsulotlarining barcha narxlari, agar boshqacha shart nazarda tutilmagan boʻlsa, tegishli soliqlarni oʻz ichiga olgan hisoblanadi. Bunday soliqlar yoki toʻlovlarni amalga oshirishga faqat oʻzingiz masʼul hisoblanasiz. Skype billing maʼlumotlaridagi yashash joyidan kelib chiqib, soliqlarni hisoblaydi. Bu manzilning toʻgʻri va aniqligiga siz javobgarsiz. Skype mahsulotlaridan tashqari, soliqlar Microsoft hisobingiz roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdagi joylashuvingizga asoslanib hisoblanadi, mahalliy qonunlar boshqacha hisoblash talablariga ega boʻlgan hollar bundan mustasno. Agar toʻlovlarni toʻliq va oʻz vaqtida malga oshirmasangiz, biz xizmatlarni toʻxtatib qoʻyishimiz yoki bekor qilishimiz mumkin. Toʼlov amalga oshirmaganlik uchun xizmatlarni toʻxtatib qoʼyish yoki bekor qilish xizmatga kirish va hisobingiz hamda kontentingizning foydalanish imkoniyatini yoʻqotilishiga sabab boʻlishi mumkin. Joylashuvingizni niqoblaydigan korporativ yoki boshqa shaxsiy tarmoq orqali internetga ulansangiz, haqiqiy joylashuvingizda aks etgan toʻlovlardan boshqa toʻlovlarga sabab boʻlishi mumkin. Yashash mamlakatingizga qarab ayrim tranzaksiyalar chet el valyutasini ayirboshlashni yoki boshqa mamlakatda toʻlovni amalga oshirishni talab etishi mumkin. Shu xizmatlardan foydalanish uchun debet yoki kredit kartangizdan foydalanganingizda, bankingiz sizdan qoʻshimcha haq olishi mumkin. Batafsil maʼlumot olish uchun bankingizga murojaat qiling.
- b. Billing hisobingiz. Xizmatga toʻlovlarni amalga oshirish uchun sizdan toʻlov usulini taqdim qilish va shu bilan birga Xizmatga roʼyxatdan oʼtish soʼraladi. Skype xizmatidan boshqa barcha Xizmatlar uchun billing va toʻlov usulingiz haqidagi axborotni Microsoft hisobini boshqarish veb-saytida (https://go.microsoft.com/fwlink/p/?linkid=618281), Skype dasturi va mahsulotlari uchun esa https://skype.com/go/myaccount portalida hisobingizga kirish orqali ochish va ularni oʻzgartirishingiz mumkin. Shuningdek, Microsoftga bankingiz yoki tegishli toʻlov tarmogʻingiz tomonidan taʼminlanadigan toʻlov usulining yangilangan hisob maʼlumotlaridan foydalish uchun ruxsat berishga rozi ekanligingizni izhor qilasiz. Sizga toʻliq tranzaksiyani amalga oshirib berishimizni va tranzaksiyalaringiz bilan bogʻliq masala yuzasidan bogʻlanishimiz uchun hisobingizni va boshqa maʼlumotlaringizni, jumladan, elektron pochta manzilingizni hamda toʻlov usuli tafsilotlaringizni zudlik bilan yangilashga oʻz roziligingizni berasiz. Biz oʻzgartirishlar yuzasidan oqilona harakatlani amalga oshirimizdan oldin, billing hisobingizga kiritilgan oʻzgartirishlar ushbu hisobingizga taqdim qilingan toʻlovlarga taʼsir qilmaydi.
- c. Billing. Microsoft kompaniyasiga toʻlov usulini taqdim qilish orqali, siz (i) toʻlov usulidan foydalanish ruxsatiga ega ekanligingiz hamda siz taqdim qilayotgan har qanday toʻlov maʼlumoti haqiqiy va toʻgʻri ekanini tasdiqlaysiz; (ii) toʻlov usulingizdan foydalangan holda Microsoft kompaniyasiga xizmat yok mavjud kontent uchun haq olish ruxsatini berasiz; va (iii) roʻyxatdan oʻtishni tanlagan yoki mazkur shartlar kuchga ega boʻlgan davr ichida xizmatlarning haq olinadigan xususiyatlari uchun Microsoft kompaniyasiga sizdan haq olish ruxsatini berasiz. Biz sizga toʻlov soʻrovini (a) oldindan; (b) xarid qilish paytida; (c) xarid qilingandan soʼng qisqa muddat ichida; yoki (d) obuna Xizmatlari takroriy asosda yuboramiz. Shuningdek, biz siz ruxsat bergan qiymat uchun haq olamiz va takroriy obuna Xizmatlari qiymatida oʻzgarish boʻlsa, sizni oldindan xabardor qilamiz. Biz sizga bir vaqtning oʻzida avval amalga oshirilmagan toʻlovlar uchun bittadan koʻp boʻlgan hisoblash davrlariga toʻlovlar uchun hisob yuborishimiz mumkin.
- d. Takroriy toʻlovlar. Xizmatlarni obuna asosida xarid qilsangiz (masalan, oylik, har 3 oylik yoki yillik), siz takroriy toʻlovga ruxsat bergan hisoblanasiz va toʻlov siz rozi boʻlgan usulda Microsoftga obunani oʻzingiz yoki Microsoft bekor qilgunga qadar toʻlashga roziligingizni bildirasiz. Xizmatlaringizga haq olinishini toʻxtashish uchun keyingi billing sanasi kelishidan oldin xizmatlaringizni bekor qilishingiz lozim. Shu bilan birga biz xizmatlarni qanday qilib bekor qila olishingiz boʻyicha koʻrsatmalarni taqdim qilamiz. Takroriy toʻlovlarga ruxsat berish orqali siz Microsoftga tegishli hisoblaringizda ushbu toʻlovlarni (Automated Clearing House yoki shu kabi toʻlovlar) yoxud elektron debet yoki draft sifatida undirib olishga ruxsat bergan hisoblanasiz, yoki tegishli hisobingizga toʻlov talabini qoʻyishga (kredit karta yoki shunga oʻxshash toʻlovlar boʻlsa) (umumiy qilib aytganda, “Elektron toʻlovlar”) ruxsat bergan hisoblanasiz. Obuna toʻlovlari, odatda, amal qiluvchi obuna davridan oldin undirib olinadi. Agar biror bir toʻlov amalga oshirilmasdan qaytarilsa yoki kredit karta va shunga oʻxshash tranzaksiya rad qilinsa, Microsoft yoki uning xizmat provayderlari har qanday qaytariluvchi ashyo, rad qilish yoki yetarli boʻlmagan toʻlov fondi va shu kabi boshqa toʻlovlarni elektron toʻlov sifatida yigʻib olish huquqiga ega.
- e. Onlayn bayonot va xatolar. Skype xizmatidan boshqa barcha Xizmatlar uchun Microsoft sizga Microsoft hisobini boshqarish veb-saytida (https://go.microsoft.com/fwlink/p/?linkid=618282) onlayn billing bayonnomasini taqdim etadi, u yerda bayonnoma bilan tanishish va uni chop etishingiz mumkin. Skype xizmati uchun esa, www.skype.com (https://www.skype.com) saytida hisobingizga kirish orqali onlayn bayonnoma bilan tanishishingiz mumkin. Bu biz taqdim qiladigan yagona billing bayonotidir. Agar biz sizga hisob taqdim qilishda xatoga yoʻl qoʻyadigan boʻlsak, siz xato hisobingizda birinchi bor paydo boʻlganidan soʻng 90 kun ichida bizga xabar berishingiz shart. Biz zudlik bilan taqdim qilingan hisobni tekshirib chiqamiz. Agar bizga ana shu vaqt davomida xabar qilmasangiz, har qanday xato natijasida vujudga kelgan majburiyat va shikoyatlardan bizni ozod qilgan boʻlasiz va biz xatoni toʻgʻrilash va toʻlovni qaytarib berish majburiaytiga ega boʻlmaymiz, qonunda boshqa shart koʻrsatilgan hollar bundan mustasno. Microsoft billing xatosini aniqlasa, biz ana shu xatoni 90 kun ichida toʻgʻrilaymiz. Ushbu siyosat har qanday amaldagi majburiy huquqlarga ta'sir qilmaydi.
- f. Toʻlovlarni qaytarib berish siyosati. Agar qonun yoki muayyan Xizmat taklifida boshqacha holat belgilanmagan boʻlsa, barcha xaridlar yakuniy hisoblanadi va puli qaytarilmaydi. Agar Microsoft sizdan notoʻgʻri to'lov olgan deb hisoblasangiz, shu toʻlov yuzasidan bizga 90 kun ichida murojaat qilishingiz shart. Muddati 90 kundan oʻtgan hech bir toʻlov qaytarib berilmaydi, qonunda boshqacha belgilangan hollar bundan mustasno. Agar qonunan boshqa talablar boʻlmasa, biz toʻlov va kreditlarni qaytarishni yolgʻiz oʻzimiz hal qilish huquqiga egamiz. Agar pulni qaytarsak yoki kredit bersak, kelgusida xuddi shunday yoki shunga oʻxshash shaklda pulni qaytarishga majbur emasmiz. Ushbu toʻlovni qaytarib berish siyosati hech bir amaldagi rasmiy huquqlarga taʼsir qilmaydi. Pulni qaytarish haqida batafsil axborot olish uchun yordam sahifasiga (https://go.microsoft.com/fwlink/p/?linkid=618283) kiring. Agar siz Tayvan yoki Isroilda istiqomat qilsangiz, shuni yodda tutingki, Isteʼmolchilar huquqini himoya qilish qonuniga va tegishli qonunosti hujjatlariga muvofiq nomoddiy va/yoki onlayn xizmat shaklida taqdim qilingan raqamli kontentlarga tegishli barcha xaridlar, agar ular onlayn tarzda taqdim qilingan boʻlsa, yakuniy va qaytarib berilmaydigan boʻlib hisoblanadi. Siz toʻlovlarni qaytarish yoki muddatni sovitish haqida daʼvo qilish huquqiga ega emassiz.
- g. Xizmatlarni bekor qilish. Siz biror Xizmatni istalgan paytda biror sabab bilan yoki sababsiz bekor qilishingiz mumkin. Pullik xizmatlarni bekor qilish kelajakda ushbu xizmatlarni davom ettirish uchun haq undirilishini toʻxtatib qoʻyadi. Agar sizda toʻlovni qaytarib olish huquqi boʻlsa, xizmatni bekor qilib pulni qaytarib olishni talab qilish uchun Microsoft hisobini boshqarish veb-saytiga tashrif buyuring. Skype xizmati uchun esa, bu yerda (https://go.microsoft.com/fwlink/p/?linkid=618286) keltirilgan axborotdan foydalanib Pulni chiqarib olish shaklini toʻldiring. Siz Xizmatlarni tavsiflovchi taklifni qayta koʻrib chiqishingiz lozim, chunki (i) bekor qilish paytida toʻlovingiz qoplanmasligi mumkin; (ii) bekor qilish jarimalarini toʻlash majburiyatingiz boʻlishi mumkin; (iii) bekor qilish sanasidan oldin Xizmatlar uchun qoʻyilgan toʻlov billinglari uchun toʻlovlarni amalga oshirishingiz kerak boʻladi; va (iv) Xizmatlarni bekor qilganingizda hisobingizga kira olmasligingiz va undan foydalana olmasligingiz mumkin; yoki, agar siz Tayvan yoki Isroilda istiqomat qilsangiz, (v) xizmat uchun toʻlagan pulning ishlatilmay qolgan qismini bekor qilish paytigacha hisoblanganini qaytarib olishingiz mumkin. Agar siz Isroilda istiqomat qilsangiz, https://support.microsoft.com/help/4027815 sahifasida keltirilgan usullardan istalganini bekor qilishingiz mumkin. Agar qaytarib olish huquqiga ega boʻlsangiz, buning uchun Microsoft vakili bilan telefon orqali bogʻlaning. Biz Maʼlumotlaringizni yuqoridagi 4-boʻlimda tavsiflanganidek qayta ishlaymiz. Agar bekor qilsangiz, joriy Xizmat muddatining oxirida yoki agar hisobingizdan muddatli asosda toʻlov olsak, siz bekor qilgan muddatning oxirida Xizmatlardan foydalanish imkoniyatingiz tugaydi. Agar bankingiz bilan Xizmatlar uchun amalga oshirgan toʻlovingizni qaytarish yoki bekor qilish jarayonini boshlasangiz, biz dastlabki toʻlov amalga oshirilgan sanadan boshlab toʻlovni bekor qilgansiz deb hisoblaymiz hamda siz xizmatingizni darhol bekor qilish va/yoki sizga bunday toʻlov evaziga taqdim etilgan kontentni qaytarib olishimiz uchun ruxsat berasiz.
- h. Sinov muddatli takliflar. Agar siz biror sinov muddatli xizmatdan foydalanayotgan boʻlsangiz, sinov muddati oxirida ushbu muddat davomida sizga taklif etilgan va siz qabul qilib foydalangan xizmatlarni davom ettirish uchun sizdan haq undirilishini oldini olish uchun sinov xizmat(lar)ini bekor qilish talab etilishi mumkin. Ayrim sinov muddati takliflari uchun avtomatik yangilash funksiyasini yoqish talab qilinishi mumkin.
- i. Promoaksiya shaklidagi takliflar. Vaqti-vaqti bilan Microsoft sinov muddati davomida Xizmatlarni bepul taklif qilishi mumkin. Agar taklif shartlarini suiisteʼmol qilayotganingizni aniqlansa, Microsoft bunday xizmatlar uchun (odatiy tarifda) haq olish huquqiga ega.
- j. Narxlarning oʻzgarishi. Biz xizmatlar narxini istalgan paytda oʻzgartirishimiz mumkin, agar sizda takroriy xarid boʻlsa, sizni narx oʻzgarishidan 15 kun oldin elektron pochta yoki boshqa vosita orqali xabardor qilamiz. Agar siz oʻzgargan narxga rozi boʻlmasangiz, oʻzgargan narx kuchga kirgunga qadar xizmatlarni bekor qilishingiz va undan foydalanishni toʻxtatishingiz lozim. Agar Xizmatingiz taklifi uchun belgilangan muddat va narx boʼlsa, ana shu narx shu belgilangan muddat davomida kuchda qoladi.
- k. Sizga toʻlanadigan toʻlovlar. Agar biz sizga to'lov qarz bo'lsak, siz bizga ana shu to'lovni to'lab berishimiz uchun o'z vaqtida va to'g'ri malumot taqdim qilishga rozi ekanligingizni bildirasiz. Tegishli qonunga muvofiq, siz ushbu toʻlov natijasida sizdan olinadigan har qanday soliq yoki toʻlovlar uchun javobgar hisoblanasiz. Shuningdek, siz har qanday toʻlovga boʻlgan huquqingizga nisbatan qoʻyiladigan shartlarimizni bajarishingiz shart. Agar sizga xatolik bilan to'lov amalga oshirilgan bo'lsa, biz uni qaytarib olishimiz yoki sizdan qaytarib berishingizni talab qilishimiz mumkin. Shu harakatlarni amalga oshirishda bizga yordam berishga oʻz roziligingizni bildirasiz. Shuningdek, avval amalga oshirilgan har qanday ortiqcha toʻlovlar uchun sizni xabardor qilmasdan, sizga toʻlanishi kerak boʻlgan badaldan chegirib qolishimiz mumkin.
- l. Hadya kartalari. Hadya kartalarini olish va foydalanish (Skype hadya kartalari bundan mustasno) Microsoft hadya kartasi shartlari va qoidalari (https://support.microsoft.com/help/10562/microsoft-account-gift-card-terms-and-conditions) bilan boshqariladi. Skype hadya kartalari haqidagi axborot Skype xizmatining Yordam sahifasida (https://go.microsoft.com/fwlink/?LinkId=615383) mavjud.
- m. Bank hisobi orqali toʻlash usuli. Bank hisobidan toʻlov usuli sifatida foydalanish uchun Microsoft hisobingizda roʻyxatdan oʻtkazing. Yaroqli bank hisoblariga quyidagilar kiradi: bevosita debet bilan ishlay oladigan moliyaviy muassasa (masalan, avtomatik kliring palatasi ("ACH") bilan ishlaydigan, AQSHda joylashgan moliyaviy muassasa, Yagona Yevropa toʻlov tizimi ("SEPA") yoki Niderlandiyadagi "iDEAL" bilan ishlaydigan Yevropa moliyaviy muassasasi). Microsoft hisobingizga toʻlov usuli sifatida bank hisobini qoʻshayotganda siz rozi boʻlgan shartlar (masalan, SEPA uchun "vakolat") ham amal qiladi. Siz roʻyxatdan oʻtkazgan bank hisobi sizning nomingizdaligini yoki sizda uni roʻyxatdan oʻtkazish va toʻlov usuli sifatida foydalanishga ruxsat borligini tasdiqlaysiz va kafolat berasiz. Bank hisobingizni toʻlov usuli sifatida qayd qilish yoki tanlash orqali siz Microsoft kompaniyasiga (yoki uning agentiga) amalga oshirilgan xarid yoki obuna haqining (obuna xizmatining shartlariga muvofiq tarzda) toʻliq miqdori uchun bank hisobingizdan bir yoki bir nechta debet undirishga (va zarur hollarda, xatolarni tuzatish, mablagʻni qaytarish yoki boshqa maqsadlarda mablagʻ oʻtkazishga) ruxsat berasiz. Bank hisobingiz ochilgan moliyaviy muassasaga shunday debet va kreditlarni amalga oshirish ruxsatini berasiz. Microsoft hisobingizdan bank hisobi maʼlumotlarini olib tashlamaguningizga qadar bu ruxsatnoma amalda boʻlishini tushunasiz. Xatolik tufayli toʻlov undirilgan deb hisoblasangiz, darhol yuqoridagi 4.e boʻlimda koʻrsatilgan mijozlarga yordam xizmatiga murojaat qiling. Mamlakatingizdagi qonunlar ham bank hisobingizdan yolgʻon, xato yoki ruxsatsiz tranzaksiyalar uchun javobgarligingizni cheklashi mumkin. Bank hisobini toʻlov usuli sifatida qayd qilish yoki tanlash orqali siz ushbu Shartlarni oʻqib chiqqaningiz, tushunganingiz va ularga rozi ekaningizni bildirasiz.
Shartnoma tuzilayotgan tashkilot, qonun va kelishmovchiliklarni hal qilish
10. Shartnoma tuzilayotgan tashkilot, qonun va kelishmovchiliklarni hal qilish. Bepul va pulli mijoz Skype brendi ostidagi Xizmatlardan foydalanishingiz uchun agar Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika tashqarisida yashasangiz, quyida buning aksi berilmasa, siz “Microsoft” bilan shartnoma tuzmoqdasiz va unga barcha havolalar ushbu Shartlarda Skype Communications S.à.r.l, 23 – 29 Rives de Clausen, L-2165 Luxembourgʼni anglatadi. Agar siz Yevropa, Yaqin Sharq va Afrikadan tashqarida yashasangiz, Skype brendi ostidagi bepul yoki pulli isteʼmolchi xizmatlari yuzasidan ularni buzganlik uchun daʼvolar hamda ushbu Shartlarni sharhlash, huquq tamoyillari konfliktidan qatʼi nazar, Lyuksemburg qonunlari asosida tartibga solinadi. Boshqa barcha daʼvolar (jumladan, isteʼmolchilarning huquqini himoya qilish, adolatsiz raqobat va gʻayriqonuniy harakatlar boʻyicha daʼvolar) siz yashaydigan viloyat yoki mamlakat qonunlari bilan tartibga solinadi. Agar Yevropa, Yaqin Sharq va Afrikadan tashqarida yashasangiz, Skype brendi ostidagi isteʼmolchi xizmatlari yuzasidan vujudga keluvchi va ularga aloqador barcha nizolarni koʻrib chiqish yurisdiksiya va hudud jihatidan Lyuksemburg sudlariga tegishli ekanligiga siz ham, biz ham rozilik bergan boʻlamiz. Boshqa barcha xizmatlar uchun siz shartnoma tuzayotgan tashkilot boʻyicha amal qiluvchi qonunlar va nizolarni hal qilish joyi quyida keltirilgan:
- a. Kanada. Agar Kanadada (yoki agar kompaniya boʻlsa, asosiy ish joyingiz shu yerda boʻlsa) yashasangiz va siz pulli mijoz Skype brendi ostidagi Xizmatlardan foydalanayotgan boʻlsangiz yoki Microsoft Teams bepul qismlaridan foydalanayotgan boʻlsangiz, siz Skype Communications US Corporation, 2215-B Renaissance Drive, Las Vegas, NV 89119, United States bilan shartnoma tuzmoqdasiz. Barcha boshqa bepul va pulli isteʼmolchi Xizmatlari uchun siz One Microsoft Way, Redmond, WA 98052, U.S.A. manzilida joylashgan Microsoft Corporation bilan shartnoma tuzgan boʻlasiz. Siz istiqomat qilayotgan (yoki siz yuridik shaxs boʻlgan, bosh ofisingiz joylashgan) viloyat qonunlari, qonun tamoyillari konfliktidan qatʼi nazar, ushbu Shartlarni sharhlash, ularni buzish yuzasidan shikoyat qilish va boshqa barcha daʼvolar (jumladan, isteʼmolchi huquqini himoya qilish, adolatsiz raqobat va gʻayriqonuniy harakat uchun daʼvolar) masalalarini tartibga soladi. Siz va biz mazkur Shartlar yoki Xizmatlar yuzasidan kelib chiqadigan nizolarni hal qilish yurisdiksiya va joy jihatidan Ontariodagi sudlarga tegishli ekanligiga rozi boʻlgan hisoblanamiz.
- b. AQSH va Kanadadan tashqari Shimoliy yoki Janubiy Amerika. Agar siz Amerika Qoʻshma Shtatlaridan va Kanadadan tashqari Shimoliy yoki Janubiy Amerikada yashasangiz (yoki siz sanalgan hududlarda joylashgan yuridik shaxs boʻlsangiz, asosiy biznesingiz ushbu hududlarda boʻlsa), siz One Microsoft Way, Redmond, WA 98052, U.S.A. manzilida joylashgan Microsoft Corporation bilan shartnoma tuzgan boʻlasiz. Vashington shtati qonunlari, qonun tamoyillari tanlovidan qatʼi nazar, mazkur Shartlarni sharhlash va ularni buzish yuzasidan daʼvolariga oid masalalarni tartibga soladi. Boshqa barcha daʼvolar (jumladan, isteʼmolchi huquqini himoya qilish, adolatsiz raqobat, va gʻayriqonuniy harakat uchun daʼvolar) masalalari xizmatlarimizni taqdim qiluvchi mamlakat qonunlari tomonidan tartibga solinadi.
- c. Oʻrta Sharq, Afrika yoki Yevropa. Agar siz Yaqin Sharq, Afrika yoki Yevropa Ittifoqi (YI)ga kirmagan Yevropa hududida, Islandiya, Lixtenshteyn, Norvegiya, Shveytsariya va Birlashgan Qirollikda istiqomat qilsangiz (yoki shu hududlarda joylashgan yuridik shaxs boʻlsangiz, asosiy biznesingiz shu hududlarda boʻlsa) hamda siz Xizmatlarning bepul qismidan (Bing va MSN kabi) foydalanayotgan boʻlsangiz, unda One Microsoft Way, Redmond, WA 98052, U.S.A. manzilida joylashgan Microsoft Corporation bilan shartnoma tuzgan boʻlasiz. Biroq agar siz Skypening bepul qismidan foydalanayotgan boʻlsangiz, One Microsoft Place, South County Business Park, Leopardstown, Dublin 18, Ireland manzilida joylashgan Microsoft Ireland Operations Limited bilan shartnoma tuzgan boʻlasiz. Agar Xizmatlarning biror qismidan foydalanish uchun haq toʻlagan boʻlsangiz, One Microsoft Place, South County Business Park, Leopardstown, Dublin 18, Ireland manzilida joylashgan Microsoft Ireland Operations Limited bilan shartnoma tuzgan boʻlasiz. Bepul va pullik Xizmatlarga nisbatan, qonun tamoyillaridagi zidliklardan qatʼi nazar, ushbu Shartlarni talqin qilish va ularni buzganlik haqidagi daʼvolar Irlandiya qonunlari bilan tartibga solinadi. Boshqa barcha daʼvolar (jumladan, isteʼmolchi huquqini himoya qilish, adolatsiz raqobat, va gʻayriqonuniy harakat uchun daʼvolar) masalalari xizmatlarimizni taqdim qiluvchi mamlakat qonunlari tomonidan tartibga solinadi. Siz va biz mazkur Shartlar yoki Xizmatlar yuzasidan kelib chiqadigan nizolarni hal qilish yurisdiksiya va joy jihatidan Irlandiyadagi sudlarga tegishli ekanligiga rozi boʻlgan hisoblanamiz.
- d. Agar quyida mamlakatingiz alohida keltirib o’tilmagan bo’lsa Osiyo va Janubiy Tinch okeani mintaqasi. Agar siz Osiyo (Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi yoki Tayvan bundan mustasno) yoki Janubiy Tinch okeani hududida istiqomat qilsangiz (yoki shu hududda joylashgan yuridik shaxs boʻlsangiz, asosiy biznesingiz shu hududda boʻlsa) va Xizmatlarning bepul qismlaridan (Bing va MSN kabi) foydalansangiz, siz One Microsoft Way, Redmond, WA 98052, AQSH manzilidagi Microsoft Corporation bilan shartnomada boʻlasiz. Agar Xizmatlarning bir qismidan foydalanish uchun toʻlov qilgan boʻlsangiz yoxud Singapur yoki Gongkongdagi bepul Outlook.com xizmatidan foydalansangiz, siz 182 Cecil Street, #13-01 Frasers Tower, Singapore 069547 manzilida Singapur qonunlariga muvofiq tashkil etilgan Microsoft Regional Sales Pte Ltd. bilan shartnoma qilasiz; agar Avstraliyada istiqomat qilsangiz (yoki shu hududda joylashgan yuridik shaxs boʻlsangiz, asosiy biznesingiz shu hududda boʻlsa) 1 Denison St, North Sydney, NSW 2060, Australia manzilida joylashgan Microsoft Pty Ltd. bilan shartnoma qilasiz va agar Yangi Zelandiyada istiqomat qilsangiz (yoki shu hududda joylashgan yuridik shaxs boʻlsangiz, asosiy biznesingiz shu hududda boʻlsa) siz Level 5, 22 Viaduct Harbour Avenue, PO Box 8070 Symonds Street, Auckland, 1150 New Zealand manzilida joylashgan Microsoft New Zealand Limited bilan shartnoma qilasiz. Vashington shtati qonunlari, qonun tamoyillari ziddiyatidan qatʼi nazar, mazkur Shartlarni sharhlash va ularni buzish yuzasidan daʼvolarga oid masalalarni tartibga soladi. Boshqa barcha daʼvolar (jumladan, isteʼmolchi huquqini himoya qilish, adolatsiz raqobat, va gʻayriqonuniy harakat uchun daʼvolar) masalalari xizmatlarimizni taqdim qiluvchi mamlakat qonunlari tomonidan tartibga solinadi. Ushbu Shartlar hamda Skypedan tashqari xizmatlar yuzasidan kelib chiquvchi yoki ular bilan bogʻliq har qanday nizolar, jumladan, ularning mavjudligi, yaroqliligi yoki toʻxtatilganligiga oid muammolar ham, ushbu moddaga havola berilgan Singapur xalqaro arbitraj markazining (SIAC) arbitraj qoidalariga muvofiq, Singapurdagi arbitraj sudiga taqdim etiladi va u tomonidan hal etiladi. Arbitraj sudi SIAC Prezidenti tomonidan tayinlangan bitta arbitrdan tashkil topadi. Arbitraj sudi ingliz tilida olib boriladi. Arbitrning qarori qatʼiy, majburiy va eʼtirozga oʻrin qoldirmaydigan boʻlib, har qanday mamlakat yoki mintaqadagi sud qarori uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
- e. Yaponiya. Agar siz Yaponiyada yashasangiz (yoki Yaponiyadagi yuridik shaxs boʻlsangiz, asosiy biznesingiz Yaponiyada boʻlsa) va xizmatlarning bepul qismlaridan foydalansangiz (Bing va MSN kabilar), siz One Microsoft Way, Redmond, WA 98052, U.S.A. manzilida joylashgan Microsoft Corporation bilan shartnoma tuzgan boʻlasiz. Agar siz Xizmatlarning pullik qismidan foydalansangiz, siz Shinagawa Grand Central Tower, 2-16-3 Konan Minato-ku, Tokyo 108-0075 manzilida joylashgan Microsoft Japan Co., Ltd (MSKK) bilan shartnoma tuzga hisoblanasiz. Bepul va pullik Xizmatlar uchun Yaponiya qonunlari ushbu Shartlarni hamda ular va Xizmatlar boʻyicha yuzaga kelgan va ular bilan bogʻliq har qanday muammoni tartibga soladi. Siz va biz mazkur Shartlar yoki Xizmatlar yuzasidan kelib chiqadigan yoki ularga oid nizolarni koʻrib chiqish yurisdiksiya va hudud jihatidan Tokio tuman sudlariga tegishli ekanligiga rozilik bildiramiz.
- f. Koreya Respublikasi.
- i. Agar siz Janubiy Koreyada (yoki shu mamlakatda joylashgan yuridik shaxs boʻlsangiz, asosiy biznesingiz shu mamlakatda boʻlsa) hamda siz Xizmatlarning bepul qismidan (Bing va MSN kabi) foydalanayotgan boʻlsangiz, unda 12th Floor, Tower A, The K-Twin Tower, Jongro 1 gil 50, Jongro-gu, Seoul, Republic of Korea, 03142 manzilida joylashgan Microsoft Korea, Inc. bilan shartnoma tuzgan boʻlasiz. Bepul va pulli Xizmatlarga nisbatan Koreya Respublikasi qonunlari ushbu shartlarni va Xizmatlar bilan bogʻliq yuzaga kelgan masalalarni boshqaradi. Siz va biz ushbu Shartlar yoki Xizmatlardan kelib chiqadigan yoki ular bilan bogʻliq barcha nizolar uchun Seul markaziy tuman sudining ekskluziv boʻlmagan asl yurisdiksiya va koʻrib chiqish joyiga qaytarilmaydigan tarzda rozilik beramiz.
- ii. Agar Koreya Respublikasida yashasangiz, qonunchilikka muvofiq sizda ushbu Shartlar kabi shartnomalar bilan cheklab boʻlmaydigan muayyan huquqlar boʻlishi mumkin. Bu Shartlar hech qanday usulda ushbu huquqlarni cheklash yoki qonunchilikda belgilangan Microsoft majburiyatlarini cheklash uchun moʻljallanmagan. Bu yerda keltirilgan har qanday qarama-qarshiliklarga qaramay, ushbu Shartlar qonunlar tomonidan ruxsat etilgan darajada amal qiladi. Bu Shartlarning har qanday oʻzgarishi (va agar mavjud boʻlsa, takroriy obuna Xizmatlari uchun toʻlov miqdoridagi har qanday oʻzgarishlar) qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
- g. Tayvan. Agar siz Tayvanda yashasangiz (yoki biznesingiz, asosiy biznesingiz Tayvanda boʻlsa) hamda Xizmatlarning bepul qismidan (Bing va MSN kabi) foydalanayotgan boʻlsangiz, siz One Microsoft Way, Redmond, WA 98052, U.S.A manzilida joylashgan Microsoft Corporation bilan shartnoma tuzgan boʻlasiz. Agar Xizmatlarning biror qismi uchun haq toʻlagan boʻlsangiz, 18F, No. 68, Sec. 5, Zhongxiao E. Rd., Xinyi District, Taipei 11065, Taiwan manzilida joylashgan Microsoft Taiwan Corp. bilan shartnoma tuzgan boʻlasiz. Bepul va pullik Xizmatlar uchun Tayvan qonunlari ushbu Shartlarni hamda ular va Xizmatlar boʻyicha yuzaga kelgan va ular bilan bogʻliq har qanday muammoni tartibga soladi. Microsoft Taiwan Corp., tafsilotlari uchun Tayvan Iqtisodiyot vazirligi tomonidan taqdim etiladigan veb-sayt bilan tanishing. (https://gcis.nat.gov.tw/mainNew/). Siz va biz mazkur Shartlar yoki Xizmatlar yuzasidan kelib chiqadigan yoki ularga aloqador nizolar, Tayvan qonunlari bilan ruxsat etilgan darajada, birinchi instansiya sudi sifatida Taypey tuman sudlari yurisdiksiyasiga tegishli ekanligini belgilaymiz.
Ushbu shartlarga qaramasdan, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishga oid mahalliy qonunlar sizga nizolarni boshqa forumda hal qilish huquqini berishi yoki nizolar mahalliy qonunlar tomonidan tartibga solinishini talab qilishi mumkin. Agar shunday boʻlsa, qonunchilik tanlovi hamda 10-boʻlimdagi forum qoidalari isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishga oid mahalliy qonunlarda ruxsat berilgan darajada amal qiladi.
Kafolatlar
11. Kafolatlar.
- a. MICROSOFT, HAMDA BIZNING FILIALLARIMIZ, VOSITACHILARIMIZ, DISTRIBYUTORLARIMIZ VA SAVDOGARLARIMIZ XIZMATLARDAN FOYDALANISHINGIZGA NISBATAN, OCHIQ AYTIB YOKI NAZARDA TUTGAN HOLDA, HECH QANDAY SHAROIT VA KAFOLAT BERMAYDI. XIZMATLARDAN FOYDALANISHINGIZ OʻZINGIZNING MASʻULIYATINGIZ EKANLIGINI VA BIZ TAQDIM QILAYOTGAN XIZMATLAR “BORICHA”, “BARCHA XATOLARI” VA “QANDAY MAVJUD BOʻLSA, SHUNDAYLIGICHA” TAQDIM QILINISHINI TUSHUNASIZ. MICROSOFT BU XIZMATLARNING ANIQLIGI VA OʻZ VAQTIDA AMALGA OSHIRILISHIGA KAFOLAT BERMAYDI. MAHALLIY QONUNCHILIGINGIZ DOIRASIDA MUAYYAN HUQUQLARGA EGA BOʻLISHINGIZ MUMKIN. USHBU SHARTLARDAGI HECH BIR NORMA SIZNING AMALDAGI HUQUQLARINGIZGA TAʼSIR OʻTKAZISH UCHUN MOʻLJALLANMAGAN. KOMPYUTER VA TELEKOMMUNIKATSION TIZIMLAR HAR DOIM HAM BEXATO ISHLAMASLIGI MUMKINLIGINI VA BAʼZIDA XATOLIKLAR YUZ BERISHI MUMKINLIGINI ANGLAYSIZ. BIZ XIZMATLARNI UZLUKSIZ BOʻLISHIGA, OʻZ VAQTIDA YETKAZIB BERILISHIGA, XAVFSIZLIGIGA, XATOSIZ EKANLIGIGA YOKI KONTENTINGIZNING YOʻQOTILISHI YUZ BERMASLIGIGA KAFOLAT BERMAYMIZ, XUDDI SHUNINGDEK, KOMPYUTER TARMOQLARIDAN HAR QANDAY UZATISHLARGA KAFOLAT BERMAYMIZ.
- b. MAHALLIY QONUNCHILIGINGIZ RUXSAT BERGAN DARAJADA, NAZARDA TUTILGAN HAR QANDAY KAFOLATLARNI, JUMLADAN SOTILISH IMKONIYATI, QONIQARLI SIFAT, MUAYYAN MAQSADGA MUVOFIQLIK VA QONUNNI BUZMASLIK BOʻYICHA KAFOLATLARNI OʻZIMIZDAN SOQIT QILAMIZ.
- c. Avstraliyada yashaydigan iste'molchilar uchun: Bizning mahsulot va xizmatlarimiz isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishga oid Avstraliya qonunchiligi asosida istisno qilib boʻlmaydigan kafolatlar bilan taqdim etiladi. Xizmat bilan bogʻliq jiddiy xatoliklar yuzaga kelsa, siz quyidagilarga haqlisiz:
- biz bilan tuzilgan xizmat shartnomasini bekor qilish; hamda
- foydalanilmagan qismi uchun toʻlangan haqni qaytarib olish yoki uning kamaygan qiymati uchun kompensatsiya olish.
Shuningdek, mahsulotlar bilan bogʻliq xatoliklar uchun toʻlangan haqni qaytarib olishni yoki mahsulotni boshqasi bilan almashtirishni tanlashingiz ham mumkin. Agar mahsulotlar yoki xizmat bilan bogʻliq xatolik jiddiy xatolik tarkibini tashkil etmasa, siz oqilona muddat davomida xatolikning tuzatib berilishiga haqlisiz. Agar tuzatib berilmasa, mahsulotlar uchun toʻlangan haqni qaytarib olishga va xizmatlar yuzasidan tuzilgan shartnomani bekor qilib, xizmatlarning foydalanilmagan qismi uchun toʻlangan haqni qaytarib olishga haqlisiz. Shuningdek, mahsulot yoki xizmat bilan bogʻliq oldindan koʻrish mumkin boʻlgan har qanday oqilona zarar yoki yoʻqotish uchun kompensatsiya olishga haqlisiz.
- d. Yangi Zelandiyada istiqomat qiladigan isteʼmolchilar uchun sizda Yangi Zelandiyaning “Isteʼmolchi huquqlari kafolatlari toʻgʻrisida”gi aktiga muvofiq, rasmiy huquqlaringizga ega bo'lishingiz mumkin va bu shartlardagi hech narsa ana shu huquqlarga taʼsir ko'rsata olmaydi.
Javobgarlikning cheklanishi
12. Microsoftning shartnoma tuzish tashkiloti.
- a. Agar sizda zararlaringizni qoplash uchun biron bir asos bo‘lsa (jumladan, shartlarni buzganlik tufayli), amaldagi qonun ruxsat etgan doirada Microsoftdan yoki uning bo‘limlaridan, chakana sotuvchilaridan, tarqatuvchilaridan, uchinchi tomon ilovalari va xizmat provayderlaridan, savdogarlaridan zarar yoki qoidani buzish yuz bergan oy davomida bevosita zararlaringiz uchun alohida qoplanishiga (yoki agar Xizmatlar bepul bo‘lsa 10 AQSH dollarigacha) o‘z roziligingizni bergan hisoblanasiz.
- b. Amaldagi qonun ruxsat bergan doirada siz quyidagilar uchun zararlarni qoplay olmaysiz: xizmatlardan foydalanish natijasida kelib chiqqan (i) har qanday yoʻqotishlar yoki zararlar; (ii) joriy yoki kutilgan daromadlarni yoʻqotish (ham bevosita, ham bilvosita); (iii) joriy yoki kutilgan foydalarni yoʻqotish (ham bevosita, ham bilvosita); (iv) shartnoma yoki biznes yoʻqotishlar yoki boshqa zararlar; (v) maxsus, bilvosita, tasodifiy yoki jarimaga sabab boʻluvchi yoʻqotishlar yoki zararlar; va (vi) amaldagi qonun ruxsat bergan doirada yuqoridagi 12.a boʻlimda keltirilgan bevosita yoʻqotishlar va zararlar. Bunday cheklovlar va istisnolar agar bu qoplash maqsadli qoplashni to’liq o’z ichiga olmagan bo’lsa yoki agar ana shu yo’qotishlar yuzaga kelishini bilgan bo’lsak yoki bilishimiz shart bo’lgan bo’lsa qo’llaniladi. Qonun doirasida maksimal darajada ruxsat etilgan holda ushbu cheklovlar va istisnolar har narsaga yoki ushbu shartlar, xizmatlar yoki xizmatlarga tegishli dasturiy ta'minotlarga nisbatan qo'llaniladi.
- c. Microsoft kompaniyasi Microsoftning boshqaruvida bo'lmagan holatlar uchun (ishchilar chiqishi, xudoning omillari, urush, terrorchilik harakatlari, zararli dasturlarning hujumi, tasodiflar, yoki hukumat buyruqlari kabilar) ushbu shartlarni bajara olmasligi yoki bajarishda kechikishi uchun javobgar bo'lmaydi. Microsoft ushbu ta'sirlarni qo'lidan kelgancha kamaytirishni va salbiy ta'sirlarga uchramagn xizmat qismlarini ko'rsatishda davom ettirishga harakat qiladi.
Xizmat bilan bog'liq shartlar
13. Xizmat bilan bog'liq shartlar. 13-bo'limdan oldin va keyin kelgan shartlar barcha Xizmatlarga umumiy tarzda qo'llaniladi. Ushbu bo'lim umumiy shartlarga qo'shimcha ravishda xizmatlarga xos bo'lgan shartlarni oʻz ichiga oladi. Umumiy shartlar bilan ziddiyat mavjud bo‘lsa, xizmatga oid ushbu shartlar amal qiladi.
Xbox
- a. Xbox.
- i. Shaxsiy notijoriy foydalanish. Microsoft tomonidan taqdim etiladigan Xbox onlayn xizmati (“Xbox tarmogʻi”), Xbox Game Studios oʻyinlari (jumladan, Mojang Games) (https://www.xbox.com/xbox-game-studios), ilovalar, obunalar (masalan, Xbox Game Pass obuna xizmati takliflari), xizmatlar (masalan, Xbox Cloud Gaming) va kontent (birgalikda “Xbox xizmatlari”) faqat shaxsiy va notijoriy foydalanishingiz uchun moʻljallangan.
- ii. Xbox xizmatlari. Microsoft Xbox xizmatlarini taqdim etishi va uchinchi tomonlar Microsoftga tegishli boʻlmagan oʻyinlar va xizmatlarni boshqarishi uchun Xbox xizmatlarini olish maqsadida registratsiya qilganingizda oʻyin oʻynashingiz haqidagi axborot, harakatlar va oʻyinlar va Xbox xizmatlaridan foydalanish kuzatiladi va tegishli uchinchi tomonlar, jumladan, oʻyin dasturchilari va noshirlariga ulashiladi. Shuningdek, agar Xbox xizmatlariga tashqi qurilmalar yoki platformalar orqali kirilsa, oʻyinlar va Xbox xizmatlari geympleyingiz, harakatlaringiz va foydalanishingiz haqidagi axborot har qanday uchinchi tomon shartlari va maxfiylik siyosatlari bilan tartibga solinadigan bunday tashqi qurilmalar yoki platformalar tomonidan kuzatilishi va ulashilishi mumkin. Agar Microsoft hisobingiz bilan boshqa platforma yoki qurilmaga kirsangiz yoki Microsoft hisobingizni bunday platformalar yoki qurilmalarga Microsoft boʻlmagan Xizmatdan (masalan, Microsoft boʻlmagan tashqi ilovalar va xizmatlarning oʻyin noshiri) foydalanish uchun ulasangiz, quyidagilarga rozilik bildirasiz: (a) Microsoft maxfiylik bayonnomasida tavsiflanganidek, Microsoft cheklangan hisob va foydalanishga aloqador axborotni (jumladan, bular bilan cheklanmagan holda, oʻyinchi tegi, oʻyinchi bali, oʻyin tarixi, foydalanish maʼlumotlari va tanishlar roʻyxati) Microsoft tomoniga ulashishi mumkin, va (b) agar Xbox maxfiylik sozlamalaringizda ruxsat berilsa, Microsoft tomoni oʻyin ichidagi muloqotlardan yoki Microsoft tomoni bilan hisobingizga kirganingizda siz foydalangan boshqa ilovalardan Kontentingizga kirishi mumkin. Shuningdek, agar Xbox maxfiylik sozlamalaringizda ruxsat berilgan boʻlsa, Microsoft muloqotlardagi ismingizni, oʻyinchi tegingiz, oʻyinchi suratingiz, shioringizni, avataringizni, oʻyin kliplarini va oʻyinlaringizni siz ruxsat bergan odamlarga ulashishi mumkin. Agar Xboxga xos Oilaviy xavfsizlik sozlamalarini yoqqan boʻlsangiz, bu sozlamalar Xbox konsollari, Xbox Cloud Gaming va kompyuter yoki mobil qurilmalardagi Xbox ilovasida tatbiq etiladi, lekin boshqa qurilma yoki platformalarda ochilgan yoki oʻynalgan Xbox Game Studios oʻyinlari yoki xizmatlariga tatbiq etilmasligi mumkin. Oilangiz uchun yanada xavfsiz oʻyin taassurotini taqdim etish uchun ushbu boshqa qurilma va platformalarda ota-ona sozlamalarini tekshiring.
- iii. Kontentingiz. Xbox Services hamjamiyatini yaratishning bir qismi sifatida siz Microsoft, uning filiallari va litsenziatlariga Kontentingiz yoki har qanday Xbox xizmatlari uchun joylagan ismingiz, geymer tegingiz, shioringiz yoki avataringizdan foydalanish, tahrirlash, takrorlash, tarqatish, translatsiya qilish, ulashish va namoyish qilish uchun bepul va butun dunyo boʻylab huquq berasiz.
- iv. O'yin boshqaruvchilari. Ayrim oʻyinlar oʻyin boshqaruvchilari, vakillar yoki tashkilotchilardan foydalanishi mumkin. Oʻyin boshqaruvchilari va tashkilotchilari Microsoftning vakolatli vakillari emas. Ularning qarashlari Microsoft qarashlarini aks ettirishi shart emas.
- v. Bolalar va Xbox. Agar siz voyaga yetmagan boʻlib, Xbox xizmatlaridan foydalansangiz, ota-onangiz yoki vasiyingiz hisobingizning koʻp xususiyatlarini boshqara olishi va Xbox xizmatlaridan foydalanishingiz haqidagi hisobotlarni olishlari mumkin. Bu funksiyalar Xbox xizmatlariga ekskluziv hisoblanadi va boshqa qurilmalar yoki platformalarga oʻtkazmasligi mumkin.
- vi. Oʻyin valyutasi yoki virtual mahsulotlar. Xbox Xizmatlariga agar oʻzingiz yashaydigan joy qonunlariga binoan “voyaga yetgan” deb hisoblansangiz, haqiqiy pul vositalaridan foydalanib Microsoft kompaniyasidan yoki uning nomidan xarid qilinishi mumkin boʻlgan virtual, oʻyin valyutalari (masalan, oltin, tanga va ballar) kirishi mumkin. Xbox Xizmatlariga haqiqiy pul vositalari yoki oʻyin valyutalaridan foydalanib Microsoft kompaniyasidan yoki uning nomidan xarid qilish mumkin boʻlgan virtual, raqamli mahsulotlar yoki tovarlar ham kirishi mumkin. Oʻyin valyutasi va virtual mahsulotlar Microsoft yoki boshqa taraf tomonidan hech qachon haqiqiy pul vositalari yoki pul qiymatiga ega boʻlgan mahsulotlar yoki boshqa ashyolarga almashtirib berilmasligi mumkin. Xbox xizmatlaridagi oʻyin valyutasi va virtual mahsulotlardan foydalanish boʻyicha cheklangan, shaxsiy, chaqirib olish mumkin boʻlgan, oʻtkazib, sublitsenziya qilib boʻlmaydigan litsenziyadan boshqa sizda Xbox xizmatlarida koʻrinadigan yoki ularda yaratiladigan oʻyin valyutasi yoki virtual mahsulotlar yoki Xizmatlardan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan yoki Xbox xizmatlarida saqlanadigan boshqa har qanday atributlarga nisbatan hech qanday huquqlar mavjud emas. Microsoft bir yoki undan ortiq Xbox oʻyinlari yoki ilovalariga aloqador oʻyin valyutasi va/yoki virtual tovarlarni mahalliy qonunlar tomonidan ruxsat berilgan maksimal darajada, oʻz ixtiyoriga koʻra istalgan payt muvofiqlashtirishi, nazorat qilishi, oʻzgartirishi va/yoki yoʻq qilishi mumkin.
- vii. Dasturiy taʼminot yangilanishlari. Xbox xizmatlariga ulana oladigan har qanday qurilma uchun biz Xbox konsolingiz dasturi yoki Xbox ilovasi dasturi versiyasini avtomatik tekshirishimiz va Xbox konsoli yoki Xbox ilovasi dasturi yangilanishlari yoki konfiguratsiya oʻzgarishlarini, jumladan, Xbox xizmatlariga kirish, ruxsatsiz Xbox oʻyinlari yoki Xbox ilovalaridan foydalanish yoki Xbox konsoli bilan ruxsatsiz apparat yordamchi qurilmalaridan foydalanishingizning oldini oladiganlarni yuklab olishimiz mumkin.
- viii. Aldov va qalbakilashtirish dasturlari. Xbox xizmatlariga ulana oladigan har qanday qurilma uchun biz Axloq kodeksi yoki ushbu Shartlarni buzgan holda aldash va buzish imkonini beradigan ruxsatsiz apparat qismi yoki dastur uchun qurilmangizni tekshirishimiz va Xbox ilovasi dastur yangilanishlari yoki konfiguratsiya oʻzgarishlarini, jumladan, Xbox xizmatlariga kirishingizning oldini oladigan yoki aldash yoki buzish imkonini beruvchi ruxsatsiz apparat qismi yoki dasturdan foydalanishingizning oldini oluvchilarni yuklab olishimiz mumkin.
- ix. Qoʻshimcha obuna shartlari va qoidalari. Xbox xizmatlari obunalari Xbox obuna shartlari va qoidalari | Xbox (https://www.xbox.com/legal/subscription-terms) hujjatida belgilangan qoʻshimcha shartlar va qoidalar bilan boshqariladi.
- x. Nofaol Xbox xizmati obunalari. Agar Xbox xizmatlari obunasidan muayyan vaqti davomida foydalanmasangiz, Microsoft muntazam hisob-kitobingizni faolsizlantirishi va muayyan mamlakatlarda muntazam hisob-kitoblarni toʻxtatishi mumkin. Microsoft muntazam hisob-kitoblarni faolsizlantirishdan oldin sizga eslatma yuboradi. Tafsilotlar, jumladan, tegishli nofaollik muddati uchun Obuna nofaolligiga oid savol-javob | Xbox yordam xizmati (https://support.xbox.com/en-GB/help/subscriptions-billing/manage-subscriptions/xbox-subscription-inactivity-policy) bilan tanishing.
- xi. Qoʻshimcha yakuniy foydalanuvchi bilan litsenziya kelishuvlari va axloq kodeksi. Ayrim Xbox xizmatlari oʻz foydalanish shartlari va axloq kodeksiga ega boʻlishi mumkin.
Store
- b. Store. “Store” – bu ilovalarni (“ilova” atamasi o'yinlarni ichiga oladi) va boshqa raqamli kontentlarni qidirish, yuklab olish, xarid qilish, baholash va ko'rib chiqish imkonini beruvchi xizmat hisoblanadi. Ushbu Shartlar Microsoft yoki uning filiallariga tegishli hamda ular tomonidan boshqariladigan maxsus Storelardan (Office Store, Xboxdagi Microsoft Store, Windowsdagi Microsoft Store va boshqalar ham shular jumlasidan) foydalanishga nisbatan amal qiladi. “Office Store” Office, Microsoft 365, SharePoint, Exchange, Access va Project (2013 va undan keyingi versiyalar) yoki Office Store brendi ostidagi boshqa interfeyslar uchun Office mahsulotlari va ilovalari Store xizmatini anglatadi. “Windowsdagi Microsoft Store” Microsoft yoki uning filiallariga tegishli yoki ular tomonidan boshqariladigan, telefon, shaxsiy kompyuter, planshet kabi Microsoft qurilmalari uchun yoki Microsoft Store brendi ostidagi hamda telefon, shaxsiy kompyuter va planshet kabi Windows qurilmalarida foydalanish mumkin boʻlgan boshqa interfeyslar uchun moʻljallangan Storeni anglatadi. “Xboxdagi Microsoft Store” Microsoft yoki uning filiallariga tegishli yoki ular tomonidan boshqariladigan, Xbox konsollari yoki Microsoft Store brendi ostidagi hamda Xbox konsolida foydalanish mumkin boʻlgan boshqa interfeyslar uchun moʻljallangan Storeni anglatadi.
- i. Litsenziya shartlari. Tegishli Storeda mavjud har bir ilova noshirini aniqlashtirib beramiz. Ushbu Shartlarning oxirida kelgan ilovaning standart litsenziya shartlari (“SALT”) siz bilan ilova noshiri o‘rtasida tuzilgan shartlari bo‘lib ular, agar ilova bilan alohida litsenziya shartlari taqdim qilinmagan bo‘lsa, Microsoft va uning filiallariga tegishli boʻlgan yoki ular tomonidan boshqariladigan har qanday Store (Office Store bundan mustasno) orqali yuklab olingan ilovalardan foydalanishingizga nisbatan amal qiladi. Mazkur Shartlar Microsoft xizmatlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlardan foydalanishni ham qamrab oladi. Ushbu Shartlarning 5-bo‘limi Storedan olingan har qanday uchinchi taraf ilovalari va xizmatlariga nisbatan ham qoʻllaniladi. Office Store orqali yuklab olingan ilovalar SALT bilan tartibga solinmaydi va alohida litsenziya shartlariga ega boʻladi.
- ii. Yangilanishlar. Microsoft avtomatik tarzda, tegishli Store tizimiga kirmagan boʻlsangiz ham, ilovalarning yangilanishlarini tekshiradi va yuklab oladi. Agar Store ilovalarning yangilanishlarini olishni xohlamasangiz, Store yoki tizim sozlamalarini oʻzgartirishingiz mumkin. Biroq butunlay yoki qisman onlayn rejimida ishlaydigan Office Store ilovalari ilova ishlab chiquvchisi tamonidan istalgan vaqtda sizdan beruxsat yangilanishi mumkin.
- iii. Baholash va sharhlar. Agar siz Storedagi ilovani yoki boshqa raqamli mahsulotni baholasangiz yoki unga sharh qoldirsangiz, Microsoft kompaniyasidan ilova yoki raqamli tovar noshir kontentiga ega elektron pochta xabarini olishingiz mumkin. Bunday elektron pochta manzillari Microsoft kompaniyasiga oiddir; biz sizning elektron pochta manzilingizni Store orqali xarid qilgan ilovalaringiz yoki boshqa raqamli tovarlaringiz noshirlariga ulashmaymiz.
- iv. Xavfsizlik ogohlantirishi. Koʻzingizga shikast yetishi, xiralashishi yoki toliqishining oldini olish uchun oʻyin oʻynash yoki ilovalardan foydalanish jarayonida, ayniqsa foydalanish natijasida biror ogʻriq yoki toliqish sezgan paytingizda vaqti-vaqti bilan tanaffus qilib turishingiz lozim. Agar noqulayliklar his qilsangiz, tanaffus qiling. Noqulayliklarga koʻngil aynishi, chayqalib behuzur boʻlish, bosh aylanishi, harakat tezligining yoʻqolishi, bosh ogʻrigʻi, charchoq, koʻz toliqishi yoki qurishi kabi holatlar kiradi. Ilovalardan foydalanish sizni chalgʻitishi va atrofni idrok qila olmaslikka sabab bo'lishi mumkin. Safar qilish, zinalar, past shiftlardan, zarar yetkazilishi mumkin boʻlgan nozik va qimmatbaho buyumlardan uzoqroq yuring. Ayrim kishilarda ilovada paydo boʻladigan chaqnash yoki shakllar natijasida koʻz oldining xiralashishi kuzatilishi mumkin. Hatto avval koʻz oldini xiralashishiga biror marta duch kelmagan kishilar ham bunday koʻz oldining xiralashishini boshdan kechirishlari mumkin. Bosh aylanishi, koʻrish qobiliyatining oʻzgarishi, jimirlashi, tortilishi yoki uchlarning uvishishi, dizoriyentatsiya, gangish, hushdan ketish yoki konvulsiyalar buning alomatlari boʻlishi mumkin. Agar ushbu alomatlardan biri sizda kuzatilsa, ilovadan foydalanishni darhol toʻxtating va ilovani qaytadan foydalanishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing. Ota-onalar bolalarining ilovalardan foydalanishida alomatlarning belgilari mavjud yoki mavjud emasligini nazorat qilib turishi lozim.
Microsoft oilaviy xususiyatlari
- c. Microsoft oila xususiyatlari. Ota-onalar va bolalar oilasiga qanday xatti-harakat, veb-saytlar, ilovalar, oʻyinlar, joylashuvlar va xarajatlar mos kelishini ulashib oʻzaro ishonch hosil qilish maqsadida Microsoft oilaviy funksiyalaridan, jumladan, Microsoft Family Safety xizmatidan foydalanishi mumkin. Ota-onalar https://account.microsoft.com/family saytiga kirib (yoki oʻzlarining Windows qurilmalarida yoki Xbox konsolida koʻrsatmalarni bajarib) va farzandlarini yoki boshqa ota-onalarni qoʻshilishga taklif qilib, oila boʻlimini yaratishi mumkin. Oila aʼzolari uchun juda koʻp xususiyatlar bor, shuning uchun oila yaratishga yoki oilaga qoʻshilishga rozilik berishdan yoki raqamli tovarlar xarid qilishdan oldin keltirilgan maʼlumotlarni yaxshilab oʻqib chiqing. Oilani boʻlimini yaratish yoki unga qoʻshilish orqali siz undan koʻzlangan maqsadiga koʻra foydalanishga rozilik berasiz va boshqa kishining shaxsiy maʼlumotlarini noqonuniy tarzda olmaslikka rozilik bildirasiz. Microsoft oilaviy xususiyatlari Microsoft xizmatlariga ekskluziv hisoblanadi va ular boshqa platformalarga oʻtkazilmaydi. Masalan, Xboxga xos Oilaviy xavfsizlik sozlamalari Xbox konsollari, Xbox Cloud Gaming va kompyuter yoki mobil qurilmalardagi Xbox ilovasida tatbiq etiladi, lekin boshqa qurilma yoki platformalarda ochilgan yoki oʻynalgan Xbox Game Studios oʻyinlari yoki xizmatlariga tatbiq etilmasligi mumkin. Oilangiz uchun yanada xavfsiz oʻyin taassurotini taqdim etish uchun ushbu qurilma va platformalarda ota-ona sozlamalarini tekshiring.
Guruh xabarlari
- d. Guruh xabarlari. Microsoft kompaniyasining turli xizmatlari boshqalarga ovozli yoki SMS ("xabarlar") xabarlarni yuborish imkonini beradi va/yoki Microsoft va Microsoftning filiallariga sizning nomingizdan boshqalarga shunday xabarlarni bir yoki bir nechta foydalanuvchilarga yuborish imkonini beradi. O'ZINGIZ YOKI BOSHQA FOYDALANUVCHILARGA MICROSOFT VA MICROSOFT TARAFIDAN BOSHQARILADIGAN FILIALLARGA SHUNDAY XABARLARNI YUBORISH KO'RSATMASINI BERGANINGIZDA, BUNDAY XABARLARNI VA MA'MURIY MATNLI XABARLARNI MICROSOFT VA MICROSOFT TARAFIDAN BOSHQARILADIGAN FILIALLARGA SIZ KO'RSATMA BERGANINGIZGA ROZILIGINGIZNI VA KAFOLATINGIZNI BERGAN HISOBLANASIZ. "Ma'muriyat xabarlari" Microsoft xizmatidan davriy ravishda keladigan xabarlar, jumladan, lekin bu bilan cheklanmagan holda "qutlov xabarlari" yoki xabarlarni qabul qilishni qanday to'xtatish bo'yicha ko'rsatmalardir. Agar siz va guruh a'zolari Microsoft yoki Microsoft tarafidan boshqariladigan filiallari tarafidan yuboriladigan bunday xabarlarni boshqa olishni xohlamasangiz, istagan paytda berilgan ko'rsatma orqali ularni o'chirib qo'yishingiz mumkin. Agar siz bunday xabarlarni olishni yoki guruhda ishtirok etishni xohlamasangiz, dastur yoki xizmatda keltirilgan ko'rsatmalarni bajarib, ularni bekor qilishga o'z roziligingizni berasiz. Agar guruh a'zosi bunday xabarlarni olishni istamasligi yoki guruhda ishtirok etishni xohlamasligiga ishonchingiz bo'lsa, uni guruhdan chiqarib tashlashga rozilgingizni berasiz. Siz va xabarlarni qabul qilish uchun ko'rsatilgan har bir shaxs o'z mobil operatorlari tarafidan bunday xabarlar uchun olinadigan har qanday haqlar, jumladan, AQSH raqamlari orqali yuborilgan xalqaro xabarlar uchun olinadigan to'lovlarga roziligingizni bergan hisoblanasiz va shunga kafolat berasiz.
Skype, Microsoft Teams va GroupMe
- e. Skype, Microsoft Teams va GroupMe.
- i. Favqulodda xizmatlar. Anʼanaviy mobil yoki statsionar telefon xizmatlari hamda Skype, Microsoft Teams va GroupMe orasida muhim farqlar mavjud. Microsoft Skype, Microsoft Teams va GroupMe orqali 911 yoki 112 favqulodda chaqiruvlari (“Favqulodda xizmatlar”) kabi favqulodda xizmatlarga chiqishni taklif qilish yuzasidan amaldagi mahalliy yoki milliy qoidalar, normativ hujjatlar yoki qonunlarga muvofiq cheklangan majburiyatlarga ega. Faqat Skype xizmatining Skype to Phone funksiyasining cheklangan dastur versiyalari ishlatilayotgan platformaga qarab juda cheklangan sondagi mamlakatlarda Favqulodda xizmatlarga chaqiruvlarni dastaklashi mumkin. Bu funksiyaning mavjudligi va uni qanday sozlash tafsilotlarini bu yerda topishingiz mumkin: https://www.skype.com/go/emergency. Agar Skype to Phone favqulodda chaqiruvi ulansa, sizga javob berish uchun favqulodda xizmatlarni yoqish uchun jismoniy manzilingiz tafsilotlarini taqdim etishingiz kerak boʻladi.
- ii. API yoki translyatsiya. Agar Skype dasturiy taʼminoti va mahsulotlaridan biror translatsiya bilan bogʻliq maqsadda foydalanmoqchi boʻlsangiz, quyida keltirilgan “Translatsiya TOS” qoidalariga amal qilishingiz lozim: https://www.skype.com/go/legal.broadcast. Agar Skype tomonidan ishlab chiqilgan yoki taqdim etilgan biror ilova dasturi interfeysidan (“API”) foydalanmoqchi boʻlsangiz, quyida keltirilgan amaldagi litsenziyalash shartlariga amal qilishingiz lozim: www.skype.com/go/legal.
- iii. Adolatli foydalanish qoidalari. Adolatli foydalanish qoidalari Skype dasturiy taʼminoti hamda mahsulotlaridan foydalanishingizga nisbatan amal qilishi mumkin. Tovlamachilik va suiisteʼmolchilikdan himoya qilish uchun ishlab chiqilgan ushbu qoidalarni oʻqib chiqing va ularda siz amalga oshira oladigan chaqiruv yoki xabarlarning turi, davomiyligi hamda hajmiga nisbatan cheklovlar belgilangan boʻlishi mumkin. Ushbu Qoidalar mazkur Shartlarda havola orqali joylashtirilgan. Bu tafsilotlarni https://www.skype.com/go/terms.fairusage/ manzilida topishingiz mumkin.
- iv. Shaxsiy/notijoriy foydalanish. Skype dasturiy taʼminoti va mahsulotlari shaxsiy va notijoriy maqsadda foydalanish uchundir. Ish joyingizda shaxsiy biznes aloqalaringiz uchun Skype'dan foydalanishingiz mumkin.
- v. Skype raqami/Skype To Go. Agar Microsoft sizga Skype raqami yoki Skype To Go raqamini taqdim etsa, siz bu raqamning egasi emasligingizga va ushbu raqamni doimiy saqlash huquqingiz borligiga rozilik bildirasiz. Ayrim davlatlarda raqam Microsoft tomonidan emas, Microsoft hamkori tomonidan taqdim etilishi mumkin va bu holda siz ushbu hamkor bilan alohida bitim tuzasiz. Skype raqami haqida batafsil maʼlumot olish uchun https://go.skype.com/home.skype-number sahifasiga kiring.
- vi. Skype Manager. “Skype Manager admin hisobi” biznes subyekti sifatida emas, balki Skype Manager guruhining individual admini sifatida siz tomoningizdan yaratiladi va boshqariladi. Alohida Microsoft hisobini Skype Manager guruhi bilan biriktirishingiz mumkin ("Biriktirilgan hisob"). Skype Manager guruhingizga qoʻshimcha maʼmurlarni tayinlashingiz mumkin, ular oʻz navbatida ushbu Shartlarni qabul qilgan hisoblanadi. Agar siz biriktirilgan hisobga Skype raqamini tayinlasangiz, biriktirilgan hisob foydalanuvchilarning rezidensiyasi yoki joylashuviga oid talablarga muvofiq harakat qilishlariga javobgar hisoblanasiz. Agar siz biriktirilgan hisobni Skype Manager guruhidan ajratishni xohlasangiz, har qanday obunalar, Skype krediti yoki Skype raqamlarini tiklab boʻlmaydi va ajratilgan hisob bilan bogʻlangan tarkibingiz va materiallaringizga kira olmaysiz. Siz Ulangan hisob foydalanuvchilaringizning har qanday shaxsiy axborotlarini amaldagi barcha maʼlumotlarni himoyalash qonunlariga muvofiq ravishda qayta ishlashga rozilik berasiz. Agar guruh aʼzolari ushbu MSAdagi Axloq kodeksiga rioya qilmasa, Skype Manager hisobingiz bloklanishi mumkin.
- vii. Skype to'lovlari. Skype pulli mahsulotlarining barcha narxlari, agar boshqacha shart nazarda tutilmagan boʻlsa, tegishli soliqlarni oʻz ichiga olgan hisoblanadi. Obunadan tashqari, qilinadigan chaqiruvlar uchun toʻlovlar ulanish tarifidan iboratdir (har bir chaqiruv uchun toʻlanadi) va daqiqali tarif baholari www.skype.com/go/allrates saytida keltirilgan. Chaqiruv toʻlovlari sizning Skype krediti balansingizdan olinadi. Microsoft istagan vaqtda quyidagi havolada nashr qilish orqali chaqiruv tariflarini oʻzgartirishi mumkin: www.skype.com/go/allrates Yangi tarif baholari nashr qilingandan keyingi chaqiruvingizdan boshlab amal qiladi. Chaqiruv qilishingizdan avval eng soʻnggi tariflarni tekshiring. Bir daqiqaga yetmaydigan chaqiruv daqiqalari va haqlari yaxlit daqiqaga toʻldiriladi. Ayrim mamlakatlarda, Skype pullik mahsulotlari Microsoftʼning mahalliy hamkorlari tarafidan taqdim qilinadi hamda bunday tranzaksiyalarga ana shu hamkorlarning Foydalanish shartlari qoʻllaniladi. Yuqorida aytilganlarga qaramay, amaldagi qonunchilikka muvofiq, agar Skype Raqamingizni boshqa provayderga almashtirsangiz, oldindan toʻlangan har qanday obuna balansini talabga binoan qaytarib olish huquqiga ega boʻlishingiz mumkin.
- viii. Skype krediti. Microsoft barcha pulli Skype mahsulotlarini xarid qilishingiz uchun pulli mahsulotlar vaqti-vaqti bilan oʻzgarishi mumkinligi sababli Skype kreditidan foydalana olishingizga kafolat bermaydi. Agar siz Skype kreditingizdan 180 kun davomida foydalanmasangiz, Microsoft sizning Skype kreditingizni nofaol holatga oʻtkazadi. Siz Skype kreditingizni quyidagi qayta faollashtirish havolasi orqali qayta faollashtirishingiz mumkin; https://www.skype.com/go/store.reactivate.credit. Agar siz Yaponiyada joylashgan boʻlsangiz va Skype veb-saytidan Skype krediti sotib olsangiz, yuqoridagi ikkita shart sizga nisbatan amal qilmaydi va Skype krediti xarid qilinganidan 180 kun oʻtganidan soʻng muddati tugaydi. Kredit muddati tugagach, uni qayta faollashtirib yoki foydalanib boʻlmaydi. Agar qandaydir sabab bilan Microsoft hisobingiz yopilsa, unga biriktirilgan Skype Kreditidan mahrum boʻlasiz va uni tiklab boʻlmaydi. Skype Kreditlarni boshqa foydalanuvchilarga oʻtkazish mumkin emas.
- ix. Skype Dial Pad. Skype Desktop va mobil ilovalar nafaqaga chiqqanidan keyin Skype Dial Pad'dan faol obuna yoki Skype Kreditlar bilan foydalanishingiz mumkin. Skype Dial Pad bu – Microsoft Teams ichida yoki vebda foydalanishingiz mumkin boʻlgan Skype mahsuloti.
- x. Xalqaro xabarlar uchun toʻlovlar. GroupMe hozirda yaratilgan har bir guruh uchun AQSHdagi raqamlardan foydalanadi. GroupMe raqamiga yuborilgan yoki undan olingan har bir xabar AQSHga yuborilgan yoki undan qabul qilingan xalqaro matnli xabar sifatida hisoblanadi. Joylashuv axborotingizga qarab Microsoft Teams xalqaro matnli xabar sifatida hisoblanishi mumkin boʻlgan telefon raqamidan foydalanayotgan boʻlishi mumkin. Tegishli xalqaro tariflar uchun provayderingizga murojaat qiling.
- xi. Microsoft Teams SMS. Microsoft Teams Avstriya raqamlariga ega qabul qiluvchilarga yuborilgan xabarlar uchun asosiy faoliyat manzili Boulevard du Roi Albert II, 27 1030, Bruxelles Belgium (“BICS”) boʻlgan Belgacom International Carrier Services SA. tomonidan taqdim etiladigan Avstraliyadagi raqamlardan foydalanishi mumkin. Microsoft va uning filiallari BICS kompaniyasiga afillanmagan.
Bing va MSN
- f. Bing va MSN.
- i. Bing va MSN materiallari. Bing va MSN, jumladan, Microsoft botlari, ilovalari va dasturlari orqali mavjud maqolalar, matnlar, suratlar, xaritalar, videolar, videopleyerlar va tashqi materiallar faqat notijoriy, shaxsiy foydalanishingiz uchun moʻljallangan. Boshqa maqsaddagi foydalanishlar, jumladan yuklab olish, nusxa olish yoki qayta tarqatish yoki bu material va mahsulotlardan oʻz mahsulotlaringizni yaratishda foydalanish, faqatgina Microsoftʼning yoki tegishli egalik qiluvchilarning maxsus ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin. Microsoft hamda boshqa tegishli huquq egalari materiallarga nisbatan, ushbu litsenziya shartlari ostida Microsoft tomonidan eʼlon qilingan-qilinmagan, nazarda tutilgan yoki tutilmagan, estoppel va boshqa shaklda koʻzda tutilgan yoki tutilmaganidan qatʼi nazar, barcha huquqlarni oʻzida saqlab qoladi.
- ii. Bing Xaritalari. Bizning alohida yozma ruxsatimizsiz Qoʻshma Shtatlar, Kanada, Meksika, Yangi Zelandiya, Avstraliya yoki Yaponiyaning “Bird's eye” suratlarini hukumat foydalanilishi uchun ishlata olmaysiz.
- iii. Bing joylar. Maʼlumotlaringizni yoki kontentingizni Bing Places xizmatiga taqdim qilganingizda siz Microsoftʼga maʼlumotlar va kontentingizdan (jumladan, maʼlumotlar va kontentingizdagi intellektual mulk huquqlari) dunyo boʻylab foydalanish, ularni koʻpaytirish, saqlash, oʻzgartirish, birlashtirish, reklama qilish, uzatish, aks ettirish va tarqatish boʻyicha bepul litsenziya hamda yuqoridagi istalgan yoki barcha huquqlarni uchinchi tomonlarga sublitsenziya asosida taqdim qilish uchun ruxsat bergan hisoblanasiz.
Cortana
- g. Cortana.
- i. Shaxsiy notijorat maqsadida foydalanish. Cortana bu Microsoftning shaxsiy yordamchi xizmatidir. Cortana tomonidan taqdim qilingan funksiya, xizmatlar va kontentdan (birgalikda “Cortana xizmatlari”) faqat shaxsiy va notijoriy maqsadlarda foydalanish mumkin.
- ii. Funksionallik va kontent. Cortana bir qator xususiyatlarni taqdim etadi, ularning ayrimlari shaxsiylashtiriladi. Cortana xizmatlari sizga boshqa Microsoft xizmatlari yoki uchinchi tomon ilovalari va xizmatlari tomonidan taqdim qilinadigan xizmatlar, maʼlumotlar yoki funksiyalardan foydalanish imkonini berishi mumkin. 13-bo‘limdagi xizmatga oid Shartlar Cortana xizmatlari orqali qoʻlga kiritish mumkin boʻlgan tegishli Microsoft xizmatlaridan foydalanish uchun ham amal qiladi. Cortana ushbu maʼlumotlarni faqatgina sizning maqsadlaringizni rejalashtirish uchun taqdim qiladi va siz ushbu maʼlumotlarni ko’rib chiqayotganingizda va unga tayanayotganingizda oʻzingiz mustaqil qaror qabul qilishingiz kerak. Microsoft Cortana tomonidan taqdim qilingan shaxsiylashtirilgan tajribalarning ishonchli va toʻgʻri ekaniga kafolat bermaydi. Microsoft Cortana funksiyasi sizni muloqot yoxud bildirishnoma olishingiz, uni ko‘zdan kechirishingiz yoki jo‘natishingiz yoki xizmatni qabul qilishingiz kechikkani yoxud ularning amalga oshirilmagani uchun javobgar emas.
- iii. Uchinchi tomon ilovalari va xizmatlari. Cortana xizmatlarini koʻrsatishning bir qismi sifatida, Cortana uchinchi tomon ilovalari va xizmatlaridan (uchinchi tomon mahoratlari va unga aloqador xizmatlardan) foydalanishingizni taklif qilishi yoki ulardan foydalanishingizga yordam berishi mumkin. Agar tanlasangiz, Cortana uchinchi tomon ilovalari va xizmatlari bilan maʼlumot almashishi mumkin. Bu maʼlumotga pochta indeksingiz va uchinchi tomon ilovasi va xizmatlariga yuborilgan soʼrovlar va olingan javoblar ham kiradi. Cortana oʻzingiz bevosita uchinchi tomon ilovalari va xizmatlari bilan oʻrnatgan hisob parametrlari va sozlamalaridan foydalangan holda sizga ushbu uchinchi tomon ilovalari va xizmatlari orqali xaridlarni amalga oshirish imkonini berishi mumkin. Siz Cortana xizmatingizni istalgan vaqtda uchinchi tomon ilovalari va xizmatlaridan uzib qoʻyishingiz mumkin. Uchinchi tomon ilovalari va xizmatlariga ulanish uchun Cortana xizmatlaridan foydalanishingiz mazkur Shartlarning 5-bo‘limi orqali tartibga solinadi. Uchinchi tomon ilovalari va xizmatlari noshirlari o‘zlarining uchinchi tomon ilova va xizmatlarining funksionalligi yoki funksiyalarini yoki Cortana Xizmatlari bilan uyg‘unlashuvini oʻzgartishi yoki toʻxtatishi mumkin. Ishlab chiqaruvchi taʼminlagan dasturiy taʼminot yoki mikrodasturlar uchun Microsoft masʼul yoki javobgar emas.
- iv. Cortana ishlaydigan qurilmalar. Cortana ishlaydigan qurilmalar bu – Cortana xizmatlarini ishlatish imkoni mavjud boʻlgan qurilmalar va mahsulotlar yoki Cortana xizmatlari bilan ishlay oladigan mahsulotlar va qurilmalardir. Cortana ishlaydigan qurilmalarga Microsoft egalik qilmaydigan, ishlab chiqarmagan yoki ishlab chiqmagan uchinchi tomon qurilmalari yoki mahsulotlarini oʻz ichiga oladi. Ushbu uchinchi tomon qurilmalari yoki mahsulotlari uchun Microsoft masʼul yoki javobgar emas.
- v. Dasturiy taʼminot yangilanishlari. Biz Cortana xizmatlari dasturining versiyasini avtomatik tarzda tekshirib turishimiz, yangilanishlar yoki sozlama o‘zgarishlarini yuklab olishimiz yoki Cortana ishlaydigan qurilma ishlab chiqaruvchilaridan uni yangilab turishni talab qilishimiz mumkin.
Microsoft 365 ilovalari va xizmatlari
- h. Microsoft 365 ilovalari va xizmatlari.
- i. Shartlardan foydalanish. i. Microsoft 365 Family, Microsoft 365 Personal, Microsoft 365 Basic, Sway, OneNote.com va boshqa har qanday Microsoft 365 ilovasi yoki Xizmati yoki Office brendli Xizmat sizning shaxsiy va notijoriy maqsadlarda foydalanishingizga mo‘ljallangan, Microsoft bilan tijorat huquqlariga ega alohida tuzilgan shartnomalar bundan mustasno. Microsoft 365 Family, Microsoft 365 Personal va boshqa har qanday Microsoft 365 ilovasi yoki obuna Xizmatida Word, Excel, PowerPoint, Outlook, OneDrive, Access va Publisher kabi ilovalardan foydalanish ushbu Shartlar bilan birgalikda https://aka.ms/useterms sahifasida joylashgan qoʻshimcha litsenziya shartlari bilan tartibga solinadi.
- ii. Qoʻshimcha Outlook shartlari. Outlook dasturi Bing Xaritalar dasturidan foydalanishni oʻz ichiga oladi. Bing Xaritalar orqali taqdim etilgan har qanday kontentdan, jumladan, geokodlardan, ushbu kontent taqdim etilgan mahsulot ichida foydalanilishi kerak. Sizning Bing Xaritalar xizmatidan foydalanishingiz go.microsoft.com/?linkid=9710837 sahifasidagi Bing Xaritalar Yakuniy foydalanuvchisining foydalanish shartlari hamda go.microsoft.com/fwlink/?LinkID=248686 sahifasidagi Microsoft Maxfiylik bayonnomasi bilan boshqariladi.
Raqamli mahsulotlar
- i. Raqamli mahsulotlar. Microsoft Groove, Microsoft Filmlar va TV, Store, Xbox xizmatlari va boshqa tegishli hamda kelgusida qoʻshiladigan xizmatlar orqali Microsoft raqamli koʻrinishda sizga musiqalar, tasvirlar, video, matn, kitoblar, oʻyinlar yoki boshqa materiallarni (“Raqamli mahsulotlar”) olish, tinglash, koʻrish, oʻynash yoki oʻqish imkoniyatini berishi mumkin. Raqamli mahsulotlar faqatgina shaxsiy foydalanishingiz uchun taqdim qilinadi, tijorat maqsadlarida qo'llash uchun emas. Siz Raqamli mahsulotlarning har qanday nusxasini qayta tarqatmaslikka, translyatsiya qilmaslikka, omma ichida ishlatmaslikka yoki aks ettirimaslikka va uzatmaslikka o'z roziligingizni bergan hisoblanasiz. Raqamli mahsulotlar Microsoft yoki uchinchi tomonlarning mulki bo'lishi mumkin. Barcha holatlarda siz shu narsani tushunishingiz va tan olishingiz kerakki, Raqamli mahsulotlarga nisbatan huquqlaringiz ushbu shartlar, mualliflik huquqi qonunlari hamda https://go.microsoft.com/fwlink/p/?LinkId=723143 sahifasidagi Foydalanish qoidalari bilan cheklangandir. Siz har qanday xizmat orqali qay maqsadda olingandan qat'i nazar, jumladan Raqamli mahsulotlarning egaligini yoki manbasini buzib ko'rsatish yoki o'zgartirish bo'ladimi, Raqamli mahsulotlarni o'zgartirishga harakat qilmaslikka o'z roziligingizni berasiz. Microsoft yoki Raqamli mahsulotlarning egalari vaqti-vaqti bilan oldindan xabar bermasdan Raqamli mahsulotlarni Xizmatlar tarkibidan olib tashlashi mumkin.
Microsoft Storage
- j. Microsoft Storage.
- i. OneDrive xotirasini tayinlash. Agar siz OneDrive hisobingizda Microsoft Storage uchun bepul yoki pulli obuna xizmati shartlariga muvofiq taqdim qilingandan koʻra koʻproq kontent saqlasangiz va Microsoftʼning sizga yuborilgan ortiqcha kontentingizni olib tashlash yoki yangi obuna hisobiga koʻchirish orqali hisobingizni tuzatib qoʻyish talabiga hech qanday javob olmasak, hisobingizni yopish va OneDrive xizmatidagi kontentingizni oʻchirish yoki faolsizlantirish huquqini oʻzimizda saqlab qolamiz. Microsoft Storage kvotalari haqida bu yerda (https://prod.support.services.microsoft.com/office/how-does-microsoft-storage-work-2a261b34-421c-4a47-9901-74ef5bd0c426) batafsil tanishing.
- ii. OneDrive xizmati unumdorligi. Qurilma, internet ulanish tezligi, Microsoft xizmatining ishlash unumdorligi va butligini taʼminlashdagi harakatlariga qarab vaqti-vaqti bilan OneDriveʼga kontentni yuklash yoki sinxronlashda kechikishlar yuz berishi mumkin.
- iii. Outlook.com xotirani taqsimlash. Agar siz Outlook.com email qutisini saqlash kvotasidan yoki bepul yoki pulli obuna asosida sizga taqdim etilgan Microsoft Storage kvotasidan oshib ketsangiz, ortiqcha kontentni olib tashlamaguningizcha yoki yetarli xotiraga ega yangi obunaga oʻtmaguningizcha xabarlarni yubora olmaysiz yoki qabul qila olmaysiz. Agar siz Microsoft’dan bildirishnoma olganingizdan keyin ortiqcha kontentni olib tashlamasangiz yoki yetarlicha qo‘shimcha xotiraga ega bo‘lmasangiz, biz Kontentingizni o‘chirish yoki unga kirishni faolsizlantirish huquqini o‘zimizda saqlab qolamiz. Microsoft Storage kvotalari haqida bu yerda (https://prod.support.services.microsoft.com/office/how-does-microsoft-storage-work-2a261b34-421c-4a47-9901-74ef5bd0c426) batafsil tanishing.
Microsoft Keshbek
- k. Microsoft Keshbek. Microsoft Keshbek dasturi (“Keshbek”) Microsoft mijozlariga Bing.com va Microsoft Edge kabi Microsoft mahsulotlari va xizmatlaridan foydalangan holda ishtirokchi chakana sotuvchilar bilan xarid qilishda pul mukofotlarini olish imkonini beradi. Keshbekka registratsiya qilish yoki Keshbek taklifini faollashtirish orqali siz Keshbek shartlari va qoidalariga (https://www.microsoft.com/bing/rebates-terms) rozilik bildirasiz. Keshbekdagi ishtirokingizga muayyan muvofiqlik mezonlari, cheklovlar va boshqa cheklovlar tatbiq qilinadi; tafsilotlar uchun Keshbek savol-javob (https://www.bing.com/rebates/faq) bilan tanishing.
Microsoft Rewards
- l. Microsoft Rewards.
- i. Umumiy axborot. Microsoft Rewards (“Rewards dasturi”) dasturiga qoʻshilish bepul hamda u sizga muayyan faoliyatlar va Microsoft mahsulotlar va xizmatlaridan shaxsan foydalanish uchun ballar ishlash (“Ballar”) imkonini beradi. Agar sizda Microsoft hisobi boʻlsa va ishtirokchi Hududda joylashgan boʻlsangiz (quyida tavsiflangan), siz avtomatik ravishda Mukofotlar dasturiga registratsiya qilasiz va darhol Ballarni olishni boshlashingiz mumkin. Quyidagi koʻrsatmalarni bajarish orqali istalgan vaqtda Rewards dasturidagi ishtirokingizni bekor qilishingiz mumkin.
- ii. Ballaringizdan turli usullarda (“Foydalanish variantlari”), jumladan, https://aka.ms/redeemrewards (“Rewards”) manzilidagi Foydalanish sahifasida keltirilgan muayyan mahsulotlar va xizmatlar uchun foydalanishingiz mumkin. Istalgan Foydalanish varianti uchun Ballaringizdan foydalanish huquqiga ega boʻlish uchun avval https://rewards.microsoft.com/ manzilidagi Rewards panelida yoki muayyan Microsoft saytlari va sahifalarida Rewards dasturi hisobini (“Rewards hisobi”) faollashtirishingiz kerak. Rewards hisobingizni faollashtirish uchun haq olinmaydi.
- iii. Rewards dasturidagi Ballarni ishlab olish, ulardan foydalanish va boshqa foydalanishlar uchun muayyan cheklovlar va limitlar tatbiq qilinadi. Batafsil maʼlumot uchun Rewards boʻlimiga kiring: https://support.microsoft.com (“Savol-javoblar”).
- iv. Talablar. Rewards hisobingizni faollashtirish hamda Ballarni ishlab topish, ulardan foydalanish yoki boshqa usullar bilan foydalanish uchun sizga yaroqli Microsoft hisob kerak va siz Savol-javoblarda (“Hududlar”) keltirilgan geografik hududlardan birida yashashingiz kerak. Hatto agar bir nechta email hisobingiz boʻlsa ham, faqat bitta Rewards hisobini ochish va ishlatishingiz mumkin. Har bir oila oltita Rewards hisobi bilan cheklanadi. Rewards dasturi faqatgina shaxsiy va notijoriy maqsadda foydalanish uchun moʻljallangan. Geografik joylashuvingizni niqoblash yoki xiralashtirish uchun ishlatilishi mumkin boʻlgan virtual maxfiy tarmoq (VPN) yoki boshqa texnologiya yoki xizmatdan foydalanish Rewards hisobingizning bekor qilinishiga va toʻplangan Ballaringizning yoʻqotilishiga olib kelishi mumkin.
- v. Ballar ishlash. Sizga Qidiruvlar, Sotib olishlar, ayrim Microsoft mahsulotlari va xizmatlaridan foydalanish va Microsoft kompaniyasining boshqa imkoniyatlari kabi muayyan saralash faoliyatlari (“Takliflar”) uchun Ballar ishlash imkoniyatlari taqdim etilishi mumkin. Bunday Takliflardan foydalanish uchun sizda faol Rewards hisobi boʻlishi kerak. Muayyan Takliflar uchun talablarni bajarganingizdan keyin Ballar ishlanishi va Mukofotlar hisobingizga qoʻshilishidan oldin sizdan Mukofotlar panelida Ballarni olishingiz talab qilinishi mumkin. Microsoft tomonidan belgilangan vaqt ichida Ballarni olmaslik Ballarni yoʻqotishga olib kelishi mumkin. Foydalanish mumkin boʻlgan Takliflar mintaqaga qarab farq qilishi mumkin va faqat muayyan vaqt uchun yoki boshqa cheklovlar bilan mavjud boʻlishi mumkin. Bu Taklif bilan taqdirlangan Ballarni olish uchun muayyan Taklifning barcha shartlar va qoidalariga rioya qilishingiz kerak. Takliflar bevosita Mukofotlar panelida yoki muayyan Microsoft mahsulot va xizmatlaridan foydalangan vaqtingizda taqdim etilishi mumkin. Vaqti-vaqti bilan Microsoft oʻz ixtiyoriga koʻra va oldindan ogohlantirgan holda yoki ogohlantirmasdan, jumladan, Microsoft yaxshi qidiruv deb hisoblaganlar va Microsoft xizmatlari bilan boshqa munosabatlar uchun qoʻshimcha Ballarni taklif qilishi yoki berishi mumkin.
- vi. Rewards dasturi maqsadlari uchun “Qidiruv” – bu foydalanuvchining tadqiqot maqsadlari uchun va bot, makro yoki boshqa avtomatlashtirilgan yoki har qanday turdagi firibgarlik vositalari bilan kiritilgan hech qanday soʻrovni oʻz ichiga olmaydigan Bing qidiruv natijalarini olish uchun vijdonan maqsadda matnni oddiy usulda kiritishi; “Qidiruv” chinakam vijdonli shaxsiy tadqiqot maqsadlari uchun moʻljallanmagan yoki foydalanilmagan soʻrovlarni yoki bot, makro yoki boshqa avtomatlashtirilgan yoki firibgarlik vositalari orqali kiritilgan soʻrovlarni oʻz ichiga olmaydi. Rewards dasturi maqsadlari uchun “Xarid qilish” – bevosita Microsoft kompaniyasidan bepul yoki pulli ravishda mahsulotlar sotib olish va raqamli kontent uchun litsenziya yuklab olish yoxud sotib olish jarayonidir. Ballar Microsoftʼdan har bir Sotib olish uchun taklif qilinmaydi va muayyan cheklovlar tatbiq qilinishi mumkin.
- vii. Ballarga cheklovlar va limitlar. Ballar Microsoft tomonidan individual mukofot hisoblariga beriladi va ularni boshqa shaxs yoki yuridik shaxsga oʻtkazib boʻlmaydi. Yuqorida aytilganlarga qaramasdan, Microsoft vaqti-vaqti bilan oʻz ixtiyoriga koʻra sizga (i) Ballaringizni oilangizga ulashishga (cheklovlar amal qilishi mumkin), (ii) Foydalanish sahifasida koʻrsatilgan notijorat tashkilotni dastaklash uchun Ballaringizni hissa qoʻshishga ruxsat berishi mumkin, yoki (iii) Hududingizga qarab va boshqa shartlar va qoidalarga rioya qilgan holda, Ballaringizning hammasini yoki bir qismini baʼzi boshqa mukofotlar yoki sodiqlik dasturlari, jumladan, Microsoft yoki vakolatli uchinchi tomonlar tomonidan boshqariladigan dasturlardagi ballarga ishlatish uchun. Ballar har doim Microsoft mulki hisoblanadi va shunday boʻlib qoladi hamda sizning shaxsiy mulkingiz emas; ularning naqd qiymati yoʻq va siz ular evaziga naqd pul yoki pul ololmaysiz. Ballar sizga faqat promoaksiya asosida taqdim etiladi. Siz Ballarni xarid qilolmaysiz. Agar vijdonan harakat qilmaganingizda noqulaylik his qilmasangiz, Microsoft har bir kishi, har bir oila uchun yoki muayyan muddat (masalan, bir kun) davomida ishlab olinishi yoki ishlatilishi mumkin boʻlgan Ballar yoki Mukofotlar miqdorini cheklashi mumkin; amaldagi cheklovlar uchun Savol-javoblarga qarang. Taklif yoki Foydalanish variantida boshqacha keltirilmagan boʻlsa, Dasturda ishlangan ballar Microsoft yoki uchinchi tomonlar tomonidan taklif qilinadigan boshqa hech bir dastur uchun amal qilmaydi va ular bilan birga ishlatilmaydi. Agar siz ketma-ket 12 oy davomida Rewards hisobingizda hech qanday Ball ishlamasangiz yoki ishlatmasangiz, Rewards hisobingiz bilan bogʻliq ishlatilmagan Ballar muddati tugaydi.
- viii. Foydalanishlar. Foydalanish variantlari sizga Foydalanish sahifasi va boshqa muayyan Microsoft saytlari va sahifalarida taqdim etiladi. Ballarni Foydalanish varianti uchun ishlatishdan oldin siz Foydalanish varianti uchun talab qilinadigan barcha Ballarni ishlashingiz va ular Rewards hisobida mavjud boʻlishi kerak. Muayyan mukofotlarning soni cheklangan boʻlishi mumkin va oʻsha mukofotlar birinchi kelgan foydalanuvchi, birinchi xizmat koʻrsatilgan foydalanuvchi asosida beriladi. Foydalanish variantlari uchun Ballarni olishda sizdan pochta manzilingiz yoki telefon raqami (VOIP yoki bepul raqamdan tashqari) kabi qoʻshimcha maʼlumot taqdim qilish soʻralishi mumkin, shuningdek, firibgarlikning oldini olish uchun maxsus kod yoxud qoʻshimcha huquqiy hujjatlarni imzolash ham soʻralishi mumkin. Ballaringizni ishlatganingizdan keyin Foydalanish variantini Ballarni qaytarish evaziga bekor qila olmaysiz yoki qaytarib bera olmaysiz, kamchiligi bor mahsulotlar yoki qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan hollar bundan mustasno. Agar siz omborda boʻlmagan yoki boshqa sabablarga koʻra mavjud boʻlmagan Foydalanish variantini tanlasangiz, biz oʻz ixtiyorimiz bilan taqqoslanadigan qiymatdagi Foydalanish variantini almashtirishimiz yoki ballaringizni qaytarishimiz mumkin.
- ix. Microsoft istalgan vaqtda har qanday sababga koʻra muayyan Foydalanish variantini yangilashi yoki taklif qilishni toʻxtatishi mumkin. Ayrim Foydalanish variantlarida yosh yoki Hududga muvofiqlik talablari yoki ularni ayirboshlash yoki ishlatish boʻyicha boshqa shartlar yoki shartlar boʻlishi mumkin. Har qanday bunday talablar yoki shartlar tegishli foydalanish taklifiga kiritiladi. Foydalanish variantini qabul qilish va ulardan foydalanish boʻyicha har qanday federal, davlat yoki mahalliy soliqlar hamda boshqa toʻlovlar uchun oʻzingiz masʼul hisoblanasiz. Mukofotingizga buyurtma berishda Mukofotlar sizning Microsoft hisobingizga biriktirilgan elektron pochtaga yuboriladi, shu sababli elektron pochtangizni doim tekshirib turing. Yetkazib berilmagan mukofotlar qaytadan berilmasligi sababli bekor qilinadi. Mukofotlarni qayta sotish mumkin emas. Rewards dasturida yiliga 550 000 dan koʻp Balldan foydalana olmaysiz.
- x. Rewards hisobingizni bekor qilish. Agar Rewards dasturida ortiq qatnashishni xohlamasangiz, Rewards hisobingizni bekor qilish uchun qatnashishdan voz kechish sahifasidagi (https://rewards.microsoft.com/optout) koʻrsatmalarni bajaring. Agar Rewards hisobingizni bekor qilsangiz, barcha ishlangan Ballaringizdan darhol mahrum boʻlasiz va kelajakda yangi Ballar ishlash imkoniyatini yoʻqotasiz. Qayta Ballar ishlashni boshlash uchun siz yangi Rewards hisobini ochishingiz kerak (lekin Microsoft avval yoʻqotilgan Ballarni tiklamaydi). Agar siz Microsoft hisobingizga ketma-ket 12 oy davomida kirmasangiz, Rewards hisobingiz bekor qilinishi (va Ballaringiz yoʻqolishi) mumkin.
- xi. Dasturga oʻzgartirishlar kiritish yoki uni toʻxtatish. Microsoft istalgan vaqtda oʻz xohishiga koʻra va oldindan ogohlantirmasdan Rewards dasturini yoki uning biror qismini oʻzgartirish, tahrirlash, toʻxtatish yoki bekor qilish huquqini oʻzida saqlab qoladi. Lekin agar Rewards dasturi bekor qilinsa yoki toʻxtatilsa, biz sizni email orqali va Rewards panelida xabardor qilish va ishlagan Ballaringizni ishlatishingiz uchun kamida 90 kun vaqt berish uchun yetarlicha harakat qilamiz. Biz bunday bekor qilish huquqiy yoki xavfsizlik sabablari tufayli darhol kuchga kirishi kerak deb hisoblaydigan holatlar bundan mustasno.
- xii. Boshqa shartlar. Agar Microsoft sizni Rewards dasturining istalgan jihatini oʻzgartirgan, suiisteʼmol qilgan yoki aldagan yoki ushbu shartlarni buzgan deb hisoblasa, Microsoft Rewards hisobingizni darhol bekor qilish, sizni Rewards dasturida kelajakda ishtirok etishdan diskvalifikatsiya qilish, barcha ishlagan Ballaringizni yoʻqotish va Rewards dasturi orqali olgan har qanday Foydalanish variantini bekor qilish yoki toʻxtatib turish huquqini oʻzida saqlab qoladi. Agar Microsoft yuridik sabablarga koʻra (masalan, eksport qonunlari) ushbu Foydalanish variantini olish huquqiga ega emasligingizni aniqlasa, siz Microsoft Rewards dasturi orqali olgan yoki olishga harakat qilgan har qanday Foydalanish variantini bekor qilish yoki toʻxtatib qoʻyish huquqini oʻzida saqlab qoladi. Microsoft aniqlikni taʼminlash uchun barcha saʼy-harakatlarini amalga oshirsa-da, baʼzida xatolar yuzaga keladi. Shu sababli Microsoft istalgan paytda bunday xatolarni tuzatish huquqini oʻzida saqlab qoladi, hatto bu joriy Takliflar yoki kutilayotgan, ishlangan yoki foydalanilgan Ballar yoki Mukofotlaringizga taʼsir qilsa ham. Bu Rewards dasturi shartlari yoki tegishli materiallar yoki reklamadagi boshqa bayonotlar oʻrtasida har qanday nomuvofiqlik yoki tafovut boʻlsa, ushbu shartlar ustunlik qiladi, tartibga soladi va nazorat qiladi.
Azure
- m. Azure. Azure xizmatidan foydalanishingiz, siz foydalangan xizmatga qarab, alohida shartnoma qoidalari va shartlari bilan tartibga solinadi. Batafsil Microsoft Azure Huquqiy axborotlar sahifasida: https://aka.ms/AA7z67v.
Microsoft Soundscape
- n. Microsoft Soundscape. Microsoft Soundscape (1) tibbiy qurilma sifatida ishlab chiqilmagani, moʻljallanmagani yoki taqdim etilmagani va (2) professional tibbiy qurilma, diagnostika, davolash yoki baholash uchun ishlab chiqilmagani yoki moʻljallanmagani hamda professional tibbiy qurilma, diagnostika, davolash yoki baholash oʻrnini bosish yoki almashtirish uchun ishlatilmasligi kerakligini tasdiqlaysiz.
Power Platform
- o. Power Platform. Power Platform xizmatidan foydalanishingiz Microsoft Power Platform (https://www.microsoft.com/en-us/power-platform/business-applications/legal) manzilidagi Power Platform axborot sahifasida keltirilganidek, siz xizmatlarni olgan alohida kelishuv shartlari va qoidalari bilan tartibga solinadi.
Dynamics 365
- p. Dynamics 365. Dynamics 365 xizmatidan foydalanishingiz Microsoft Dynamics 365 (https://www.microsoft.com/en-us/dynamics-365/business-applications/legal) manzilidagi Dynamics 365 huquqiy axborot sahifasida keltirilganidek, siz xizmatlarni olgan alohida kelishuv shartlari va qoidalari bilan tartibga solinadi.
Copilot AI taassurotlari
- q. Copilot AI taassurotlari. Copilot AI taassurotlaridan foydalanishingiz (tijoriy maʼlumotlar himoyasi bilan Copilotdan tashqari) siz ushbu xizmatlarni olgan qoʻshimcha shartlar va qoidalar bilan tartibga solinadi. Ular ushbu Shartlar bilan birga Copilot – Foydalanish shartlarida (bing.com) (https://www.bing.com/new/termsofuse#content-policy) batafsil tavsiflangan. Agar siz tijoriy maʼlumotlarini himoya qiluvchi Microsoft Copilot foydalanuvchisi boʻlsangiz, ushbu Shartlar bilan birgalikda sizga tatbiq etiladigan foydalanish shartlarini koʻrib chiqish uchun ushbu sahifaga kiring: https://aka.ms/BCETermsOfUse.
AI xizmatlari
- r. AI xizmatlari. “AI xizmatlari” bu – Sunʼiy intellekt (AI) texnologiyalaridan, jumladan, har qanday generativ AI xizmatlaridan foydalanadigan xizmatlar yoki ularning funksiyalaridir.
- i. Professional maslahat yoʻq. AI xizmatlari professional maslahat oʻrnini bosuvchi sifatida ishlab chiqilmagan, moʻljallanmagan yoki ishlatilmasligi kerak.
- ii. Teskari muhandislik. Siz AI xizmatlaridan modellar, algoritmlar va tizimlarning asosiy komponentlarini topish uchun foydalana olmaysiz. Masalan, siz modellarning vaznini aniqlash va olib tashlashga yoki AI xizmatlarining biror qismini qurilmangizdan chiqarib olishga urinmasligingiz kerak.
- iii. Maʼlumotlarni ajratish. Agar aniq ruxsat berilmasa, AI xizmatlaridan maʼlumotlarni olish uchun veb skraping, veb jamlash yoki veb maʼlumotlarni olish usullaridan foydalana olmaysiz.
- iv. AI xizmatlaridan foydalanishga cheklovlar. Siz AI xizmatlaridan yoki AI xizmatlaridan olingan maʼlumotlardan har qanday AI texnologiyasini yaratish, oʻrgatish yoki yaxshilash (bevosita yoki bilvosita) uchun foydalana olmaysiz.
- v. Kontentingizdan foydalanish. AI xizmatlarini taqdim etishning bir qismi sifatida Microsoft xizmatdan suiisteʼmol qilgan holda yoki zararli foydalanish yoki natijalarni kuzatish va oldini olish maqsadida xizmatga kiritilgan maʼlumotlaringizni, shuningdek, xizmatdan olingan maʼlumotlarni qayta ishlaydi va saqlaydi.
- vi. Kontentga egalik. Microsoft siz joylagan, kiritgan yoki AI xizmatlarga taqdim etadigan yoki oladigan har qanday kontentga (jumladan, fikr-mulohaza va takliflar) egalik huquqini daʼvo qilmaydi. Siz boshqa narsalar qatori foydalanish ssenariy(lar)ingiz va tegishli yurisdiksiya qonunlarini hisobga olgan holda chiqish kontentiga nisbatan intellektual mulk huquqlari va undan foydalanishga nisbatan oʻz qaroringizni qabul qilishingiz kerak boʻladi. Siz ushbu Shartlarda tavsiflangan kontentingizga boʻlgan barcha huquqlarga, jumladan, kontentni taqdim etish, joylash, yuklash, kiritish yoki yuborish uchun zarur boʻlgan barcha huquqlarga ega ekaningizga yoki boshqa tarzda nazorat qilishingizga kafolat berasiz va tasdiqlaysiz.
- vii. Kontent hisob maʼlumotlari. Kontent yaratish uchun AI xizmatlaridan foydalanganingizda Microsoft kontent haqidagi axborotni saqlashi hamda ushbu axborot va kontentni kontent hisob maʼlumotlari bilan bogʻlashi mumkin. Siz AI xizmatlaridan kontent hisob maʼlumotlari yoki boshqa manba usullari, belgilar yoki signallarni olib tashlash, oʻzgartirish, berkitish yoki yashirish maqsadida foydalanmasligingiz yoki kontent yaratmasligingiz yoxud boshqalarni kontent AI xizmatlaridan foydalanish orqali yaratilgan yoki yaratilmagani haqida chalgʻitish maqsadida kontent yaratish uchun AI xizmatlaridan boshqacha tarzda foydalanishingiz mumkin emas.
- viii. Uchinchi tomon daʼvolari. Amaldagi qonunlarga muvofiq, AI xizmatlaridan foydalanishga oid har qanday uchinchi tomon daʼvolariga javob berish uchun faqat siz javobgarsiz (jumladan, lekin bular bilan cheklanmagan holda, mualliflik huquqining buzilishi yoki AI xizmatlaridan foydalanish vaqtida kontent chiqishiga oid boshqa daʼvolar).
- ix. Foydalanish cheklovlari. Yuqoridagi “Axloq kodeksi”ga rioya qilishdan tashqari, siz AI xizmatlaridan, jumladan, qaror qabul qiluvchi yoki harakat qiluvchi xizmatlardan mustaqil ravishda yoki turli darajadagi inson aralashuvi bilan foydalanmaslikka rozilik berasiz:
- 1. Har qanday shaxsning huquqiy holatiga, moliyaviy ahvoliga, hayotiy imkoniyatlariga, ishga joylashish imkoniyatlariga yoki inson huquqlariga jiddiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan yoxud shaxsga yoki shaxslar guruhiga jismoniy yoki ruhiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan qarorlar qabul qilish yoki tegishli inson nazoratisiz harakatlar sodir etish;
- 2. Aldash yoki qasddan xato maʼlumot berish (masalan, yolgʻon reklama) yoki subliminal usullarni qoʻllash (masalan, vizual, eshitish yoki normal odamning idrok etish doirasidan tashqaridagi boshqa signallar) odamning xatti-harakatlarini zarar yetkazadigan tarzda manipulyatsiya qilish yoki buzish;
- 3. Shaxsning yoshi, nogironligi yoki muayyan ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli bilan bogʻliq har qanday zaifligidan ushbu shaxsning yoki ushbu guruhga mansub shaxsning xulq-atvorini jiddiy ravishda buzib koʻrsatish maqsadi yoki taʼsiri bilan ushbu shaxsga yoki boshqa shaxsga jiddiy zarar yetkazadigan yoki yetkazishi mumkin boʻlgan tarzda foydalanish;
- 4. Baʼzi shaxslar yoki shaxslar guruhlariga nisbatan kamsituvchi, adolatsiz, noxolis, zararli, noqulay yoki zararli munosabatga olib keladigan ijtimoiy baholash yoki bashoratli profillash uchun;
- 5. Jismoniy shaxslarning jinoyatchilik xavfini faqat jismoniy shaxsning profilini tuzish yoki uning shaxs xususiyatlari va belgilarini baholash asosida baholash uchun. Bu taqiq jinoiy faoliyat bilan bevosita bogʻliq boʻlgan obyektiv va tekshirilishi mumkin boʻlgan faktlarga asoslangan shaxsning jinoiy faoliyatga aloqadorligini inson tomonidan baholashni dastaklash uchun foydalaniladigan AI xizmatlariga nisbatan tatbiq etilmaydi;
- 6. Ularning biometrik maʼlumotlariga asoslanib, odamlarni turkumlarga ajratish yoki ularning irqi, siyosiy qarashlari, kasaba uyushmalariga aʼzoligi, diniy yoki falsafiy eʼtiqodlari yoki jinsiy hayoti yoki jinsiy oriyentatsiyasi haqida xulosa chiqarish yoki xulosa chiqarish, qonuniy ravishda olingan biometrik maʼlumotlar toʻplamlarini, masalan, tasvirlarni biometrik maʼlumotlarga asoslangan holda har qanday belgilash yoki filtrlash yoki huquqni muhofaza qilish organlari sohasida biometrik maʼlumotlarni turkumlarga ajratish bundan mustasno;
- 7. Internetdagi yoki kuzatuv kameralaridagi yuz tasvirlarini maqsadsiz tarzda yigʻish orqali yuzni aniqlash maʼlumotlar bazalarini yaratish yoki kengaytirish maqsadida foydalanish mumkin emas;
- 8. Global miqyosda har qanday huquq-tartibot idoralari tomonidan nazoratsiz, “yovvoyi” muhitda shaxslarni aniqlashga urinish uchun foydalaniladigan mobil kameralarda real vaqt rejimida yuzni aniqlash texnologiyasi uchun, jumladan (cheklanmagan holda) patruldagi politsiya xodimlari gumonlanuvchilar yoki avvalgi mahbuslar maʼlumotlar bazasida mavjud shaxslarni aniqlashga urinish uchun yuzni aniqlash texnologiyasidan foydalangan holda tana kameralari yoki mashinaga oʻrnatilgan kameralardan foydalanadi; yoki
- 9. Odamlarning jismoniy, fiziologik yoki xulq-atvor xususiyatlari (masalan, yuz ifodalari, yuz harakatlari yoki nutq ohanglari) asosida ularning hissiy holatini aniqlashga urinish, jumladan, gʻazab, jirkanish, quvonch, qaygʻu, hayrat, qoʻrquv yoki boshqa hissiy holatlarni ifodalovchi his-tuygʻularni taxmin qilish maqsadida foydalanish mumkin emas.
Aloqa xizmatlari
- s. Aloqa xizmatlari. Shaxslar orasida muloqot qilish imkonini beruvchi xizmatlar, jumladan, lekin bular bilan cheklanmagan holda, Skype, Teams, Outlook va GroupMe ushbu Shartlar bilan birgalikda https://aka.ms/useterms manzilida joylashgan qoʻshimcha foydalanish shartlari bilan boshqariladi.
Turli shartlar
14. Turli shartlar. Ushbu bo‘lim hamda 1, 9 (ushbu shartlar tugagandan so‘ng yuzaga kelgan qiymatlar uchun), 10, 11, 12, 15, 17-bo‘limlar hamda ushbu shartlar tugagandan so‘ng ham o‘z kuchini saqlab qoladigan bo‘limlar mazkur shartlar bekor bo‘lgandan so‘ng ham o‘z kuchini saqlab qoladi. Amaldagi qonun doirasida biz ushbu Shartlarni, ushbu Shartlar doirasida quyi darajali shartnoma yoki majburiyatlarni yoki ushbu Shartlar doirasida quyi darajali litsenziyalarni yoki huquqlarimizni to'laligicha yoki qisman istagan paytda sizning ruxsatingizsiz tayinlashimiz mumkin. Siz mazkur Shartlarni boshqasiga tayinlashingiz yoki undagi huquqlarni uzatishingiz mumkin emas. Bu Xizmatlardan foydalanishingiz uchun siz bilan Microsoft kompaniyasi o’rtasida tuzilgan shartnomadir. Bu Xizmatlardan foydalanishingiz bo’yicha siz bilan Microsoft kompaniyasi o’rtasidagi oldin tuzilgan shartnomalar o’rnini bosadi. Ushbu shartlarni qabul qilishda siz mazkur shartlarda ochiq-oydin berilganlardan tashqari hech qanday bayonnomaga, taqdimnomaga, kafolatga, yordam yoki va'daga tayanishingiz mumkin emas. Mazkur Shartlarning barcha qismlari qonun maksimal ruxsat etgan darajada amal qiladi. Agar sud yoki hakam mazkur Shartlarning u yoki bu qismini yozilgandek ishlata olmaymiz deb topsa, biz tegishli qonun doirasida amal qiladigan xuddi shunday kuchga ega bo’lgan shartlar bilan almashtirishimiz mumkin, biroq Shartlarning qolgan qismlari o’zgarmaydi. Mazkur Shartlar faqat siz va bizning foydamiz uchundir. Ushbu shartlar boshqa hech qaysi shaxsning foydasi uchun emas, Microsoftning huquqiy vorislari va keyingi huquq egalari bundan mustasno. Bo'lim sarlavhalari ma'lumot uchun bo'lib hech qanday qonuniy kuchga ega emas.
15. Da'volar bir yil ichida berilishi kerak. Mazkur shartlar yoki xizmatlar bilan bogʻliq har qanday daʼvo uni birinchi bermoqchi boʻlgan kuningizdan boshlab bir yil muddat ichida sudga (yoki agar 10.d boʻlim amal qilsa arbitrajga) berishingiz kerak, mahalliy qonunlaringiz daʼvolarga uzoqroq muddat talab qilsa bundan mustasno. Agar mana shu muddat ichida da'vo qilinmasa, da'vo umuman rad qilinadi.
16. Eksport qonunlari. Siz yo'nalishlar, oxirgi foydalanuvchi va oxirgi foydalanish bo'yicha cheklovlarga ega dasturiy ta'minot va/yoki xizmatlarga nisbatan qo’llaniladigan barcha mahalliy va xalqaro export qonun va qoidalariga amal qilishingiz shart. Geografik va eskport cheklovlari haqida batafsil axborot olish uchun https://www.microsoft.com/exporting sahifasiga kiring.
17. Huquqlarning saqlanishi va fikr-mulohaza. Mazkur shartlarda ko‘rsatib o‘tilganidan tashqari, Microsoft yoki unga bog‘liq kompaniyalar egalik qiladigan yoki boshqaradigan har qanday patent, texnologiya, mualliflik huquqi, tijorat sirlari, savdo belgilari yoki boshqa intellektual mulklar doirasida sizga litsenziya yoki boshqa huquqlarni bermaydi, bunga tashqi ko‘rinish, logotip yoki shu kabilar ham kiradi. Agar siz Microsoft kompaniyasiga yangi mahsulotlar, texnologiyalar, targ‘ibot, mahsulot nomlari, mahsulot yuzasidan fikr-mulohaza va yaxshilash borasida maslahat yoki har qanday g‘oya, taklif yoki fikr-mulohaza bergan bo‘lsangiz (""Fikr-mulohaza""), ularni bepul, sizga haq yoki boshqa majburiyat to‘lash talabisiz, fikr-mulohazangizdan kelib chiqib, mahsulot yaratish, foydalanish, ulashish va boshqa har qanday tarzda undan pul ishlash huquqini Microsoft kompaniyasiga berasiz. Siz litsenziya olinishi talab qilinadigan fikr-mulohaza bermaysiz, Microsoft o‘z dasturiy ta’minoti, texnologiyalar yoki hujjatlari tarkibida sizning fikr-mulohazangiz borligi sababli ularni uchinchi tomonga litsenziyalashi talab qilinmaydi.
ESLATMALAR
Intellektual mulkning poymol qilinishi yuzasidan shikoyatlar berish xabarnomalari va jarayonlari. Microsoft uchinchi tomonning intellektual mulk huquqlarini hurmat qiladi. Agar intellektual mulk huquqlarining buzilishi haqida, jumladan, mualliflik huquqining buzilishi boʻyicha daʼvolar yuzasidan xabar yuborishni xohlasangiz, ushbu Shartlarning bir qismi hisoblanuvchi Huquqbuzarlik haqida ogohlantirishlar (https://www.microsoft.com/en-us/legal/intellectualproperty/infringement) yuborishga doir tartib-qoidalarimizdan foydalaning. BU TARTIB-QOIDAGA TEGISHLI BOʻLGAN SAVOLLARGAGINA JAVOB BERILADI.
Microsoft mualliflik huquqining buzilganligi haqidagi xabarlarga Amerika Qoʻshma Shtatlari Kodeksi, 512-boʻlim, 17-sarlavhasida va tegishli hollarda Reglamentning III bobida (YI) 2022/2065 keltirilgan tartib-qoidalar asosida javob qaytaradi. Tegishli holatlarda, Microsoft kompaniyasi takroriy qoidabuzar boʻlishi mumkin boʻlgan Microsoft xizmatlari foydalanuvchilarining hisobini faolsizlantirishi yoki tugatishi mumkin. Bundan tashqari, tegishli holatlarda, Microsoft tez-tez asossiz xabarnomalar yuboradigan jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan xabarnomalarni qayta ishlashni toʻxtatib qoʻyishi mumkin. Muayyan Xizmat uchun amaldagi tartib-qoidalar, jumladan, Microsoft tomonidan ushbu tartib-qoidalar doirasida qabul qilingan qarorlar uchun ehtimoliy tovon toʻlash haqidagi qoʻshimcha tushuntirishni Huquqbuzarlik haqida ogohlantirishlar (https://www.microsoft.com/legal/intellectualproperty/infringement) sahifasida topishingiz mumkin.
Reklamalarida intellektual mulk xavotiriga nisbatan xabarnomalar va tartib-qoidalar. Reklama tarmogʻimizdagi intellektual mulk huquqlari masalalari yuzasidan maʼlumot olish uchun Intellektual mulk qoidalarimiz (https://go.microsoft.com/fwlink/?LinkId=243207) bilan tanishib chiqing.
Mualliflik huquqi va savdo belgisi haqidagi eslatmalar. Xizmatlar © Microsoft Corporation va/yoki uning taʼminotchilarining mualliflik huquqi ostidadir, manzili One Microsoft Way, Redmond, WA 98052, U.S.A.. Barcha huquqlar himoyalangan. Shartlar Microsoft savdo belgisi va brendi yoʻriqnomasini (https://www.microsoft.com/en-us/legal/intellectualproperty/trademarks) oʻz ichiga oladi (vaqti-vaqt bilan tahrirlangan holatidagidek). Microsoft va Microsoft kompaniyasining barcha mahsulotlari, dasturiy taʼminot va xizmatlarining nomlari, logotiplari va belgilari Microsoft kompaniyalari guruhining Amerika Qoʻshma Shtatlarida yoki/va boshqa yurisdiksiyada roʻyxatga olingan yoki roʻyxatga olinmagan savdo belgilari boʻlishi mumkin. Quyidagilar Microsoft kompaniyasiga tegishli savdo belgilarining toʻliq boʻlmagan roʻyxatidir: https://cdn-dynmedia-1.microsoft.com/is/content/microsoftcorp/microsoft/mscle/documents/presentations/TrademarksListFY25Q3.pdf Joriy kompaniya va mahsulotlarning nomlari tegishli egalarining savdo belgilari boʻlishi mumkin. Mazkur Shartlarda ochiq ifoda etilmagan huquqlar ham himoyalangan. Microsoftning muayyan veb-sayt serverlarida foydalaniladigan muayyan dasturiy taʼminot qisman Mustaqil JPEG guruhi ishiga asoslangan. Mualliflik huquqi © 1991-1996 Thomas G. Lane. Barcha huquqlar himoyalangan. Ayrim Microsoft veb-sayti xizmatlarida foydalaniluvchi “gnuplot” dasturiy taʼminotining mualliflik huquqi © 1986‑1993 Thomas Williams, Colin Kelleyga tegishli. Barcha huquqlar himoyalangan.
Tibbiy eslatma. Microsoft hech qanday tibbiy yoki boshqa sogʻliqni saqlash boʻyicha maslahat, tashxis yoki davolash xizmatlarini koʻrsatmaydi. Tibbiy holat, parhez, yaxshi jismoniy holat yoki salomatlik dasturlari boʻyicha savollaringiz boʻlsa, doim shifokordan yoki boshqa malakali mutaxassisdan maslahat oling. Hech qachon xizmatlar yordamida olgan maʼlumotlarga tayanib professional tibbiy maslahatni eʼtiborsiz qoldirmang yoki kechiktirmang.
Birja takliflari va indeks ma’lumotlari (jumladan indeks qiymatlari). Xizmatlar orqali taqdim etilgan moliyaviy axborotlar faqat shaxsiy, notijoriy maqsadlarda foydalanish uchundir. Siz tashqi litsenziarning hech qanday moliyaviy maʼlumot yoki tovar belgilardan tashqi litsenziar bilan alohida yozma kelishuv tuzmasdan har qanday moliyaviy vositalar yoki investitsiya mahsulotlarini (masalan, indekslar, investitsiya vositalari yoki mahsulotining narxi, qaytishi va/yoki samaradorligi indekslar yoki indekslar uchun har qanday proksilar kuzatib borish uchun moʻljallangan, ularga bogʻliq derivativlar, tuzilmali mahsulotlar, investitsiya fondlari, savdo-ayirboshlash fondlari, investitsiya portfellari va hokazolar) chiqarish, yaratish, homiylik qilish, sotish, marketing yoki targʻib qilish bilan bogʻliq ravishda foydalana olmaysiz.
Moliya xususidagi xabarnoma. Microsoft korporatsiyasi Qoʻshma Shtatlarning qimmatli qogʻozlar haqidagi qonuni yoki boshqa yurisdiksiyadagi qimmatli qogʻozlar haqidagi qonuniga muvofiq broker/diler yoki roʻyxatdan oʻtgan investitsion maslahatchi emas va boshqa shaxslarga qimmatli qogʻozlarga yoki boshqa moliyaviy mahsulot va xizmatlarga sarmoya tikish, ularni xarid qilish yoki sotish boʻyicha maslahatlar bermaydi. Xizmatlarda mavjud hech bir maʼlumot qimmatli qogʻoz sotib olish yoki sotishga taklif yoki iltimos hisoblanmaydi. Microsoft ham, uning birja kotirovkalari yoki indeks maʼlumotlari boʻyicha litsenziya egalari ham hech qanday moliyaviy mahsulot yoki xizmatlarni taklif yoki tavsiya qilmaydi. Xizmatlardagi hech narsa professional maslahat, jumladan, bular bilan cheklanmagan holda, investitsiya yoki soliq maslahati boʻlishi uchun moʻljallanmagan.
H.264/AVC va VC-1 Video Standartlari haqida eslatma. Dastur MPEG LA, L.L.C. tomonidan litsenziyalangan H.264/AVC va/yoki VC-1 kodek texnologiyasini oʻz ichiga olishi mumkin. Bu texnologiya video axborotining maʼlumotlar hajmini kamaytirish formatidir. MPEG LA, L.L.C. ushbu eslatmani talab qiladi:
BU MAHSULOT MIJOZNING QUYIDAGI MAQSADLARDAN SHAXSIY VA NOTIJORIY FOYDALANISHI UCHUN H.264/AVC VA VC-1 PATENT PORTFOLIO LITSENZIYALARI ASOSIDA LITSENZIYALANGAN: (A) VIDEONI STANDARTLARGA (“VIDEO STANDARTLARI”) MUVOFIQ KODLASH VA/YOKI (B) SHAXSIY VA NOTIJORIY FAOLIYAT BILAN SHUGʻULLANGAN MIJOZ TOMONIDAN KODLANGAN VA/YOKI BUNDAY VIDEONI TAQDIM ETISH UCHUN LITSENZIYAGA EGA PROVAYDERDAN OLINGAN H.264/AVC, MPEG-4 VISUAL, AND VC-1 VIDEO KODINI YECHISH. BOSHQA HAR QANDAY FOYDALANISH UCHUN LITSENZIYA BERILMAYDI YOKI NAZARDA TUTILMAYDI. QOʻSHIMCHA MA’LUMOTLAR MPEG LA, L.L.C.dan OLINISHI MUMKIN. TAFSILOTLAR UCHUN MPEG LA VEB-SAYTIGA (https://www.mpegla.com) QARANG.
Aniqlashtirish uchun taʼkidlash joizki, mazkur eslatma Shartlar asosida taqdim qilingan dasturiy taʼminotdan normal biznes foydalanishlarni cheklamaydi yoki ularga toʻsqinlik qilmaydi, agarda biznes quyidagilarni oʻz ichiga olmasa (i) dasturiy taʼminotni uchinchi tomonlarga tarqatish, yoki (ii) uchinchi tomonlarga tarqatish uchun ushbu VIDEO STANDARTLARGA ega mos texnologiyalar bilan materiallar yaratish.
H.265/HEVC video standarti haqida eslatma. Dastur H.265/HEVC kodlash texnologiyasini oʻz ichiga olishi mumkin. Access Advance LLC ushbu eslatmani talab qiladi:
AGAR KIRITILGAN BOʻLSA, BU DASTURDAGI H.265/HEVC TEXNOLOGIYASI QUYIDA KELTIRILGAN HEVC PATENTLARINING BIR YOKI BIR NECHTA DAʼVOLARI TOMONIDAN QOPLANADI: PATENTLIST.ACCESSADVANCE.COM. DASTURNI QANDAY OLGANINGIZGA QARAB USHBU MAHSULOT HEVC ADVANCE PATENT PORTFOLIO ASOSIDA LITSENZIYALANISHI MUMKIN.
Agar ushbu dastur Microsoft qurilmasida oʻrnatilsa, ushbu manzilida qoʻshimcha litsenziyalash axborotini topish mumkin: aka.ms/HEVCVirtualPatentMarking.
ILOVANING STANDART LITSENZIYA SHARTLARI
ILOVANING STANDART LITSENZIYA SHARTLARI
MICROSOFT STORE, WINDOWS tizimidagi MICROSOFT STORE, va XBOX tizimidagi MICROSOFT STORE
Mazkur litsenziya shartnomalari siz bilan ilova noshiri o’rtangizdagi kelishuvdir (“Microsoft”). Iltimos, ularni o’qib chiqing. Ular Microsoft Store, Windows tizimidagi Microsoft Store yoki Xbox tizimidagi Microsoft Store (har biri ushbu litsenziya shartlarida “Store” deb yuritiladi), orqali siz yuklab oladigan dasturiy ilovalarga, jumladan, ushbu ilovalar uchun chiqariladigan yangilanishlar va qo‘shimchalarga nisbatan tatbiq qilinadi, alohida shartlarga ega ilovalar bundan mustasno hisoblanadi hamda bunday holatda oʻsha alohida shartlar tatbiq etiladi.
ILOVALARNI YUKLAB OLISH VA FOYDALANISHINGIZ, YOKI SHULARDAN BIRINI BAJARISHGA HARAKAT QILISHINGIZ BILAN SIZ ANA SHU SHARTLARGA ROZILIGINGIZNI BILDIRGAN BO’LASIZ. AGAR SIZ ULARNI QABUL QILMASANGIZ SIZ ILOVADAN FOYDALANISH HUQUQIGA EGA BO’LMAYSIZ VA UNI YUKLASH SIZGA MA’N ETILADI.
Ilova noshiri, Store tavsifida kelganidek, ilovadan foydalanish uchun sizga litsenziya beruvchi shaxs yoki kompaniya hisoblanadi.
Agar ushbu litsenziya shartlarga javob bersangiz, quyidagi huquqlarga ega bo'lasiz.
- 1. O'RNATISH VA FOYDALANISH HUQUQLARINING TUGASHI. Ilovani Windows qurilmalari yoki Xbox konsollariga Microsoft Foydalanish qoidalarida (https://go.microsoft.com/fwlink/p/?LinkId=723143) tavsiflangan shaklda o‘rnatish va foydalanishingiz mumkin. Microsoft kompaniyasi Microsoft Foydalanish qoidalariga (https://go.microsoft.com/fwlink/p/?LinkId=723143) istalgan paytda oʻzgartirish kiritish huquqini oʻzida saqlab qoladi.
- 2. INTERNET ORQALI XIZMATLAR.
- a. Internetga asoslangan yoki simsiz xizmatlardan foydalanishga rozilik. Agar ilova simsiz tarmoqni talab qiluvchi internet orqali kompyuter tizimlariga ulansa, ilovadan foydalanish internetga asoslangan yoki simsiz xizmatlarga qurilmaning standart ma'lumotlarini (jumladan, biroq cheklanmagan holda qurilmangiz haqidagi texnik ma'lumotlarni, tizim va ilova dasturiy ta'minotlari va periferik qurilmalar haqidagi ma'lumotlarni) uzatish roziligini bergan hisoblanasiz. Agar ilovaga kirishda qo'llaydigan xizmatlardan foydalanishingiz bilan bog’liq boshqa shartlar ham taqdim qilingan boʻlsa, ular ham sizga nisbatan qo’llaniladi.
- b. Internetga asoslangan xizmatlardan noto'g'ri foydalanish. Siz internetga asoslangan har qanday xizmatdan boshqalarning undan yoki simsiz tarmoqdan foydalanishiga zarar yetkazsa yoki xalaqit. Siz har qanday vosita bilan boshqa xizmat, ma’lumot yoki qayd hisobiga ruxsatsiz kirishda foydalanishingiz mumkin emas.
- 3. LITSENZIYA QO'LLASH DOIRASI. Ilovaga litsenziya beriladi, sotilmaydi. Mazkur shartnoma sizga faqatgina ilovadan foydalanishning muayyan huquqlarini beradi. Agar Microsoft qurilmangizdagi ilovalardan Microsoft bilan bo’lgan shartnomangizga muvofiq foydalanishingizni to’xtatib qo’ysa, unga tegishli har qanday litsenziya huquqlari bekor bo’ladi. Ilova noshiri boshqa har qanday huquqlarni o‘zida saqlab qoladi. Agar amaldagi qonun sizga mazkur cheklovdan ko’proq huquq bersa, siz ilovadan faqat mazkur shartnomada aniq ruxsat etilgan yo’sinda foydalana olasiz. Bunday qilish orqali siz mazkur ilovada faqatgina muayyan usulda foydalanishingiz kerak bo’lgan texnik cheklovlarga amal qilishingiz kerak. Siz ushbularni qila olmaysiz:
- a. Ilovadagi har qanday texnik cheklanishlarni chetlab o'tishga urinish.
- b Ilovani qismlarga ajratish, dekompilyatsiya yoki qismlarga ajratish, bu cheklanishga qaramasdan tegishli qonunlarda yaqqol tarzda ruxsat berilgan hollar bundan mustasno.
- c. Ilovaning ushbu kelishuvda ko'rsatilgan yoki bu cheklanishga qaramasdan tegishli qonunda ruxsat berilganidan ko'proq sondagi nusxalarini olish.
- d. Ilovani chop qilish yoki boshqa tarzda boshqalarga taqdim etish.
- e. Ilovani ijaraga, lizingga yoki qarzga berish.
- f. Ilovani yoki mazkur shartnomani uchinchi tomonga berish.
- 4. HUJJATLAR. Agar ilova bilan hujjat taqdim qilingan bo’lsa, siz ana shu hujjatdan faqatgina shaxsiy foydalanishingiz uchun nusxasini ko’chirishingiz yoki foydalanishingiz mumkin.
- 5. TEXNOLOGIK VA EKSPORT CHEKLOVLARI. Ilova Qo'shma Shtatlar yoki xalqaro texnologik nazorat, yoki eksport qonunlari va qoidalariga bo'ysunishi mumkin. Foydalaniladigan texnologiya yoki qo’llab-quvvatlanadigan ilovaga nisbatan qo’llaniladigan barcha mahalliy va xalqaro export qonun va qoidalariga amal qilishingiz shart. Bu qonunlar yo'nalishlarga bo'lgan cheklovlarni, so'nggi foydalanuvchilarni va so'nggi foydalanishni o'z ichiga oladi. Microsoft brendli mahsulotlar haqida batafsil maʼlumot olish uchun Microsoft eksport veb-saytiga (https://go.microsoft.com/fwlink/?linkid=868967) kiring.
- 6. TEXNIK YORDAM. Qanday qo’llab-quvvatlash xizmatlari bor yoki yo’qligini aniqlash uchun ilova noshiriga murojaat qiling. Microsoft (agar Microsoft ilova noshiri bo’lsa), telefoningiz ishlab chiqaruvchisi va simsiz tarmoq operatoringiz ilova uchun xizmatlarni yetkazib berishga mas’ul emas.
- 7. SHARTNOMA TO'LALIGI. Ushbu shartnoma, har qanday maxfiylik siyosati, ilova bilan keladigan har qanday qo'shimcha shartlar, qo'shimchalar uchun shartlar va yangilanishlar siz bilan ilova noshiri o'rtasida to'liq litsenzion shartnomasi hisoblanadi.
- 8. AMALDAGI QONUNCHILIK.
- a. Amerika Qo'shma Shtatlari va Kanada. Agar siz ilovani Qo'shma Shtatlar yoki Kanadadan olgan bo'lsangiz, siz istiqomat qilayotgan shtatingiz yoki provinsiyangiz qonunlari mazkur shartnomani talqin qilish, uni buzishda shikoyat qilish va boshqa barcha da'volarni ochishni (jumladan, iste'molchi huquqini himoya qilish, adolatsiz raqobat, va g'ayriqonuniy harakat uchun da'volar) qonun tamoyillariga zid keladimi yo'qmi, boshqaradi.
- b. Amerika Qo'shma Shtatlari va Kanadadan boshqa mamlakatlar. Agar siz ilovaga boshqa har qanday mamlakatda ega bo’lsangiz, ana shu mamlakatning qonuni sizga nisbatan amal qiladi.
- 9. YURIDIK KUCH. Mazkur shartnoma muayyan yuridik huquqlarni tavsiflaydi. Siz davlatingiz yoki mamlakatingiz qonunlari doirasida boshqa huquqlarga ega bo’lishingiz mumkin. Mazkur shartnoma davlatingiz yoki mamlakatingiz qonunchiligida ruxsat etilmagan narsalarni bajarish bo’yicha huquqingizni o’zgartirmaydi.
- 10. KAFOLATDAN VOZ KECHISH. Amaldagi qonunlarga muvofiq, bu ilova «boricha», «bor xatolari bilan» va «mavjudligicha» litsenziyalangan. Siz undan foydalanish bo’yicha barcha qaltisliklarni o’z zimmangizga olasiz. Ilova taqdim qiluvchisi o’zining, Microsoftning (agar Microsoft ilova noshiri bo'lmasa), ilova tarmog’idan foydalanayotgan simsiz operatorning va bizning har qanday tegishli filiallarimiz, savdogarlarimiz, agentlarimiz yoki yetkazib beruvchilarimiz («Tegishli tomonlar») nomidan ilova ostida yoki u bilan bog’liq hech qanday ochiq kafolat, garantiya yoki sharoitlarni bermaydi. Siz ilova sifati, xavfsizligi, qulayligi yoki unumdorligi bilan bog’liq bo’lgan barcha xatarlarni o’z zimmangizga olasiz. Mabodo ilova shikastlangan bo’lsa to’liq to’lovi va uni tuzatish haqi o’zingizning hisobingizdandir. Siz mazkur shartnoma o’zgartira olmaydigan mahalliy qonunlaringiz doirasida qo’shimcha iste’molchilik huquqlariga ega bo’lishingiz mumkin. Aloqador tomonlar mahalliy qonunchiligingiz ruxsat bergan doirada ko'zda tutilgan kafolatlarni yoki sharoitlarni, jumladan, mahsulotdorligi, muayyan maqsadga muvofiqliligi sifatliligi va qonunni buzmasliligini qabul qilmaydi.
- 11. ZARARLAR VA HIMOYA VOSITALARI UCHUN JAVOBGARLIKNI CHEKLASH VA ISTISNO QILISH. Qonunda taqiqlanmagan doirada, siz iova ishlab chiquvchisidan faqatgina bevosita ko’rilgan zararingiz uchun, qaysi biri kattaroqligiga qarab ilova uchun to’lagan qiymatni yoki USD 1 AQSH dollarini qaytarib olishingiz mumkin. Amaldagi qonunlarga muvofiq siz har qanday zararni qoplashga urinish, jumladan, muhim, yoʻqotilgan foyda, maxsus, bilvosita yoki tasodifiy zararlarni ilova egasidan talab qilmaysiz va har qanday huquqdan voz kechasiz. Agar mahalliy qonunlaringiz kafillik, kafolat yoki talab qoʻysa, garchi ushbu shartlar amaldagi qonunga muvofiq boʻlmasa ham, uning muddati ilovani yuklab olgan kuningizdan boshlab 90 kunga cheklanadi.
Ushbu cheklov quyidagilarga qo'llaniladi:
- Ilova orqali mavjud bo’lgan ilovaga yoki xizmatlarga tegishli har qanday narsa; va
- Shartnoma, kafolat majburiyatlari yoki shartlarning buzilishi; qat’iy javobgarlik, ehtiyotsizlik, yolg’on ariza, harakatsizlik, fuqarolik huquqlarining istalgan buzilishlari; qonunlar yoki nizomlarning buzilishi; qo’llaniladigan qonunchilik doiralarida noqonuniy boylik orttirish yoki boshqa sabablar bilan bog’liq bo’lgan da’volar.
U shuningdek, quyidagilarga nisbatan qo’llaniladi:
- Ushbu qoplash sizga hech qanday yo'qotishni qoplab bermaydi; yoki
- Agar ilova noshiri zararlarning kelib chiqishini bilgan yoki bilishi kerak bo’lganda ham.
Ko'rsatiladigan xizmatlar
Quyidagi mahsulotlar, ilovalar va xizmatlar Microsoft xizmatlaridan foydalanish shartnomasi doirasida taqdim qilinadi, biroq ular sizning bozoringizda mavjud bo'lmasligi mumkin.
- Account.microsoft.com
- Aqlli qidirish
- Bing Chegirmalar
- Bing Ilova qidirish
- Bing ilovalar
- Bing Image and News (iOS)
- Bing Lug'at
- Bing Sahifalar
- Bing Search APIs/SDKs
- Bing Translator
- Bing Webmaster
- Bing Xaritalari
- Bing xizmatida Microsoft Qidiruv
- Bing.com
- Bingplaces.com
- Clipchamp
- Cortana skills by Microsoft
- Cortana
- Default Homepage and New Tab Page on Microsoft Edge
- Dev Center App
- Dictate
- education.minecraft.net
- Face Swap
- Feedback Intake Tool for Azure Maps (aka “Azure Maps Feedback”)
- Forms.microsoft.com
- forzamotorsport.net
- Groove Music Pass
- Groove
- GroupMe
- Internet uchun Microsoft 365
- Jismoniy shaxslar uchun Microsoft Defender
- Keyingi bloklash ekrani
- LineBack
- Microsoft 365 Bazaviyga kiritilgan ilovalar va xizmatlar
- Microsoft 365 bepul versiyasi
- Microsoft 365 Business Standard, Microsoft 365 Business Basic, Microsoft 365 Apps, Microsoft 365 app, Microsoft 365 Copilot, Microsoft 365 Copilot app, and Microsoft 365 Copilot Chat*
- *Until a commercial domain is established for use of these services, at which time separate Microsoft commercial terms will govern instead.
- Microsoft 365 Consumer
- Microsoft 365 Family
- Microsoft 365 Familyʼga kiritilgan ilovalar va xizmatlar
- Microsoft 365 ixtiyoriy bogʻlangan taassurotlari
- Microsoft 365 mijoz obunalariga kiritilgan ilovalar va xizmatlar
- Microsoft 365 Personal
- Microsoft 365 Personalʼga kiritilgan ilovalar va xizmatlar
- Microsoft Academic
- Microsoft Add-Ins for Skype
- Microsoft Bots
- Microsoft Copilot
- Microsoft Dizayner Tasvir yaratuvchisi
- Microsoft Educator Community
- Microsoft Filmlar va TV
- Microsoft fon rasmi
- Microsoft hisobi
- Microsoft Launcher
- Microsoft Loop
- Microsoft Matematik yechish vositasi
- Microsoft Oila
- Microsoft Pay
- Microsoft Pix
- Microsoft Reading Coach
- Microsoft Research Interactive Science
- Microsoft Research Open Data
- Microsoft Rewards
- Microsoft Salomatlik
- Microsoft Soundscape
- Microsoft Sway
- Microsoft Teams
- Microsoft tomonidan nashr qilingan Windows oʻyin, ilovalari va veb-saytlar
- Microsoft To‘plamlar
- Microsoft Translator
- Microsoft Yordam xizmati (Mijoz)
- Minecraft oʻyinlari
- Minecraft Realms Plus and Minecraft Realms
- Mixer
- MSN (avval Microsoft Start nomi bilan tanilgan)
- MSN Dial Up
- MSN Explorer
- MSN Ob-havo
- MSN Ovqat va ichimlik
- MSN Premium
- MSN Pullar
- MSN Sayohat
- MSN Sog'liq va fitnes
- MSN Sport
- MSN Yangiliklar
- MSN.com
- Office 365 uchun Microsoft qo'llab-quvvatlash va tiklash yordamchisi
- Office do'koni
- OneDrive.com
- OneDrive
- OneNote.com
- Outlook.com
- Paint 3D
- Presentation Translator
- Qurilma sog'liq ilovasi
- rise4fun
- Seeing AI
- Send
- Skype in the Classroom
- Skype Manager
- Skype.com
- Skype
- SMS Organizer ilovasi
- Snip Insights
- Spreadsheet Keyboard
- Store
- Sway.com
- Telefon bog‘lanishi
- to-do.microsoft.com
- To‘plamlar
- Translator for Microsoft Edge
- Translator Live
- Universal Human Relevance System (UHRS)
- UrWeather
- ux.microsoft.com
- Video Breakdown
- Visio Online
- Web Translator
- whiteboard.office.com
- Windows do‘koni
- Windows foto galereyasi
- Windows Live pochtasi
- Windows Live Yozuvchi
- Windows Movie Maker
- Windows’ga bog‘lanish
- Xaritalar ilovasi
- Xbox Game Pass
- Xbox Game Studios oʻyin, ilova va veb-saytlari
- Xbox Live Gold
- Xbox Live
- Xbox Music
- Xbox Store